Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari
2016 yil yanvar-dekabrda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YAHM) hajmi 4 906,8 mlrd. so’mni tashkil etdi va 2015 yilning yanvar-dekabriga nisbatan o’sish sur’ati 109,4 foizga teng bo’ldi.
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko’ra, 2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan yuridik shaxslar soni 11832 tani tashkil qilib, shundan faoliyat ko’rsatayotganlar soni 10693 tasi yoki 90,4 foizi faoliyat ko’rsatmoqda.
2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlarining soni 9 542 tani tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabrda yalpi hududiy mahsulotning 80,3 foizi (2015 yil yanvar-dekabrda 80,1 foiz) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
2016 yilning yanvar-dekabrida tashqi savdo aylanmasi 210 678,2 ming. AQSH dollarini, jumladan 135 235,8 ming. AQSH dollarini – eksport operatsiyalari, 75 442,4 ming. AQSH dollarini – import operatsiyalari tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 59 793,4 ming. AQSH dollarini tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabrda sanoat mahsuloti hajmi 1 938,1 mlrd.so’mni yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 117,8 foizni tashkil etdi.
2016 yilning yanvar-dekabrida ishlab chikarilgan (ko’rsatilgan xizmatlar) umumiy hajmi 2 412,0 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning shu davriga nisbatan 106,3 foizni, shu jumladan, Dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va bu sohalarda ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 2 340,1 mlrd. so’mni, o’rmonchilik xo’jaliklarida 5,5 mlrd. so’mni (101,4 foiz), baliqchilik xo’jaliklarida 32,4 mlrd. so’mni (101,8 foiz) tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo’jaliklar tomonidan 420 512 tonna sabzavot (111,3 foizga ko’p), kartoshka 68 149 tonna (111,2 foizga ko’p), poliz 299 675 tonna (112,6) mevalar va rezavorlar 98 899 tonna (110,8 foiz) yetishtirildi.
2017 yilning 1 yanvar holatiga o’tgan yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar 105,1 foizga (jami 867,1 ming boshni tashkil qildi), shu jumladan sigirlar 100,5 foizga (235,7 ming bosh), qo’y va echkilar 105,5 foizga (1 823,1 ming bosh), otlar 101,3 foizga (22,3 bosh), parrandalar 110,3 foizga (2 641,6 ming. boshga) ko’paydi.
Fermer xo’jaliklari. 2016 yilning yanvar-dekabrida fermer xo’jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 798,6 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning tegishli davriga nisbatan 102,3 foizni tashkil qildi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari umumiy hajmida fermer xo’jaliklarining ulushi 33,1 foizni tashkil etdi.
2016 yil yanvar-dekabrda viloyatning asosiy kapitalini ko’paytirishga 1 252,7 mlrd. so’m miqdorida investitsiyalar kiritildi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 110,2 foizni tashkil qildi.
Qurilish: 22016 yil yanvar-dekabrda umumiy maydoni 638,3 ming kv.m. bo’lgan 4 037 ta (2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan 109,4 foiz), shu jumladan qishloq joylarida 431,2 ming kv.m. (104,0 foiz) uy-joy foydalanishga topshirildi. Noishlab chiqarish sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmidan 633,9 mlrd. so’mi yoki 72,5 foizi uy-joy qurilishida o’zlashtirildi.
Qurilish: Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, musiqa va san’at maktablari qurish, qayta ta’mirlash hamda kasb-hunar kollejlariga va umumta’lim maktablariga sport inshoatlari qurilishida 58,3 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 9,2 foizini va ta’lim sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,9 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Sog’liqni saqlash ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya ishlarida 37,6 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 5,9 foizini va sog’liqni saqlash sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,0 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Kommunal qurilish sohasida 347,5 km. uzunlikdagi ichimlik suvi, 43,0 km. uzunlikdagi gaz tarmoqlari ishga tushirildi, bu 2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan mos ravishda 119,7 va 89,0 foizni tashkil qildi.
Qurilish: Ichimlik suvi tarmoqlari qurilishiga aholi mablag’lari hisobiga 1,9 mlrd. so’m, gaz tarmoqlari qurilishiga esa 0,7 mlrd. so’m investitsiyalar o’zlashtirildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-dekabrda 912,7 mlrd. so’mlik qurilish ishlari bajarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 111,8 foizni tashkil etdi.
Qurilish: Qurilish ishlari umumiy hajmining 68,2 foizi binolar va inshootlarni qurish bo’yicha qurilish ishlari, 23,1 foizi fuqarolik qurilishi ob’yektlarini qurish bo’yicha qurilish ishlari va 8,7 foizi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlariga to’g’ri keldi. SHu jumladan umumiy hajmdan 79,3 foizi yangi qurilish, rekonstruksiya va kengaytirish hamda texnik jihatdan qayta jihozlashga to’g’ri keladi.
Qurilish: Nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 840,6 mlrd. so’mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 92,1 foizni (2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan o’sish sur’ati 113,3 foizni) tashkil qildi.
Yuk tashish: 2016 yil 1 yanvar holatiga barcha transport turlari tomonidan, 35,5 mln. tonna yuk tashilgan bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 foizga ko’paydi.

O‘ZLIDEP «Ayollar qanoti»: tashabbus sizdan, ko’mak bizdan

Mamlakatimizning barcha hududlarida bo’lganidek Jizzax viloyatida ham xususiy sektorni qo’llab-quvvatlash, sohani izchil rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

Tashuvchi va sug’urta himoyasiga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi

«O’zbekinvest» eksport-import milliy sug’urta kompaniyasining Jizzax viloyati filiali tomonidan «Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida»gi Qonun va «Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida»gi Vazirlar Mahkamasining 266-sonli qarori mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida seminar tashkil etildi.

 

Oliy liga. 2-tur So’g’diyona Lokomotiv mehmoni bo’ladi

8-10 mart kunlari oliy liganing ikkinchi turidan o’rin olgan bahslar bo’lib o’tadi.

 

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mamlakatimizda mo‘tabar ayol zotiga munosib hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularning jamiyatimizdagi o‘rni va nufuzini oshirish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, o‘zining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan qizlarni rag‘batlantirish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 10-iyundagi «Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan:

 

Jizzax shahriga yangi zamonaviy avtobuslar olib kelindi

Jizzax shahrida bir necha yillardan beri aholiga namunali avtotransport xizmatini ko‘rsatib kelayotgan “Begali Trans Servis” MChJ tomonidan “Jizzax Best Avto” MChJ bilan tuzilgan shartnoma orqali 30 ta “Sam Avto” MChJda ishlab chiqarilgan SAZ HC 40 rusumli avtobuslar olib kelinishi rejalashtirilgan edi. Bugungi kunda esa 10 ta SAZ NS 40 rusumli avtobuslar olib kelindi. Korxona ushbu avtobuslarni “Ipoteka bank” Jizzax filialining 3 mlrd.100 mln. so‘mlik kredit mablag‘lari evaziga xarid qildi.

 

Ayollarga ehtirom

Jizzax shahridagi “Bahora” tantanalar majmuasida yangirayotgan karnay-surnay sadolari kishi qalbida o’zgacha shukuh bag’ishlaydi. Ko’klamning anvoyi gullari bilan kutib olinayotgan ayollar orasida o’qituvchilar, shifokorlar, muhandislar, faxriylar, Vatanimizning yuksak mukofotiga sazovor bo’lgan faol xotin-qizlar, Zulfiya nomidagi Davlat mukfoti sovrindorlari bor.

 

Fuqarolar muhofazasi—e’tiborda

Joriy yilning fevral oyi viloyatimizda zooantroponez kasalliklar profilaktikasi oyligi hamda yovvoyi hayvonlar va daydi itlarni otish kunlari deb e’lon qilingandi. Shu munosabat bilan Zarbdor tumanida “Odamlar va hayvonlar o’rtasida quturish kasalligining tarqalishini oldini olishda FVDT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida ko’rgazmali  maxsus-taktik o’quv mashqi o’tkazildi.

 

Islohotlar inson manfaatlari uchun

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorini  mamlakatimiz aholisi  katta quvonch bilan qarshiladi. Sababi, ushbu qarorga binoan 2017 yilning fevralidan boshlab yuqorida keltirilgan to’lovlar to’liq hajmda naqd shaklda beriladigan bo’ldi. Bundan tashqari, tog’li va olis tumanlardagi byudjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi to’lash, ijtimoiy to’lovlar hech qanday cheklovlarsiz to’liq hajmda naqd shaklda amalga oshiriladi. Shuningdek, oliy o’quv yurtining talabalariga stipendiyalarning kamida 50 foizi naqd shaklda beriladi va yuqoridagi to’lovlarning barchasi har oyning 27 sanasidan kechiktirmay  to’lanishini ta’minlash yo’lga qo’yiladi.

 

Mehr-muruvvat boqiy yashaydi

Hayotimizda ko’p narsaga ehtiyojimiz bor. Ammo barcha intilishlarimiz jismimizning sihati, ruhiyatimizdagi jo’shqin va ko’tarinki kayfiyatning borligi bilandir. Barcha yangilanishlar, o’zgarishlar, islohotlarni  boshqarish asnosida har birimiz—katta-yu kichik, albatta o’z sog’ligimiz haqida qayg’uramiz. Eng asosiysi, yurtimiz kelajagi ruhan tetik, ma’nan barkamol, jisman sog’lom avlod qo’lidadir. Shu ma’noda, mamlakatimiz, xususan, viloyatimizning eng chekka hududlaridan tortib, markaz va shaharlarda ham aholi salomatligini mustahkamlash, oilada tibbiy madaniyatni yuksaltirish, sog’lom bolani voyaga yetkazishga qaratilgan barcha  ishlarda jonbozlik ko’rsatib mehnat qilayotgan shifokorlarimiz haqiqiy ma’noda sharafli kasb egalaridir.

 

Virtual dunyo – hayot kushandasi

Hozirgi globallashuv jarayonida va jahonda olamshumul o’zgarishlar sodir bo’layotgan bir paytda biz nafaqat aniq bir inson, balki, butun jamiyat hayotiga o’z ta’sirini o’tkazib kelayotgan axborot texnologiyalarining ajoyib ixtirolaridan biri bo’lmish ijtimoiy tarmoqlarni chetlab o’tolmaymiz. Bugunda ijtimoiy tarmoqlar deyarli butun dunyoni qamrab olgan.

 

© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing