Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari

Jizzaxlik jurnalistlarning loyihadagi ikkinchi kuni samarali kechdi

O’zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan «Davlat dasturlarining amalga oshirilishida jamoatchilik nazoratini o’rnatish: jurnalist mas’uliyati va huquqlari» loyihasi doirasida ikkinchi kun mazmunli o’tdi.

Loyiha doirasidagi «Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili» Davlat dasturi ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini o’rnatishda ommaviy axborot vositalarining roli» mavzuidagi anjumanda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati a’zolari, Innovatsion rivojlanish vazirligi va, elektron va bosma nashrlarning vakillari ishtirok etdi.

Bahs va munozaralarga boy bo’lgan ikkinchi kunda loyiha doirasidagi mahorat darslari, treninglar va media-turlarda jurnalistlar, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari axborot xizmatlari rahbarlari hamda hududiy bosma OAV bosh muharrirlariga tadbirkorlik faoliyati hamda sohalarga joriy etilayotgan yangi innovatsion texnologiyalarning qulayliklari, afzalliklarini yoritishning samarali uslublari taklif etildi.

Loyiha davom etmoqda.

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni:

    (37)

  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

 

© 2010-2018 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing