Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari
2016 yil yanvar-sentyabrda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YAHM) hajmi 3 438,5 mlrd. so’mni tashkil etdi va 2015 yilning yanvar-sentyabriga nisbatan o’sish sur’ati 109,1 foizga teng bo’ldi.
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko’ra, 2016 yilning 1 oktyabr holatiga ro’yxatga olingan yuridik shaxslar soni 11 442 tani tashkil qilib, shundan 10 510 tasi yoki 91,9 foizi faoliyat ko’rsatmoqda.
2016 yilning 1 oktyabr holatiga ro’yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlarining soni 9 195 tani tashkil qildi.
2016 yil yanvar-sentyabrda yalpi hududiy mahsulotning 81,7 foizi (2015 yil yanvar-sentyabrda 81,6 foiz) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
2016 yilning yanvar-sentyabrida tashqi savdo aylanmasi 140 622,1 ming. AQSH dollarini, jumladan 81 772,6 ming. AQSH dollarini – eksport operatsiyalari, 58 849,5 ming. AQSH dollarinii – import operatsiyalari tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy sal’dosi 22 923,1 ming. AQSH dollarini tashkil qildi.
2016 yil yanvar-sentyabrda sanoat mahsuloti hajmi 1 327,1 mlrd. so’mni yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 118,3 foizni tashkil etdi.
2016 yilning yanvar-sentyabrida ishlab chiqarilgan (ko’rsatilgan xizmatlar) umumiy hajmi 1 917,7 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning shu davriga nisbatan 106,2 foizni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va bu sohalarda ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 1 896,6 mlrd. so’mni (106,0 foiz), o’rmonchilik xo’jaliklarida 3,3 mlrd. so’mni (136,6 foiz), baliqchilik xo’jaliklarida 17,8 mlrd. so’mni (100,7 foiz) tashkil qildi.
2016 yil yanvar-sentyabr oylarida barcha toifadagi xo’jaliklar tomonidan 380 253 tonna sabzavot (113,9 foizga ko’p) yetishtirildi.
2016 yilning 1 oktyabr holatiga o’tgan yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar 105,7 foizga (jami 855,8 ming boshni tashkil qildi), shu jumladan sigirlar 100,4 foizga (249,6 ming bosh), qo’y va echkilar 105,6_foizga (1 848,9 ming bosh), otlar 101,8 foizga (22 338 bosh), parrandalar 118,1 foizga (2 570 ming. boshga) ko’paydi.
2016 yilning yanvar-sentyabrida fermer xo’jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 575,1 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning tegishli davriga nisbatan 99,8 foizni tashkil qildi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari umumiy hajmida fermer xo’jaliklarining ulushi 30,8 foizni tashkil etdi..
2016 yil yanvar-sentyabrda viloyatning asosiy kapitalini ko’paytirishga 934,3 mlrd. so’m miqdorida investitsiyalar kiritildi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 120,5 foizni tashkil qildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-sentyabrda umumiy maydoni 552,5 ming kv.m. bo’lgan 3 459 ta (2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan 120,9 foiz), shu jumladan qishloq joylarida 367,7 ming kv.m. (117,8 foiz) uy-joy foydalanishga topshirildi. Noishlab chiqarish sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmidan 544,5 mlrd. so’mi yoki 73,9 foizi uy-joy qurilishida o’zlashtirildi.
Qurilish: Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, musiqa va san’at maktablari qurish, qayta ta’mirlash hamda kasb-hunar kollejlariga va umumta’lim maktablariga sport inshoatlari qurilishida 40,8 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 7,5 foizini va ta’lim sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 4,4 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Sog’liqni saqlash ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya ishlarida 28,0 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 5,1 foizini va sog’liqni saqlash sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,0 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Kommunal qurilish sohasida 217,4 km. uzunlikdagi ichimlik suvi, 38,1 km. uzunlikdagi gaz tarmoqlari ishga tushirildi, bu 2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan mos ravishda 81,9 va 104,1 foizni tashkil qildi.
Qurilish: Ichimlik suvi tarmoqlari qurilishiga aholi mablag’lari hisobiga 1,7 mlrd. so’m, gaz tarmoqlari qurilishiga esa 621,4 mln. so’m miqdorida investitsiyalar o’zlashtirildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-sentyabrda 708,3 mlrd. so’mlik qurilish ishlari bajarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 112,5 foizni tashkil etdi.
Qurilish: Qurilish ishlari umumiy hajmining 71,7 foizi binolar va inshootlarni qurish bo’yicha qurilish ishlari, 20,6 foizi fuqarolik qurilishi ob’yektlarini qurish bo’yicha qurilish ishlari va 7,7 foizi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlariga to’g’ri keldi. Shu jumladan umumiy hajmdan 80,8 foizi yangi qurilish, rekonstruksiya va kengaytirish hamda texnik jihatdan qayta jihozlashga to’g’ri keladi.
Qurilish: Nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 658,1 mlrd. so’mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 92,9 foizni (2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan o’sish sur’ati 115,5 foizni) tashkil qildi.
Yuk tashish: 2016 yil 1 oktyabr holatiga barcha transport turlari tomonidan, 26,3 mln. tonna yuk tashilgan bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 8,2 foizga ko’paydi.

Ko’p beriladigan savollar

SAVOL: Mulk ijarasi shartnomalari qay tartibda tasdiqlanadi?

JAVOB:

Mulk ijarasi shartnomasini tasdiqlash uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • mulkka bulgan huquqni tasdiklovchi xujjat (nusxasi koldirilib, asli qaytarib beriladi);
  • ijaraga berilayotgan mulk davlat ro’yxatidan o’tkaziladigan mulk bo’lsa, uning boshqa shaxsga o’tkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi haqidagi ma’lumot;
  • ijara narsasi umumiy birgalikdagi mulk bo’lgan taqdirda (er-xotinning bir­galikdagi mulki), barcha egalarining (er- xotinning) roziligi;
  • ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o’rtasida tuzilgan mol-mulkni topshirish va qabul qilish dalolatnomasi;
  • vasiylikdagi shaxsga qarashli bo’lgan mol-mulk bir yildan ortiq muddatga ija­raga berilganda, vasiylik va xomiylik organlarining roziligi.

Mulk ijarasi shartnomasi shartnomada belgilangan muddatga tuziladi. Agar mulk ijarasining muddati shartnomada belgilanmagan bo’lsa, shartnoma nomuayyan mud­datga tuzilgan hisoblanadi. Bunda, taraflardan har biri boshqa tarafni bir oy oldin, ko’chmas mulk ijarasida esa — uch oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, istagan paytda shartnomadan voz kechishi mumkin. Qonun yoki shartnomada nomuayyan muddatga tuzilgan mulk ijarasi shartnomasini bekor qilish hakida oldindan ogohlantirishning boshqa muddatlari ham belgilab qo’yilishi mumkin.

Qonunda mulk ijarasining ayrim turlari uchun, shuningdek mol-mulkning ayrim turlarini ijaraga olish uchun eng ko’p (oxirgi) muddatlar belgilab qo’yilishi mumkin.

Bunday hollarda, basharti ijara mudda­ti shartnomada belgilangan bo’lmasa va qonunda belgilangan oxirgi muddat tugagunicha taraflardan hech qaysisi shartnoma­dan voz kechmasa, oxirgi muddat o’tishi bilan shartnoma bekor bo’ladi. Qonunda bel­gilangan oxirgi muddatdan ortiq muddatga tuzilgan bunday mulk ijarasi shartnomasi oxirgi muddatga teng muddatga tuzilgan hisoblanadi.

Savolga Jizzax shahar 1-son davlat notarial idorasi notariusi Rustam Qo’chqarov javob berdi.


SAVOL: Ko’chmas mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash to’g’risida ma’lumotlani bilishni istardim.

JAVOB:

Mulk huquqi asosida fuqarolarga tegishli bo’lgan ko’chmas mulk (uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi va boshqalar) ijaraga berilishida ijara shartnomasini notarial tartibda tasdiqlashda notarius quyidagilarni talab qiladi:

  • ko’chmas mulkning ijaraga beruvchiga mulk huquqi asosida tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjat (nusxasi qoldirilib, asli qaytarib beriladi);
  • «Ergeodezkadastr» davlat qo’mitasi hududiy bo’linmasining ma’lumotnomasi, binolar va inshootlarga bo’lgan huquqning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnoma (nusxasi qoldirilib, asli qaytarib beriladi);
  • ijaraga berilayotgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy propiska qilingan shaxslar haqida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan berilgan maьlumotnoma yoki uy ko’chmas mulk umumiy birgalikdagi mulk bo’lgan taqdirda (er-xotinning birgalikda­gi mulki), barcha egalarining (er-xotinning) roziligi;
  • vasiylikdagi shaxsga qarashli bo’lgan ko’chmas mulk bir yildan ortiq muddatga ijaraga berilganda, vasiylik va xomiylik organlarining roziligi;
  • xususiylashtirilgan uy, kvartira, uy­ning yoki kvartiraning bir qismi ijaraga berilganda, O’zbekistan Respublikasining xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasining hududiy boshqarmalari tomonidan berilgan xususiylashtirishda rozilik bergan shaxslar haqidagi ma’lumotnoma va ularning roziligi;
  • ko’chmas mulk garovga qo’yilgan bo’lsa, garovga oluvchining roziligi.

Yuridik shaxslarga tegishli bo’lgan kuch­mas mulkni (uy, kvartira, uyning yoki kvar­tiraning bir qismi va boshqalarni) ijara­ga berish shartnomalarini notarial tas­diqlashda, qo’shimcha ravishda quyidagi huj­jatlar talab etiladi:

  • yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari;
  • yuridik shaxsning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi haqidagi guvohnoma;
  • vakilga berilgan ishonchnoma;
  • yuridik shaxs vakolatli organlarining ko’chmas mulkni ijaraga berish (olish) haqkidagi hujjat (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
  • topshirish va qabul qilish dalolatno­masi (agar shartnomani imzolashdan avval ijara ob’ekti topshirilgan bo’lsa).

Diplomatik vakolatxonani va vakolatxona boshlig’i qarorgohini joylashtirish uchun ko’chmas mulkni ijaraga olish to’g’risidagi bitimni tasdiqlashda O’zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 8 maydagi 207-son qarori bilan tasdiqlangan xorijiy davlatlarning O’zbekistan Respublikasidagi diplomatik vakolatxonapari va konsullik muassasalari to’g’risi­da nizomga muvofiq diplomatik vakolatxona ko’chmas mulkni ijaraga olish niyati to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini oldindan xabardor qilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi.

Savolga Jizzax shahar 1 -son davlat notarial idorasi notariusi Rustam Qo’chqarov javob berdi.


Zafarobod tumanidagi «Yorqin» QFYda yashovchi fuqaro U.Haydarov, Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi L.Sobitova:

1. 2014 yilda pensiyaning miqdori necha foizga oshdi? Men olayotgan pensiya miqdori 2014 yil iyun oyigacha 453 OOO so’m olar edim. Endi, 2015 yilning yanvar oyidan pensiyamga qancha qo’shiladi?

2. Pensiya yoshiga yetishiga ikki yil qolgan fuqarolar muddatdan oldin pensiyaga chiqarilishi mumkin, deyishadi. Shu to’g’rimi? Bu haqda qonunlarimizda nima deyilgan? Pensiyaga chiquvchi fuqaroga pensiya miqdori qanday hisoblanadi? Talab qilingan davrdan ortiqcha ish staji uchun qancha ustama qo’shiladi?

– O’zbekistan Respublikasi Prezidentining 2014 yil 21 noyabrdagi «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to’g’risida»gi Farmoniga asosan 2014 yilning 15 dekabridan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdori 1.10 baravarga oshirildi. Sizning pensiyangiz 453 ming so’m bo’lsa, 2014 yil­ning 15 dekabridan uning miq­dori 1.10 baravarga oshirilgan.

O’zbekistan Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi Qonunining 14-moddasiga asosan texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o’zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o’zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar:

Erkaklar — 58 yoshga to’lganda va ish staji kamida 25 yil bo’lgan taqdirda;

Ayollar — 53 yoshga to’lganda va ish staji kamida 20 yil bo’lgan taqdirda pensiya olish huquqiga ega bo’ladilar.

O’zbekistan Respublikasi «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi Qonunining 25-moddasiga asosan pensiya miqdori ish stajining muddatiga bog’liq bo’lib, quyidagilardan tarkib topadi:

– pensiyaning tayanch miqdoridan;

– ish staji uchun pensiyaning oshirilishidan;

– pensiyaga qo’shiladiga ustama haqlardan.

Ushbu qonunning 27-moddasiga asosan pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir to’liq yili uchun (37-40-moddalar) pensiyalarning tayanch miqdorlari (26-modda) quyidagicha oshiriladi:

a)      yoshga doir pensiyalar –  pensiyani hisoblab chiqish uchun (31- va 33-moddalar) olinadigan o’rtacha oylik ish haqining 1 foizi miqdorida;

b)      I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari — pensiyani hisoblab chiqish uchun olinadigan o’rtacha oylik ish haqining 1 foizi miqdorida;

g) boquvchisini yo’qotganlik pensiyalari oilaning mehnat qobiliyatsiz har bir a’zosi uchun — boquvchining o’rtacha oylik ish haqining 0,5 foizi miqdorida oshiriladi.

Otasidan ham, onasidan ham judo bo’lgan (chin yetim) bollarga tayinlanadigan boquvchisini yo’qotganlik pensiyalarni oshirish ota va ona ish haklarining umumiy miqdoridan kelib chiqib, eng kam oylik ish haqining sakkiz barobari miqdori doirasida amalga oshiriladi.

 
  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni: (1817)
  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing