Работы по техническому обслуживанию сайта осуществляется

Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari

“Qizingni o’qit…”

Kitob bilim manbai. Lekin faqat olim bo’lish uchun kitob o’qilmaydi. O’qish bu ma’naviy ehtiyojdir. Kitob o’qiganimizdan so’ng ruhimiz tiniqlashadi, yaxshilik, to’g’rilik mezonlari haqida fikr yurita boshlaymiz. Shu o’rinda ota-bobolardan qolgan kitoblardagi hikoyalarda sharq hikoyachiligining eng yaxshi xususiyatlari aks etganini ko’ramiz. Bir qarashda ular sof islomiy diniy hikoyalar bo’lib ko’rinadi. Ammo aslida ularda o’tmish tariximizning insoniy huquq, axloq odobning rang-barang qirralari naqshlangan. Ilm va ma’naviyat haqida so’z borar ekan, islom dini ilmu fanni targ’ib qilib, uning hukmini farz darajasiga ko’taradi. Bu hukm xotin-qizlarni ham chetlab o’tmagan. Ayollarni ilmsiz qoldirish jamiyatni ilmsiz qoldirishdir. Chunki kelajak avlod tarbiyasi ular qo’lida.

Bir donishmanddan so’rashibdi: “Mening bir o’g’il va bir qizim bor. Har ikkisini o’qitishga qurbim yetmaydi. Qay birini o’qitay?». Donishmand: “Qizingni o’qit, u kelajakda farzand tarbiya qiladi. Agar o’g’lingni o’qitsang, bir kishini o’qitgan bo’lasan, ammo qizingni o’qitsang, butun jamiyatni o’qitgan bo’lasan”, degan ekan.

Jamiyatda barkamol avlodni tarbiyalash uchun albatta, farzandlarimizni kitob sevishga targ’ib qilishimiz zarur. Faqat internet bilan cheklanib, ilmni yuzaki o’rganmasdan kitob mutolaasiga ham katta e’tibor qarataylik. Ug’il-qizlarning ilmu a’rifatli bo’lishida eng katta mas’ul bu biz ota-onalar sanimizni zinhor unutmaylik. Ota-ona mehrini tushuna oladigan farzandlari bor ota-ona eng baxtli oila me’morlaridir.

O’zbek xalqining boy tarixi bor. Unda milliy qadriyatlarimiz, mehr-oqibatni o’rgatuvchi ming yillik qo’llanmamiz bor. Bu buyuk ma’naviy merosni yoshlarga yetkazish, ularni ilm-fanni sevishga undash hammamiz uchun ham qarz, ham farzdir.

F.Turobov,

Labi hovuz” jome masjidi xodimi.

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni:

    (6)

  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing