Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari

Ochiq axborotlar ro’yxati

OCHIQ AXBOROTLAR RO’YXATI

(Viloyat hokimining 2014 yil 18 iyundagi 145-sonli qarori bilan tasdiqlangan).

Mahalliy hokimliklar, xo’jalik boshqaruvi organlari tomonidan taqdim qilinadigan ochiq axborotlar ro’yxati

Hokimlik tuzilmasi va faoliyatiga oid:

Hokimliklar tuzilmalari, funksiyalari, vazifalari, vakolatlari va asosiy faoliyatlari (hokimlikning huquqiy maqomini, shu jumladan, uning tashkiliy tuzilmasi, funksiyalari va vazifalari, tuzilmaviy bo’linmalari va hokimiyat tasarrufidagi tashkilotlarni belgilovchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar);

Hokimlik faoliyati yo’nalishlari bo’yicha hukumat va davlat idoralari tomonidan qabul qilingan dasturlar (nomi, maqsadi, asosiy vazifalari, buyurtmachilar, bosh ijrochilar, bajarilish muddati va kutilayotgan natijalar);

Hokimliklarda fuqarolarning murojaatlarini ko’rib chiqish tartibi (ariza, shikoyat va fuqarolarning boshqa murojaatlari, aloqa qilish uchun ma’lumotlar, mutasaddi rahbarlar haqida ma’lumot);

Hokimlik faoliyati to’g’risida yangiliklar, tarkibiy va kadrlar o’zgarishlari, qabul qilingan qarorlar, rejalashtirilayotgan va o’tkazilgan tadbirlar to’g’risida xabarlar;

Yuridik va jismoniy shaxslar ishtiroki rejadagi tadbirlar (yig’ilishlar, majlislar, uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, seminarlar, brifinglar, ko’rgazmalar, davra suhbatlari va boshqalar);

Hokimlik rahbarlari va ularning o’rinbosarlari to’g’risida ma’lumot (rahbar va uning o’rinbosarlarining qisqacha tarjimai holi, fotosurati), qabul qilish kunlari va vaqti, bog’lanish uchun ma’lumotlar (telefon va faks raqamlari, yuridik va elektron manzillar).

Hokimliklarda mavjud bo’sh ish o’rinlari va ishga qabul qilish tartiblari;

Hokimliklarning davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar hamda xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalari;

Amalga oshirish chog’ida hokimlik ishtirok etadigan xalqaro shartnomalar;

Hokim va xalq deputatlar Kengashi tomonidan qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar;

Hokim va xalq deputatlari Kengashining muqaddam qabul qilingan me’yoriy-hujjatlarning o’z kuchini yo’qotganligini tasdiqlash to’g’risidagi Qarorlari;

Hokimlik va uning tashkilotlari tomonidan tovarlar yetkazib berish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) bo’yicha tashkil etiladigan ochiq tanlov –tender va kimoshdi savdolari;

Hududiy rivojlanish masalalariga oid:

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha kompleks dasturlar;

Qishloq xo’jaligi va aholi farovonligini oshirish sohalaridagi islohotlarni chuqurlashtirish bo’yicha hukumat va mintaqaviy dasturlarni amalga oshirilishi;

Fuqarolarning ijtimoiy va huquqiy himoyasiga qaratilgan tadbirlar to’g’risidagi ma’lumotlar;

Hududlarni rivojlantirish, tuman va shahar qurilishi bosh rejasi va qoidalari bo’yicha istiqbolli dasturlar;

Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar hamda mahalliy soliqlar bo’yicha imtiyozlar miqdori;

Mahalliy byudjetni ijro etish bo’yicha hisobotlar;

Tabiiy va mehnat resurslaridan unumli foydalanish, atrof muhitni himoya qilish bo’yicha qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar, dasturlar, amalga oshirilgan tadbirlar;

Iqtisodiyot, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga oid:

Mavjud transport qatnovi yo’nalishlari va transport xizmatlarini tashkillashtirish bo’yicha fuqarolarning takliflarini qabul qilish tartibi;

Spirtli ichimliklar savdosi faoliyatini litsenziyalash tartibi;

Avtomobil yoqilg’isi savdosi faoliyatini litsenziyalash tartibi;

Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklar ishlab chiqarish, yozish, ko’paytirish va sotish faoliyatini litsenziyalash tartibi;

Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash tartibi;

Uy-joy munosabatlarini tartibga solish;

Viloyatning investitsiya salohiyati, joriy investitsion vaziyat va ustuvor loyihalar, investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, imtiyozlar va preferensiyalar;

Xorijiy investitsiyalarning yillik hajmi;

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi, tadbirkorlar uchun berilgan imkoniyatlar, imtiyoz va preferensiyalar;

Qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning natijalari, mintaqalar bo’yicha qishloq xo’jaligi mahsulotlari asosiy turlarini yetishtirishning holati;

Kapital qurilishdagi iqtisodiy islohotlar holati;

Viloyatdagi aholi punktlari bosh rejalarini ishlab chiqish;

Uy-joy va kommunal xo’jaligida olib borilayotgan islohotlar natijadorligi, uy-joy-xo’jaligida islohotlarning asosiy bosqichlari va xizmatlar sifatini yanada yaxshilash yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlar, ulgurji va aholi iste’molchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar;

Biznesni rejalashtirish va boshqarish, tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlash masalalari;

Tadbirkorlikni davlat tomonidan litsenziyalash va tartibga solish masalalari;

Xususiy tadbirkorlik sub’yektlarini ro’yxatdan o’tkazish uchun zarur xujjatlar ro’yxati;

Xususiy tadbirkorlik sub’yektlarini ro’yxatdan o’tkazish tartibi;

Xususiy tadbirkorlik sub’yektlarini soliqqa tortish tartibi;

Xususiy tadbirkorlik sub’yektlari uchun soliq imtiyozlari;

Litsenziyalanishi lozim bo’lgan xususiy tadbirkorlik faoliyati turlari ro’yxati;

Xususiy tadbirkorlik sub’yektlarini tugatish tartibi;

Kichik biznes sub’yektlarini ro’yxatdan o’tkazish uchun zarur xujjatlar;

Kichik biznes sub’yektlarini ro’yxatdan o’tkazish tartibi;

Kichik biznes sub’yektlarining soliq imtiyozlari;

Kichik biznes sub’yektlarini soliqqa tortish tartibi;

Kichik biznes sub’yektlarini tugatish tartibi;

Yirik va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarini ro’yxatdan o’tkazish uchun zarur hujjatlar ro’yxati;

Yirik va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi;

Yirik va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni soliqqa tortish tartibi;

Yirik va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tugatish tartibi;

Iqtisodiy nochor va bankrot deb e’lon qilingan xo’jalik yurituvchi sub’yektlar ro’yxati;

Ijtimoiy soha bo’yicha:

Jamoat istirohat bog’lari, hayvonot bog’lari, davlat qo’riqxonalari, tabiiy yodgorliklar to’g’risidagi ma’lumotlar;

Xaj va Umra ziyoratlarini amalga oshirishni tashkillashtirish tartibi;

Ommaviy tadbirlar o’tkazishga mo’ljallangan ob’yektlar ro’yxati;

Ommaviy tadbirlarni nazorat qilish bo’yicha komissiya ish faoliyati va ommaviy tadbirlarni o’tkazish uchun ruxsat olish tartibi;

Bolalarni tarbiyalash, ularni ta’lim-tarbiya muassasalariga joylashtirish, salomatliklarini mustahkamlash, voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va huquqbuzarliklarining oldini olish, ularning huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalariga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlar, amalga oshirilgan tadbirlar;

 Xalq deputatlari Kengashi va fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlari faoliyatiga oid:

Mahalliy xalq deputatlari Kengashi sessiyasi o’tkaziladigan muddat va kun tartibiga kiritilgan masalalar to’g’risidagi Qarori haqida;

Xalq deputatlari Kengashining ish tartibi, ularning doimiy va boshqa komissiyalari bo’yicha Nizom;

Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatiga kiruvchi masalalar bo’yicha choraklik hisobotlar;

Kommunal xizmat sohasiga oid:

Issiqlik ta’minoti xizmatlari va ko’rsatilgan xizmat uchun haq to’lash tartibi;

Issiqlik ta’minoti iste’moli hisoblagichlar o’rnatish shartlari;

Issiqlik ta’minoti iste’molchilari bilan ishlash bo’yicha mutasaddi tashkilot va korxonalarning telefon raqamlari

Issiqlik ta’minoti iste’molchisini hisobga qo’yish va hisobdan chiqarish tartibi;

Issiqlik ta’minoti iste’molchisini hisobga qo’yish va hisobdan chiqarish uchun talab qilinadigan hujjatlarni ro’yxatdan o’tkazish va olish tartibi;

Issiqlik ta’minoti iste’molchisini hisobga qo’yish va hisobdan chiqarish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida to’ldirish zarur bo’lgan barcha shakllar;

Yuridik va jismoniy shaxslar uchun issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tariflar; ‎

Maishiy  va texnik chiqindilarni chiqarib tashlash uchun haq to’lash tartibi;

Maishiy va texnik chiqindilarni chiqarib tashlash xizmatlari iste’molchilari bilan ishlash bo’yicha mutasaddi tashkilot va korxonalarning telefon raqamlari;

Maishiy va texnik chiqindilarni chiqarib tashlash xizmatlari iste’molchisini hisobga qo’yish va hisobdan chiqarish tartibi;

Maishiy va texnik chiqindilarni chiqarib tashlash xizmatlari iste’molchisini hisobga qo’yish va hisobdan chiqarish uchun talab qilinadigan hujjatlarni ro’yxatdan o’tkazish va olish tartibi;

Maishiy va texnik chiqindilarni chiqarib tashlash xizmatlari iste’molchisini hisobga qo’yish va hisobdan chiqarish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida to’ldirilishi zarur bo’lgan barcha shakllar;

Foydalanuvchilarning barcha toifalari uchun maishiy  va texnik chiqindilar chiqarib tashlanishi uchun tariflar;

Sovuq suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun haq to’lash tartibi;

Sovuq suv ta’minoti iste’moli hisoblagichlar o’rnatish shartlari to’g’risida ma’lumotlar;

Sovuq suv ta’minoti iste’molchilari bilan ishlash bo’yicha mutasaddi korxona va tashkilotlarning telefon raqamlari;

Sovuq suv ta’minoti iste’molchisini hisobga qo’yish va hisobdan chiqarish tartibi;

Sovuq suv ta’minoti iste’molchisini hisobga qo’yish va hisobdan chiqarish uchun talab qilinadigan hujjatlarni ro’yxatdan o’tkazish va olish tartibi;

Sovuq suv ta’minoti iste’molchisini hisobga qo’yish va hisobdan chiqarish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida to’ldirilishi zarur bo’lgan barcha shakllar;

Yuridik va jismoniy shaxslar uchun sovuq suv ta’minoti xizmatlari uchun tariflar.

Qarorni yuklash(pdf, 556kb)

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni:

    (1058)

  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

  

© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing