Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari

Ko’p beriladigan savollarga javob

SAVOL: Mulk ijarasi shartnomalari qay tartibda tasdiqlanadi?

JAVOB:

Mulk ijarasi shartnomasini tasdiqlash uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • mulkka bulgan huquqni tasdiklovchi xujjat (nusxasi koldirilib, asli qaytarib beriladi);
  • ijaraga berilayotgan mulk davlat ro’yxatidan o’tkaziladigan mulk bo’lsa, uning boshqa shaxsga o’tkazish taqiqlanmaganligi va xatlanmaganligi haqidagi ma’lumot;
  • ijara narsasi umumiy birgalikdagi mulk bo’lgan taqdirda (er-xotinning bir­galikdagi mulki), barcha egalarining (er- xotinning) roziligi;
  • ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o’rtasida tuzilgan mol-mulkni topshirish va qabul qilish dalolatnomasi;
  • vasiylikdagi shaxsga qarashli bo’lgan mol-mulk bir yildan ortiq muddatga ija­raga berilganda, vasiylik va xomiylik organlarining roziligi.

Mulk ijarasi shartnomasi shartnomada belgilangan muddatga tuziladi. Agar mulk ijarasining muddati shartnomada belgilanmagan bo’lsa, shartnoma nomuayyan mud­datga tuzilgan hisoblanadi. Bunda, taraflardan har biri boshqa tarafni bir oy oldin, ko’chmas mulk ijarasida esa — uch oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, istagan paytda shartnomadan voz kechishi mumkin. Qonun yoki shartnomada nomuayyan muddatga tuzilgan mulk ijarasi shartnomasini bekor qilish hakida oldindan ogohlantirishning boshqa muddatlari ham belgilab qo’yilishi mumkin.

Qonunda mulk ijarasining ayrim turlari uchun, shuningdek mol-mulkning ayrim turlarini ijaraga olish uchun eng ko’p (oxirgi) muddatlar belgilab qo’yilishi mumkin.

Bunday hollarda, basharti ijara mudda­ti shartnomada belgilangan bo’lmasa va qonunda belgilangan oxirgi muddat tugagunicha taraflardan hech qaysisi shartnoma­dan voz kechmasa, oxirgi muddat o’tishi bilan shartnoma bekor bo’ladi. Qonunda bel­gilangan oxirgi muddatdan ortiq muddatga tuzilgan bunday mulk ijarasi shartnomasi oxirgi muddatga teng muddatga tuzilgan hisoblanadi.

Savolga Jizzax shahar 1-son davlat notarial idorasi notariusi Rustam Qo’chqarov javob berdi.


SAVOL: Ko’chmas mulk ijarasi shartnomalarini tasdiqlash to’g’risida ma’lumotlani bilishni istardim.

JAVOB:

Mulk huquqi asosida fuqarolarga tegishli bo’lgan ko’chmas mulk (uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi va boshqalar) ijaraga berilishida ijara shartnomasini notarial tartibda tasdiqlashda notarius quyidagilarni talab qiladi:

  • ko’chmas mulkning ijaraga beruvchiga mulk huquqi asosida tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjat (nusxasi qoldirilib, asli qaytarib beriladi);
  • «Ergeodezkadastr» davlat qo’mitasi hududiy bo’linmasining ma’lumotnomasi, binolar va inshootlarga bo’lgan huquqning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnoma (nusxasi qoldirilib, asli qaytarib beriladi);
  • ijaraga berilayotgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismida doimiy propiska qilingan shaxslar haqida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan berilgan maьlumotnoma yoki uy ko’chmas mulk umumiy birgalikdagi mulk bo’lgan taqdirda (er-xotinning birgalikda­gi mulki), barcha egalarining (er-xotinning) roziligi;
  • vasiylikdagi shaxsga qarashli bo’lgan ko’chmas mulk bir yildan ortiq muddatga ijaraga berilganda, vasiylik va xomiylik organlarining roziligi;
  • xususiylashtirilgan uy, kvartira, uy­ning yoki kvartiraning bir qismi ijaraga berilganda, O’zbekistan Respublikasining xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasining hududiy boshqarmalari tomonidan berilgan xususiylashtirishda rozilik bergan shaxslar haqidagi ma’lumotnoma va ularning roziligi;
  • ko’chmas mulk garovga qo’yilgan bo’lsa, garovga oluvchining roziligi.

Yuridik shaxslarga tegishli bo’lgan kuch­mas mulkni (uy, kvartira, uyning yoki kvar­tiraning bir qismi va boshqalarni) ijara­ga berish shartnomalarini notarial tas­diqlashda, qo’shimcha ravishda quyidagi huj­jatlar talab etiladi:

  • yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari;
  • yuridik shaxsning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi haqidagi guvohnoma;
  • vakilga berilgan ishonchnoma;
  • yuridik shaxs vakolatli organlarining ko’chmas mulkni ijaraga berish (olish) haqkidagi hujjat (qaror, umumiy majlis bayonnomasi, kuzatuv kengashining qarori, buyruq va hokazo);
  • topshirish va qabul qilish dalolatno­masi (agar shartnomani imzolashdan avval ijara ob’ekti topshirilgan bo’lsa).

Diplomatik vakolatxonani va vakolatxona boshlig’i qarorgohini joylashtirish uchun ko’chmas mulkni ijaraga olish to’g’risidagi bitimni tasdiqlashda O’zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 8 maydagi 207-son qarori bilan tasdiqlangan xorijiy davlatlarning O’zbekistan Respublikasidagi diplomatik vakolatxonapari va konsullik muassasalari to’g’risi­da nizomga muvofiq diplomatik vakolatxona ko’chmas mulkni ijaraga olish niyati to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini oldindan xabardor qilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi.

Savolga Jizzax shahar 1 -son davlat notarial idorasi notariusi Rustam Qo’chqarov javob berdi.


Zafarobod tumanidagi «Yorqin» QFYda yashovchi fuqaro U.Haydarov, Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi L.Sobitova:

1. 2014 yilda pensiyaning miqdori necha foizga oshdi? Men olayotgan pensiya miqdori 2014 yil iyun oyigacha 453 OOO so’m olar edim. Endi, 2015 yilning yanvar oyidan pensiyamga qancha qo’shiladi?

2. Pensiya yoshiga yetishiga ikki yil qolgan fuqarolar muddatdan oldin pensiyaga chiqarilishi mumkin, deyishadi. Shu to’g’rimi? Bu haqda qonunlarimizda nima deyilgan? Pensiyaga chiquvchi fuqaroga pensiya miqdori qanday hisoblanadi? Talab qilingan davrdan ortiqcha ish staji uchun qancha ustama qo’shiladi?

– O’zbekistan Respublikasi Prezidentining 2014 yil 21 noyabrdagi «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to’g’risida»gi Farmoniga asosan 2014 yilning 15 dekabridan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdori 1.10 baravarga oshirildi. Sizning pensiyangiz 453 ming so’m bo’lsa, 2014 yil­ning 15 dekabridan uning miq­dori 1.10 baravarga oshirilgan.

O’zbekistan Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi Qonunining 14-moddasiga asosan texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o’zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o’zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar:

Erkaklar — 58 yoshga to’lganda va ish staji kamida 25 yil bo’lgan taqdirda;

Ayollar — 53 yoshga to’lganda va ish staji kamida 20 yil bo’lgan taqdirda pensiya olish huquqiga ega bo’ladilar.

O’zbekistan Respublikasi «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida»gi Qonunining 25-moddasiga asosan pensiya miqdori ish stajining muddatiga bog’liq bo’lib, quyidagilardan tarkib topadi:

– pensiyaning tayanch miqdoridan;

– ish staji uchun pensiyaning oshirilishidan;

– pensiyaga qo’shiladiga ustama haqlardan.

Ushbu qonunning 27-moddasiga asosan pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir to’liq yili uchun (37-40-moddalar) pensiyalarning tayanch miqdorlari (26-modda) quyidagicha oshiriladi:

a)      yoshga doir pensiyalar –  pensiyani hisoblab chiqish uchun (31- va 33-moddalar) olinadigan o’rtacha oylik ish haqining 1 foizi miqdorida;

b)      I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari — pensiyani hisoblab chiqish uchun olinadigan o’rtacha oylik ish haqining 1 foizi miqdorida;

g) boquvchisini yo’qotganlik pensiyalari oilaning mehnat qobiliyatsiz har bir a’zosi uchun — boquvchining o’rtacha oylik ish haqining 0,5 foizi miqdorida oshiriladi.

Otasidan ham, onasidan ham judo bo’lgan (chin yetim) bollarga tayinlanadigan boquvchisini yo’qotganlik pensiyalarni oshirish ota va ona ish haklarining umumiy miqdoridan kelib chiqib, eng kam oylik ish haqining sakkiz barobari miqdori doirasida amalga oshiriladi.

Mualliflik huquqi qanday huquqlarni beradi?

Javob:

Asarlari mualliflik huquqi tomonidan himoyalanadigan mualliflar va ularning merosho’rlariga belgilangan huquqlar beriladi. Ular asardan foydalanish yoki kelishilgan shartlarga binoan boshqa shaxslarga foydalanish uchun huquq berishga mutlok huquq egalari bo’ladi. Asar muallifi qo’yidagilarga ro’xsat berishi yoki taqiqlashi mumkin:
uni har qanday shaklda ko’paytirish, masalan yozuv nashri ko’rinishida yoki ovoz yozish yo’li bilan;uni omma oldida ijro etish, masalan teatr pyesada yoki musiqiy asarda;
uni yozib olish, masalan kompakt-diskga, kassetalarga yoki videotasmaga;
uni uzatish vositalari bilan habardor kilish, masalan radio, sim (kabel) yoki sputnik aloqasi orqali;
uni boshqa tillarga tarjima qilish.

Mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan san`at va man`aviyat asarlarning ko’plarini ommaga etqazish kerak (masalan, yozuv nashrlari, ovoz yozuvi, filmlar), bu esa pul mablag’larini talab qiladi; shuning uchun mualliflar ushbu badiiy asarlarni ko’paytirish va sotish uchun hamma narsasi yetarli bo’lgan ayrim shaxslarga yoki kompaniyalarga o’z asarlariga bo’lgan huquqlarini sotadilar. Bu asarlar uchun mualliflik haqining miqdori ko’pincha asardan foydalanish hajmiga bog’liq bo’ladi, bu taqdirda mualliflik haqining o’zi esa royalti deb nomlanadi.

VOIS ning tegishli sharntomalarning shartlariga ko’ra, mulkiy huquqlarning himoyasi muallifning vafotidan keyin 50 yilgacha chegaralangan. Milliy qonunchilik bundan ham uzoq muddatlarni qo’yishi mumkin. Shunday tarzda belginlangan quriqlash muddatlari mualliflarga va ularning merosxo’rlariga ma`lum vaqt ichida iqtisodiy foydani olish imkoniyatini yaratadi. Mualliflik huquqi sohasiga shaxsiy nomulkiy huquqlarni himoyalash ham kiradi, bu esa mualliflikni talab qilish huquqini, muallif obro’siga putur etqazadigan o’zgartirishlarni asarga kiritilishini taqiqlash huquqi.

Asrarning muallifi yoki mualliflik huquqining egasi noqonuniy saqlangan yoki ishlab chiqarilgan himoya qilinadigan asarning aslidan olingan kontrafakt nusxalarni izini topish maqsadida binolarni ko’rish yo’li bilan o’z huquqlarini ma`muriy yoki sud tartibida amalga oshirishi mumkin. Huquq egasi bunday faoliyatni sud orqali taqiqlashi va moddiy foydani yo’qotganligi natijasida keltirilgan zarar uchun kompensatsiyani talab qilishi hamda muallif ekanligini e`lon qilinishini talab qilishi mumkin.

——————————-

 

Mening bojxonadagi huquqlarimni tushuntirsangiz.

Javob:

Bojxonа deklаrаtsiyasini olmаsdаn turib siz mаmlаkаtgа olib kirmoqchi bo`lgаn mаhsulotlаr vа trаnsport vositаlаrini ko`rib chiqish, mаhsulotlаrni o`lchаshingiz, shuningdek bu mаhsulotlаrdаn siz bojxonа ruxsаti bilаn sinov uchun nаmunа olishingiz mumkin. Bundа holаtdа аgаr bu nаmunаlаr hаmmа mаhsulot Bilаn birgа hisobgа olinаdigаn bo`lsа, ulаr uchun аlohidа bojxonа deklаrаtsiyasi to`ldirilmаydi. Bojxonаgа kelgаn fuqаro:

  • Bojxonаdаn o`tish tаrtib qoidаlаrigа аsosаn mаhsulotlаri deklаrаtsiya qilish, vа bojxonа orgаnigа deklаrаtsiyani tаqdim etish;
  • Bojxonа xodimlаrigа hujjаtlаrni vа ro`yxtаdаn o`tish uchun kerаk bo`lgаn hаr qаndаy qo`shimchа mа’lumot tаqdim qilish;
  • Bаrchsа bojxonа to`lovlаrini to`lаsh;
  • Bojxonа rаsmiylаshtirish ishlаridа vаqtidа hаmkorlik qilishi lozim.

Agar ta`sischi o`z mablag`larini plastik kartaga o`tkazmoqchi bo`lsa, bank 5 foiz ushlab qolish huquqiga egami?

Javob:

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 780-moddasida mijoz bankning hisobvaraqda turgan pul mablag’lari bilan operatsiya qilish bo’yicha xizmatlariga bank hisobvarag’i shartnomasida nazarda tutilgan shartlar asosida haq to’lashi belgilab qo’yilgan.

“O’zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to’g’risida”gi Yo’riqnoma (ro’yxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel)ning 7-bandi 3-xatboshisiga muvofiq bank hisobvarag’i shartnomasida bank xizmatlari uchun to’lanishi lozim bo’lgan komissiyalar belgilab olinadi. “Banklar va bank faoliyati to’g’risida” Qonunining 28-moddasiga asosan bank operatsiyalari bo’yicha foiz stavkalari va vositachilik haqi miqdori banklar tomonidan mustaqil belgilanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, bank operatsiyalari bo’yicha foiz stavkalari va vositachilik haqi miqdori tijorat banklari tomonidan mustaqil belgilanadi.

 

Yuridik shaxs yakka tartibdagi tadbirkor bilan pul o`tkazish yo`li orqali operatsiyalar bajarishi mumkinmi? Huquqiy asosi qanaqa?

Javob:

O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 790-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq yuridik shaxslar o’rtasidagi hisob-kitoblar, shuningdek fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog’liq holda ular ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi. Ko’rsatib o’tilgan shaxslar o’rtasidagi hisob-kitoblar, agar qonunda boshqacha tartib belgilab qo’yilgan bo’lmasa, naqd pulda ham amalga oshirilishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasi hududida naqd pulsiz hisob-kitoblarni o’tkazish tartibi “O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risida”gi Nizomga (ro’yxat raqami 2465, 2013 yil 3 iyun) muvofiq tashkil etiladi.

Vаqtinchаlik ro`yxаtgа olish tаrtibini tushintirib bering?

Javob:

Vаqtinchа qаyd etish, shаxsining o`zi belgilаgаn istiqomаt joyidа bo`lishi dаvridа аmаlgа oshirilаdi.
Vаqtinchа qаyd ettirish uchun O`zbekiston fuqаrolаri quyidаgi hujjаtlаrni tаqdim etаdilаr:
Turаr-joyni sotib olish hаqidа shаrtnomа yoki tegishli orgаnlаr tomonidаn berilgаn order,
3-shаkl bo`yichа аrizа,
O`zbekiston Respublikаsi fuqаrosi pаsporti,
Tug`ilgаnlik to`g`risidа guvoxnomа – 16 yoshgа to`lmаgаn, otа-onаlаridаn (vаsiylаr vа xomiylаrdаn) аlohidа yashovchi shаxslаr uchun, Dаvlаt boji to`lаngаnligi to`g`risidа kvitаnsiya.

Turmush o’rtog’im ishlab chiqarish vaqtida baxtsiz hodisa sababli vafot etdi. Bizning voyaga yetmagan farzandlarimiz boquvchisini yo’qotganligi munosabati bilan nafaqa olishi mumkinmi?

Javob:

Ha, mumkin. Mehnat kodeksining 291-moddasiga asosan, boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi mehnatda mayib bo’lish yoki kasb kasalligi tufayli vafot etgan boquvchining mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolariga, uning mehnat faoliyatining muddatidan qat’i nazar tayinlanadi, agar u boshqa sabablar natijasida vafot etgan bo’lsa, shunga muvofiq keladigan umumiy mehnat stajiga qarab tayinlanadi, bunday mehnat stajining muddati sug’urta qilingan xodimning vafot etgan kuniga qadar bo’lgan yoshiga bog’liq bo’ladi.

Nogironlik pensiyasi kimlarga to’lanadi?

Javob:

Ha, mumkin. Mehnat kodeksining 291-moddasiga asosan, boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi mehnatda mayib bo’lish yoki kasb kasalligi tufayli vafot etgan boquvchining mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolariga, uning mehnat faoliyatining muddatidan qat’i nazar tayinlanadi, agar u boshqa sabablar natijasida vafot etgan bo’lsa, shunga muvofiq keladigan umumiy mehnat stajiga qarab tayinlanadi, bunday mehnat stajining muddati sug’urta qilingan xodimning vafot etgan kuniga qadar bo’lgan yoshiga bog’liq bo’ladi.

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni:

    (2222)

  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

   

© 2010-2018 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing