Работы по техническому обслуживанию сайта осуществляется

Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari

Kuzgi don ekish boshlandi

Paxtakor tumanidagi A.Nurmatov nomli suv iste’molchilar uyushmasi hududida g’allachilikka ixtisoslashgan fermer xo’jaliklari rahbarlari hamda mexanizatorlar, respublika Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi vakillari, seleksioner olimlar va boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida 2018 yil hosili uchun kuzgi don ekishga bag’ishlangan ko’rgazmali seminar bo’lib o’tdi. Unda kuzgi g’apla ekish agrotexnikasiga doir maslahat va tavsiyalar berilib, yerni oziqlantirish, tayyorlash, ekish muddatlari, g’alla navlari, yangi navlarning o’ziga hosliklari, hosildorlik darajasi to’g’risida atroflicha fikr yuritildi.

Seminarda viloyat hokimining o’rinbosari Rustam Xolmatov so’zga chiqib, kuzgi don ekish ishlarini sifatli utkazish, hosilni barvaqt yig’ishtirib olish garovi ekanligini ta’kidlab o’tdi.

—Tumanimizda 446 ta fermer xo’jaliklarida 2018 yil hosili uchun 13000 gektar maydonda kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish rejalashtirilgan, – deydi tuman qishloq va suv xo’jaligi bo’limi boshlig’i Tolib Ochilov. – 12500 gektar go’za qator oralariga, 500 gektar ochiq maydonlarga ekiladi. Bu tadbirni vaqtida sifatli amalga oshirish maqsadida 42 ta otryad, 35 ta yuqori unumli haydov texnikapari, 45 ta don ekish seyalkalar, 368 ta yer tekislagich, 47 dona o’g’it sepkichlar va 64 ta kul’tivator ishtirok etayapti.

SHundan so’ng tadbir qatnashchilari “Paxtakor Alpomishi” hamda «Semurug» fermer xo’jaliklarida bo’lib, g’alla ekish tajribalari bilan tanishdilar.

Seminar ishtirokchilarining o’zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil tushunchalar, amaliy maslahat va tavsiyalar berildi.

J. YArobekov.

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni:

    (9)

  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing