Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari
2016 yil yanvar-dekabrda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YAHM) hajmi 4 906,8 mlrd. so’mni tashkil etdi va 2015 yilning yanvar-dekabriga nisbatan o’sish sur’ati 109,4 foizga teng bo’ldi.
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko’ra, 2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan yuridik shaxslar soni 11832 tani tashkil qilib, shundan faoliyat ko’rsatayotganlar soni 10693 tasi yoki 90,4 foizi faoliyat ko’rsatmoqda.
2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlarining soni 9 542 tani tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabrda yalpi hududiy mahsulotning 80,3 foizi (2015 yil yanvar-dekabrda 80,1 foiz) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
2016 yilning yanvar-dekabrida tashqi savdo aylanmasi 210 678,2 ming. AQSH dollarini, jumladan 135 235,8 ming. AQSH dollarini – eksport operatsiyalari, 75 442,4 ming. AQSH dollarini – import operatsiyalari tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 59 793,4 ming. AQSH dollarini tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabrda sanoat mahsuloti hajmi 1 938,1 mlrd.so’mni yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 117,8 foizni tashkil etdi.
2016 yilning yanvar-dekabrida ishlab chikarilgan (ko’rsatilgan xizmatlar) umumiy hajmi 2 412,0 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning shu davriga nisbatan 106,3 foizni, shu jumladan, Dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va bu sohalarda ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 2 340,1 mlrd. so’mni, o’rmonchilik xo’jaliklarida 5,5 mlrd. so’mni (101,4 foiz), baliqchilik xo’jaliklarida 32,4 mlrd. so’mni (101,8 foiz) tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo’jaliklar tomonidan 420 512 tonna sabzavot (111,3 foizga ko’p), kartoshka 68 149 tonna (111,2 foizga ko’p), poliz 299 675 tonna (112,6) mevalar va rezavorlar 98 899 tonna (110,8 foiz) yetishtirildi.
2017 yilning 1 yanvar holatiga o’tgan yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar 105,1 foizga (jami 867,1 ming boshni tashkil qildi), shu jumladan sigirlar 100,5 foizga (235,7 ming bosh), qo’y va echkilar 105,5 foizga (1 823,1 ming bosh), otlar 101,3 foizga (22,3 bosh), parrandalar 110,3 foizga (2 641,6 ming. boshga) ko’paydi.
Fermer xo’jaliklari. 2016 yilning yanvar-dekabrida fermer xo’jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 798,6 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning tegishli davriga nisbatan 102,3 foizni tashkil qildi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari umumiy hajmida fermer xo’jaliklarining ulushi 33,1 foizni tashkil etdi.
2016 yil yanvar-dekabrda viloyatning asosiy kapitalini ko’paytirishga 1 252,7 mlrd. so’m miqdorida investitsiyalar kiritildi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 110,2 foizni tashkil qildi.
Qurilish: 22016 yil yanvar-dekabrda umumiy maydoni 638,3 ming kv.m. bo’lgan 4 037 ta (2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan 109,4 foiz), shu jumladan qishloq joylarida 431,2 ming kv.m. (104,0 foiz) uy-joy foydalanishga topshirildi. Noishlab chiqarish sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmidan 633,9 mlrd. so’mi yoki 72,5 foizi uy-joy qurilishida o’zlashtirildi.
Qurilish: Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, musiqa va san’at maktablari qurish, qayta ta’mirlash hamda kasb-hunar kollejlariga va umumta’lim maktablariga sport inshoatlari qurilishida 58,3 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 9,2 foizini va ta’lim sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,9 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Sog’liqni saqlash ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya ishlarida 37,6 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 5,9 foizini va sog’liqni saqlash sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,0 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Kommunal qurilish sohasida 347,5 km. uzunlikdagi ichimlik suvi, 43,0 km. uzunlikdagi gaz tarmoqlari ishga tushirildi, bu 2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan mos ravishda 119,7 va 89,0 foizni tashkil qildi.
Qurilish: Ichimlik suvi tarmoqlari qurilishiga aholi mablag’lari hisobiga 1,9 mlrd. so’m, gaz tarmoqlari qurilishiga esa 0,7 mlrd. so’m investitsiyalar o’zlashtirildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-dekabrda 912,7 mlrd. so’mlik qurilish ishlari bajarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 111,8 foizni tashkil etdi.
Qurilish: Qurilish ishlari umumiy hajmining 68,2 foizi binolar va inshootlarni qurish bo’yicha qurilish ishlari, 23,1 foizi fuqarolik qurilishi ob’yektlarini qurish bo’yicha qurilish ishlari va 8,7 foizi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlariga to’g’ri keldi. SHu jumladan umumiy hajmdan 79,3 foizi yangi qurilish, rekonstruksiya va kengaytirish hamda texnik jihatdan qayta jihozlashga to’g’ri keladi.
Qurilish: Nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 840,6 mlrd. so’mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 92,1 foizni (2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan o’sish sur’ati 113,3 foizni) tashkil qildi.
Yuk tashish: 2016 yil 1 yanvar holatiga barcha transport turlari tomonidan, 35,5 mln. tonna yuk tashilgan bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 foizga ko’paydi.

Jizzax viloyati hokimligi qarorlari

Jizzax viloyat hokimi qarori

Hujjat sanasi: 2017-02-17

Hujjat soni: 60

Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sotish, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida viloyat hokimining qarori

 

Jizzax viloyati hokimining qarori

Hujjat sanasi: 2017-02-06

Hujjat soni: 47

«Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko’rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi viloyat hokimining qarori

 

Халқ депутатлари Жиззах вилоят Кенгашининг ўрни бўшаган сайлов округларида вилоят Кенгаши депутати сайловини тайинлаш тўғрисида

Hujjat sanasi: 2017-01-25

Hujjat soni: 111

Ўзбекистон Республикаси «Халқ депутатлари вилоят, туман ва шаҳар Кенгашларига сайлов тўғрисида»ги Қонунининг 44- моддасига мувофиқ халқ депутатлари Жиззах вилоят Кенгаши 

қ а р о р  қ и л а д и: 

1.Халқ депутатлари Жиззах вилоят Кенгашининг бўшаб қолган   10-«Бахмал»  сайлов округида халқ депутатлари вилоят Кенгаши депутати сайловини ўтказиш 2017 йилнинг 26 февраль якшанба кунига белгилансин.

2.Халқ депутатлари Жиззах вилоят Кенгашига сайлов ўтказувчи вилоят сайлов комиссияси (Ш.Туратов)га халқ депутатлари вилоят Кенгаши депутати сайловини «Халқ депутатлари вилоят, туман ва шаҳар Кенгашларига сайлов тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикаси Қонуни талаблари асосида амалга ошириш тавсия этилсин.

     Сессия раиси                                                                     А.Иномов

 

 

Jizzax viloyati hokimining qarori

Hujjat sanasi: 2017-01-17

Hujjat soni: 28

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining o’n sakkizinchi sessiyasini chaqirish to’g’risida viloyat hokimining 2017 yil 17 yanvardagi 28-sonli qarori

 

Jizzax viloyati hokimining qarori

Hujjat sanasi: 2017-01-16

Hujjat soni: 26

Viloyatda transport xizmati ko’rsatish hamda shahar va qishloqlarda avtobuslarda yo’lovchilar tashish tizimini  yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’grisida viloyat hokimining 2017 yil 16 yanvardagi 26-sonli qarori

 

Вилоят маҳаллий бюджетининг 2016 йилги кутилаётган ижроси ва 2017 йилга маҳаллий бюджетнинг белгиланган асосий параметрларини тасдиқлаш ҳақида

Hujjat sanasi: 2016-12-30

Hujjat soni: 99

Ўзбекистон Республикаси Бюджет Кодексининг 28, 29-моддалари ҳамда “Маҳаллий давлат ҳокимияти тўғрисида”ги Қонуннинг 24, 25-моддаларига мувофиқ маҳаллий бюджетнинг 2016 йилда даромадлари ва харажатлари бўйича асосий кўрсаткичларининг кутилаётган ижроси тўғрисидаги ҳисобот ҳамда 2017 йилга белгиланган асосий параметрларини муҳокама қилиб, халқ депутатлари вилоят Кенгаши қарори

 

Жиззах вилоятида 2017 йилда аҳоли бандлигини таъминлаш дастури тўғрисида

Hujjat sanasi: 2016-12-30

Hujjat soni: 100

Вилоят Меҳнат бошқармаси томонидан 2017 йилда аҳоли бандлигини таъминлаш дастури (бундан буён матнда – Дастур деб юритилади) ишлаб чиқилаётганда келгуси йилда аҳолининг иш ўринларига эҳтиёжи қандай бўлиши ҳар бир қишлоқ (маҳалла) фуқаролар йиғини бўйича батафсил ўрганиб чиқилиб, бунда демографик ҳолат, жумладан аҳолининг ёши, касби, ижтимоий аҳволи, меҳнатга лаёқати, аёлларнинг иш билан бандлигига ва бошқа кўрсаткичларга, ҳудудлардаги меҳнат бозорининг ҳозирги ҳолати, иш жойларига муҳтож бўлган аҳолининг ҳақиқий сони касблар кесимида аниқланишига алоҳида эътибор қаратилган.

 

Jizzax viloyatidagi davlat ko’chmas mulkidan foydalanganlik uchun 2017 yilda qo’llaniladigan ijara to’lovining eng kam stavkalari haqida

Hujjat sanasi: 2016-12-19

Hujjat soni: 0

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 apreldagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 102-sonli qarori (O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to’plami 2009y., 4-son, 26-modda) ijrosini ta’minlash hamda O’zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo’mitasi, Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari bilan kelishilgan  davlat ko’chmas mulkidan foydalanganlik uchun  ijara to’lovining eng kam stavkalarini inobatga olgan holda viloyatdagi davlat ko’chmas mulkidan foydalanganlik uchun 2017 yilda qo’llaniladigan ijara to’lovining eng kam stavkalarini tasdiqlash maqsadida muhokamaga qo’yilmoqda.

Davlat ko’chmas mulkidan foydalanganlik uchun  ijara to’lovining eng kam stavkalarini quyidagi jadvalda joylashtirilmoqda

 

Viloyat hokimining qarori

Hujjat sanasi: 2016-10-20

Hujjat soni: 394

Viloyat hokimining 2016 yil 20 oktyabrdagi «Turli tomoshalar, shoular va to’y marosimlarida ma’naviy-axloqiy normalarga rioya etishda  restoran, kafe va to’yxonalar rahbarlarining  mas’uliyatini yanada oshirish to’g’risida»gi qarori

 

Jizzax viloyat hokimining 361-sonli qarori

Hujjat sanasi: 2016-09-18

Hujjat soni: 361

O’zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida»gi Qonunning ijrosini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida

 


© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing