Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari

Jizzaxlik talaba yoshlar Buxoro-yu azimga sayohati uyushtirildi

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yurtimizda ichki turizmni rivojlanitirishga qaratilayotgan yuksak e’tibor tufayli diyorimining maftunkor tabiati, muqaddas qadamjolari, qadimiy va noyob me’moriy obidalari hamda fayzli go’shalari nafaqat yurtdoshlarimizni, balki xorijliklarni ham yanada o’ziga jalb etib bormoqda.

Prezidentimizning “Ichki turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi qarorida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish hamda yoshlarni yuksak vatanparvarlik, buyuk ajdodlairimiz ruhiga ehtirom hamda milliy-madaniy merosimizga chuqur hurmat va ularni asrab-avaylashga dahldorlik tuyg’usini yanada shakllantirish maqsadida Jizzax Davlat pedagogika institutining Fizika-matematika fakultetining bir guruh talabalari fakultet katta o’qituvchisi Gulmurod Xudoyberdiyev boshchiligida qadim Buxoro shahriga sayohat uyushtirildi.

“O’zbekiston bo’ylab sayohat qil” shiori ostida tashkil etilgan ushbu sayohat davomida Buxoroning diqqatga sazovor tarixiy-me’moriy ahamiyatga ega ziyoratgohlari, qadamjolar va viloyatda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli bunyodkorlik ishlari, xalqimiz hayotidagi ulkan o’zgarish va yangilanishlar bilan yaqindan tanishish maqsad qilib olindi.

Sayohat Buxoro zaminida o’tgan yetti avliyo pirlar qabrini ziyorat qilishdan boshlandi.  – “Qadim Buxoro shahriga kelgan kishi ushbu muqaddas zaminda qo’nim topgan yetti buyuk avliyo pirlar qabrini ziyorat qilishi maqsadga muvofiq”, deydi Fizika-matematika fakulteti katta o’qituvchisi Gulmurod Xudoyberdiyev. – “Necha zamonlardan buyon bunday an’ana davom etib kelmoqda. Buning uchun Xoja Abduholiq G’ijduvoniy, Xoja Orif Mohitobon Revgariy, Xoja Mahmud Anjir Fahnaviy, Xoja Ali Romitoniy, Xoja Muhammad Boboyi Samosiy, Xoja Sayyid amir Kulol va Xoja Muhammad Bahovuddin Naqshbandiy qabrlari joylashgan maskanlar ketma-ketlikda ziyorat qilinadi.”

Ziyorat davomida har bir qadamjoga tashrif buyurilganda yoshlar ularning tarixi va o’ziga xos jihatlari bilan tanishdilar. Buyuk ajdodlarimiz hayoti va ijodi, o’ziga xos fazilatlari, ularning xalqimizga qoldirgan milliy- ma’naviy, boy tarixiy va madaniy  merosi haqida ma’lumotlarga ega bo’ldilar.

Shundan so’ng Buxoro arkiga tashrif buyurildi. U yerda yoshlar ko’z o’ngida bir muddat Amir Olimxon yashagan davr namoyon bo’ldi. O’sha davrdagi madaniy hayot, bunyodkorlik ishlari, hunarmandchilik va turli sohalar rivoji to’g’risida tasavvurlarga ega bo’ldilar.

So’ngra Minorai kalon va shu kabi Buxoro shahrininig tarixiy obidalari va qadamjolarini ziyorat qilishdi, ularning tarixi va buguni hamda maustaqillik davrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar.

Shunday qilib ko’hna va qadim Buxoroga amalga oshirilgan sayohat talaba yoshlar uchun katta taassurotlarga boy bo’ldi. Aytish mumkinki, yoshlar o’rtasida  buyuk tariximizni aks ettiruvchi bunday tarixiy go’shalarga sayohatlar yoshlar qalbida buyuk ajdodlarimiz, ko’hna tariximiz bilan faxrlanish va bunday boy tarixiy merosimizni asrab avaylashga dahldorlik hissining ortishiga hissa qo’shadi.

Dilmurod Rajabov, JDPI talabasi

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni:

    (29)

  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

 

© 2010-2018 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing