Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari

Jizzaxlik teatr ijodkorlari farg’onada tomosha qo’yishdi

Jizzax viloyat musiqali drama teatri ijodiy jamoasi yosh qalamkash Sardor Xamrayev Qalamiga mansub “Bahodir” nomli drama spektakli bilan Farg’ona viloyatiga ijodiy safar uyushtirishdi.

Farg’ona aholisi jizzaxlik ijodkorlarni  juda iliq kutib olishdi. Spektakl hozirgi kunda xalqaro hamjamiyatni tashvishga solayotgan diniy ekstrimizm va terrorizmga qarshi kurashga chorlovchi drama desak adashmagan bo’lamiz.

Asar bosh qaxramoni Bahodir harbiy xizmatdan so’ng imtiyozli ravishda grant asosida oliygohga o’qishga qabul qilinadi. Do’sti Asrorning qistovi bilan yotoqxonadan Rustam ismli yoshi katta bir notanish kimsaning uyiga ko’chib o’tishadi. Shu yerda uning hayotini mutloq o’zgartirib yuborgan voqea sodir bo’ladi. Do’sti Asrorni Rustam aka ta’sirida diniy ekstrimistik oqimga qo’shilib qolganini sezgach, uni bu yo’ldan qaytarmoqchi bo’ladi. Ammo uning barcha urinishlari amalga oshmaydi.

Bahodir Asror bilan chet eldagi terrorchi jangarilar to’dasiga borib qo’shiladi.

Voqealar rivoji davomida Asrorning otasi Mardon ota o’g’lini terrorchi bo’lish maqsadidan qaytara olmagach, uni “oq” qiladi. Javlon ota esa onasiz voyaga yetkazgan yolg’iz farzandi Bahodirni chet elga o’qishini davom ettirish uchun emas, balki terrorchi guruhga qo’shilish maqsadida ketganligini eshitib, chuqur iztirobda qoladi. Bahodir va Asror bir necha yil jangarilar harbiy lageridagi tayyorgarlikdan so’ng qo’poruvchilik maqsadlarini amalga oshirish uchun O’zbeksitonga keladilar. Asror va uning sheriklari machitni portlatish xarakatlari chog’ida milliy xavsizlik xizmat xodimlari tomonidan qo’lga olinadi. Terrorchilarning chet eldagi harbiy lageri portlatib yuboriladi.

Teatrning iste’dodli yosh rejissyori Shoxrux Yo’ldoshev ushbu sahna asarida bugun dunyoni larzaga solayotgan diniy ekstremizm va terrorizm mavzusiga Vatan tinchligini asrash, uni himoya qilish shu yurt har bir farzandining muqaddas burchi ekanligi g’oyasi nuqtaiy nazaridan o’ziga xos tarzda yondoshadi.

Spektakl tomoshalari Farg’ona shahridagi I.Karimov nomli teatrda joriy yilning 10-12 may kunlari bo’lib o’tdi.

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni:

    (11)

  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

 

© 2010-2018 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing