Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari

Mirzacho’lda yangi korxona ish boshladi

Jizzax viloyati Mirzacho’l tumaniG’alabamahalla fuqarolar yig’ini hududidaTikuvchi Dilnozaxususiy korxonasi ish boshladi. Bu yerda 10 ga yaqin turdagi tikuv-trikotaj mahsulotlari tayyorlanmoqda.

— Mamlakatimizda xususiy tadbirkorlik, ayniqsa, yoshlar biznesini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibordan ruhlanib, homiylar ko’magida ajratilgan 65 million so’mga tikuvchilik sexi ochdik, – deydi korxona rahbari Dilnoza Jo’rayeva. — Ishni o’tovlarda tashkil etganmiz. O’tovlardan biriga tikuv uskunalari o’rnatilgan bo’lsa, ikkinchisida bichish ishlari amalga oshiriladi. Ayni paytda bolalar va ayollar uchun kiyim-kechaklar ishlab chiqarmoqdamiz.

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni:

    (50)

  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing