Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari

Jizzax vohasi qadamjolari

Ona diyorimiz – O’zbekiston tarixi shu zaminda yashab o’tgan buyuk ajdodlarimiz qoldirgan juda katta tarixiy meros bilan har qancha faxrlanishga arzigulikdir. Jizzax vohasi ham ana shu buyuk tarix shodasida avlodlar ardog’iga munosib madaniy manzillari, bebaho tarixiy maskanlari bilan eng munosib o’ringa daxldor.

Jizzax tarixining eng qadimgi sahifalari haqida gap ketganda, albatta jahon tarixiga daxldor sanalmish «Sayxonsoy qoyatoshlari»dagi suratlarni (4,5 ming yil avval), eng qadimgi odamlar yashaganligi taxmin etilayotgan «Peshag’or g’ori» madaniy qatlamlarini , ikki ming – ikki yarim ming yillik tarixga ega «Mozorsoy yodgorliklari»ni, «Jomonjar yer osti ehromlari»ni, qadimgi manbalarda tilga olingan Gaza, Xarakana, Zomin, Sobot, Miq (1,2,3,4,5,6), Marsmanda, undanda qadimgiroq bo’lmish xitoy solnomalarida tilga olingan «Yecha shahri» qoldiqlari bo’lmish qadimgi qal’alar va shaharlar o’rinlarini faxr bilan tilga olamiz. pishagor

Foto: Peshag’or g’ori

Bundan ming yillar burun bobolarimiz o’z zamonasida butun O’rta Osiyoda eng qadimgi va eng mahobatli irrigatsiya inshooti sanalmish «Band to’g’oni»ni juda katta mahorat bilan bunyod etishgan-lari kishini lol qoldiradi.

Bu hududda yashagan el-nufus tomonidan ming yillardan berisiga aziz tutib kelingan «Temir darboza», “Sa’d ibn Abu Vaqqos”, “Parpi ota”, «Xo’jamushkent ota”, “Novqa ota”, “O’smat ota”, “Said Burxoniddin Qilich”, “Xo’jabog’bon ota” kabi ko’plab mo`’tabar ziyorat manzillari va qadamjolar borki, bugungi mustaqillik yillari sharofatidan yanada obod va ko’rkam manzillarga aylandi, o’z salobati va salovati bilan yurtimiz saodatiga shukuh bag’ishlab turibdi.

O’zbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to’g’risida” Qonuni ijrosini ta’minlash hamda viloyat hududidagi tarixiy, madaniy va me’moriy yodgorliklarni asrab-avaylash, ularni kelajak avlodlarga yetkazish choralarini ko’rish va yodgorliklarning davlat muhofazasini ta’minlash maqsadida qator tadbiriy choralar ko’rilmoqda.

Bu ishlar Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 29 iyuldagi 269 -sonli “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori va “Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalarini muvofiqlashtirish bo’yicha Idoralararo komissiya to’g’risidagi Nizom”, “O’zbekiston Respublikasi madaniy meros ob’yektlari davlat kadastrini yuritish to’g’risidagi Nizom” va “Madaniy meros ob’yektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi to’g’risidagi Nizom”lar, Vazirlar Mahkamasining «Tarixiy obidalar, ziyoratgohlar va qadamjolarda aholiga hamda sayyohlarga xizmat ko’rsatishni yanada yaxshilash choralari to’g’risida»gi majlisi bayonnomasi talablarini bajarish maqsadlariga qaratilgan.Shunday qilib, 2008 yilning 10 iyun holatiga Jizzax viloyati hududida jami 372 ta madaniy meros obyektlari, shundan 42 ta tarixiy obida va muqaddas ziyoratgohlar, 267 ta arxeologik manzilgohlar, 63 ta monumental yodgorliklar(haykallar, byustlar, xotira maydonlari) “Davlat muhofazasi ro’yxatlari”ga kiritilgan.

* * *

Har bir yurtning o’z tabarruk maskanlari, bosh uzra tutgan muqaddas ziyoratgohlari bo’lgani kabi Jizzax vohasining ham mo’`tabar ziyoratgohlari bor.

«Archamozor ota» ziyoratgohi

«Beshbuloq ota» ziyorat manzili

 «Boboyakka» qadamjosi

«Bog’i mozor» ziyoratgohi (Sayyid Mir Xalililloh ota ziyoratgohi)

«Jondahar ota» ziyoratgohi

«Ko’k to’nli ota» ziyoratgohi

«Narvon ota» ziyoratgohi

«Novqa ota» ziyoratgohi

«Parpi oyim» ziyoratgohi

«Sayfin ota» ziyoratgohi

«Sa’d ibn abu Vaqqos» ziyoratgohi

«Xoja Qahhor Vali» ziyoratgohi

«Xonbandi» suv ombori

«Xo’ja Bog’bon ota» ziyoratgohi

«Xo’jai Sarob ota» ziyoratgohi

«Xo’jamushkent ota» ziyoratgohi

«Changovul bobo» ziyoratgohi

«Cho’qmozor ota» ziyoratgohi

«O’smat ota» ziyoratgohi

«G’o’bdun ota» ziyoratgohi

«Qirqchilton» ziyoratgohi

«Qobulmozor» ziyoratgohi

«Qoplon ota» ziyoratgohi

«Qulfisar ota» ziyoratgohi

«Qum ota» ziyoratgohi

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni:

    (3371)

  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

   

© 2010-2018 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing