Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari

Jizzax viloyati hokimligi Axborot xizmati

Binokulov Akmal Akbarovich

Manzil: 130100, Jizzax shahri, Sh.Rashidov ko’chasi, 64- uy, 5-qavat, 501-xona,

Tel: (0 372) 226-31-32

Qabul kunlari: Haftaning har ish kuni 9-00 dan 18-00 gacha viloyat hokimligi binosi 9-qavat, 902-xonasida.

Email: axborotxizmati@jizzax.uz

Batafsil ma’lumot

AXBOROT XIZMATI

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 22 sentyabrdagi “Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 203-sonli hamda viloyat hokimining 2006 yil 29 sentyabrdagi 141-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati hokimligida hamda Jizzax shahri va Zomin tuman hokimliklarida Axborot xizmati faoliyati tashkil etilgan.

AXBOROT XIZMATINING ASOSIY VAZIFALARI:

  • – fuqarolarni mahalliy davlat boshqaruv idorasining faoliyati, dasturlari va tadbirlari to’g’risidagi axborot bilan ta’minlaydi;
  • – viloyatdagi ommaviy axborot vositalariga tezkor axborot yetkazadi;
  • – markaziy, viloyat va mahalliy OAV bilan aloqa o’rnatadi hamda uni mustahkamlab boradi;
  • – matbuot konferentsiyalari, brifinglar va boshqa mediatadbirlar uyushtiradi;
  • – hokim va hokimlik boshqa xodimlarining aholi bilan uchrashuvlarini tashkil qiladi hamda ularni OAVda yoritadi;
  • – hokim va hokimlikning boshqa mansabdor shaxslarini televidenie, radio orqali chiqishlarini, jonli muloqotlarini tashkil qiladi;
  • – televidenie, matbuot va radio orqali PR-kompaniyalar tashkil etadi va ularni o’tkazadi;
  • – fuqarolarning hokimlik faoliyati xususida fikrini aniqlash uchun so’rovlar o’tkazadi va uning natijalari haqida hokimga axborot beradi;
  • – fuqarolarning fikri, shikoyat va takliflarini tahlil qiladi va mavjud tendentsiya to’g’risida rahbariyatga axborot beradi;
  • – viloyat, shahar, tuman yoki ulardan tashqaridagi hamjamiyatlar uchun foydali bo’lgan aloqalar o’rnatadi;
  • – internet, telefon, SMS va boshqa vositalar yordamida aholining hokimiyat faoliyati, u ko’rsatayotgan davlat xizmatlari to’g’risidagi savollariga tezkorlik bilan javob qaytaradi.

Viloyat hokimining qarori (pdf, 83 kb)

Axborot xizmatining reglamenti (pdf, 352 kb)

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni:

    (2607)

  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

   

© 2010-2018 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing