Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari

Mahalliy byudjet paramertlari

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrda «O’zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida»gi PQ-3454-sonli qarori qabul qilingan.
Huddi shuningdek, Jizzax viloyatining 2018 yilga mo’ljallangan mahalliy byudjet parametrlari viloyat hokimining 2018 yil 8 yanvardagi 21-sonli qaroriga asosan tasdiqlangan bo’lib, unda viloyat byudjetiga tushadigan daromadlar va byudjetdan amalga oshiriladigan xarajatlar bo’yicha aniq yo’nalishlar bo’yicha belgilab berilgan.

Jumladan, mahalliy byudjetning umumiy daromadlari viloyat bo’yicha 741,7 mlrd.so’m, xarajatlari esa 1153,8 mlrd.so’m etib belgilangan.

2018 yil uchun Jizzax viloyati bo’yicha byudjet daromadlarining reja ko’rsatkichlari

Daromad turlari mln. so’m
1 Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i 22 100
2 Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to’lovidan Davlat byudjetiga ajratmalar 35 455
3 Yagona soliq to’lovidan Davlat byudjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar bo’yicha 41 537
4 Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i 123 554
5 Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qathiy belgilangan daromad solig’i 26 944
6 qo’shilgan qiymat solig’i 211 642
7 Aksiz solig’i, jami 7 418
Shu jumladan:
 – aroq 2 266
 – o’simlik (paxta) yog’i 5 152
8 Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 18 237
9 Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 23 342
10 Yuridik shaxslar yer solig’i 8 300
12 Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i 18 185
11 Yagona yer solig’i
12 Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq
13 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 976
14 qo’shimcha foyda solig’i 100 100
15 Davlat boji 19 606
16 Jarimalar 17 218
17 O’zR IIV yo’l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan undiriladigan yig’imlar 8 846
18 Bozorlar daromadidan tushum 7 992
19 Mahalliy yig’imlar 3 963
20 Benzin, dizel yoqilg’isi va gaz iste’mol qilganlik uchun soliq 39 976
21 Boshqa tushumlar 10 519
JAMI 741 711

 

Jizzax viloyati mahalliy byudjetining 2018 yilgi asosiy ko’rsatkichlari

Ko’rsatkichlar miqdori

(mln.so’m)

I. xarajatlar – jami 1 153 801
1. ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga xarajatlar – jami 985 295
shu jumladan:
1.1 Mao’rif 599 656
 – umumiy ta’lim 599 492
 – kadrlar tayyorlash 164
1.2 Sog’liqni saqlash 276 234
1.3 Madaniyat va sport, ommaviy axborot vositalari 21 984
 – madaniyat va ommaviy axborot vositalari 7 562
 – sport 14 422
1.4 Fan 1 165
1.5 Bolali oilalarga va kam tahminlangan oilalarga nafaqalar 85 817
1.6 Davlat mukofotlarini to’lash bo’yicha xarajatlar 9
1.7 Ijtimoiy ko’nikma markazlari 429
2. Iqtisodiyotga xarajatlar 70 785
shu jumladan:
2.1 Qishloq xo’jaligi vazirligi tashkilotlari 7 444
2.2 Obodonlashtirish 37 766
2.3 Drenaj ishlari bilan bog’liq xarajatlar 2 573
2.4 Uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligining xududiy bo’limlarini saqlash xarajatlari 2 308
2.5 «Toza hudud» davlat unitar korxonasi 17 657
2.6 Ko’p xonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarni obodonlashtirish 3 038
3. Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirishga xarajatlar 25 806
4. Davlat boshqaruv organlarini saqlash 38 377
shu jumladan:
4.1 Davlat boshqaruv idoralari 38 377
5. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini saqlash 18 972
6. Zahira jamg’armasi 11 424
7. Boshqa xarajatlar 3 142
shu jumladan:
7.1 mahalliy byudjetdan moliyalashtiriladigan boshqa muassasalar va tadbirlar 1 333
7.2 qabullar uyini saqlash xarajatlari 1 809
Ijtimoiy soha uchun transfertlar – jami 412 089
shu jumladan:
 – ta’lim muassasalarining ish haqi va yagona ijtimoiy to’lovi 269 327
 – sog’liqni saqlash muassasalarining ish haqi va yagona ijtimoiy to’lovi 142 761

Shu o’rinda shuni alohida aytib o’tish lozimki, shahar va tumanlardagi xalq ta’limi, ya’ni maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, bolalar musiqa va san’at maktablari kabi ta’lim muassasalari hamda va sog’liqni saqlash muassasalarida ishlovchi hodimlarning ish haqi to’lovlarini to’liq va o’z vaqtida mablag’ bilan ta’minlash maqsadida respublika byudjetidan mazkur xarajatlar uchun maqsadli ijtimoiy transfertlar ajratilishi joriy qilindi.Mazkur daromadlar va xarajatlar o’rtasidagi farq summa respublika byudjetidan 412,1 mlrd.so’m maqsadli ijtimoiy transfertlar shaklida ajratilishi ko’zda tutilgan.

Ma’lumki, mahalliy byudjetga soliqlar va boshqa daromadlar asosan oyning uchinchi o’n kunligida tushadi va bu o’z navbatida byudjet tashkilotlarining ish haqi to’lovlarini o’z vaqtida moliyalashtirilishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Ushbu holatlarni bartaraf etish maqsadida, shuningdek shahar tumanlarda byudjet tashkilotlarining asosiy qismini tahlim va sog’liqni saqlash muassasalari tashkil qilishini inobatga olib, mazkur sohalar bo’yicha ish haqi xarajatlarini o’z vaqtida mablag’ bilan tahminlash maqsadida respublika byudjetidan maqsadli ijtimoiy transfertlar ajratilishi belgilandi.

Mahalliy byudjet xarajatlarining asosiy qismi ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga qaratilgan bo’lib, ushbu xarajatlarga 985,3 mlrd.so’m, umumiy byudjet xarajatlarining 85 foizi miqdorida mablag’lar ko’zda tutilmoqda.

Joriy yildagi mahalliy byudjetning o’tgan yillardan asosiy farqlaridan biri shuki, har bir shahar va tumanlarda umumiy xarajatlarning 1 foizi miqdorida hokimliklarining zaxira jamg’armasi shakllantirildi.

Ilgari ushbu zaxira jamg’armasi faqat viloyat hokimligida mavjud bo’lgan. 2018 yildan esa barcha shahar va tumanlar hokimliklarida tashkil etildi.

Mazkur zaxira jamg’armasi mablag’lari hududiy hokimliklar tomonidan yil davomida byudjetda ko’zda tutilmagan, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo’yicha qo’shimcha xarajatlarni moliyalashtirish uchun sarflanishi belgilangan.

Shuningdek, yuqorida tahkidlangan qarorda mahalliy byudjetning daromadlarining asosiy manbasi bo’lgan soliqlar va yig’imlarning
2018 yilga mo’ljallangan stavkalari tasdiqlandi va quyidagilar byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari etib belgilandi:

  • mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, ular xarajatlarining tasdiqlangan parametrlarini o’z vaqtida va maqsadli moliyalashtirish, ijtimoiy soha hamda infratuzilma obhektlarini yanada rivojlantirish va tegishli darajada saqlashni tahminlash yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda moliya va soliq organlarining javobgarligini kuchaytirish;
  • tegishli byudjetlarning daromadlarini shakllantirish qismida mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjetga oid vakolatlarini aniq-puxta chegaralash;
  • soliqlar va yig’imlarning bahzi turlari bo’yicha tushumlarni mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida qoldirish hisobiga ularning o’z daromad bazasini kengaytirishdagi faoliyatini kuchaytirish;
  • yirik soliq to’lovchilardan tushadigan bahzi soliq turlari bo’yicha tushumlarni respublika byudjeti hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlari o’rtasida taqsimlash;
  • tumanlar va shaharlarning bir tekis rivojlanishini tahminlash uchun joylardagi davlat hokimiyati organlariga mahalliy soliqlarning ayrim turlari bo’yicha stavkalarni pasaytirish va ko’paytirish vakolatlarini berish;
  • ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani rivojlantirish bo’yicha xarajatlarni va ko’zda tutilmagan sarf-xarajatlarni moliyalashtirishda mahalliy davlat hokimiyati organlari mustaqilligini oshirish.

Mazkur qarorda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2017 yil 7 iyundagi PF-5075-sonli Farmoniga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlarining daromad olishdagi vakolatlarini oshirish va sarf-xarajatlardagi majburiyatlarini chegaralash bo’yicha tartibi 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab Jizzax viloyati mahalliy byudjetiga nisbatan joriy etildi, bunda quyidagilar nazarda tutildi:

  1. a) quyidagi daromadlar:

tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qathiy belgilangan soliq, jismoniy shaxslarning mulk solig’i, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’i, ayrim turdagi tovarlarning chakana savdosi huquqi uchun hamda ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’imlar, bozorlardan tushadigan daromadlar bo’yicha tushumlar to’la hajmda tumanlar va shaharlarning byudjetlariga;

yagona yer solig’idan, yuridik shaxslarning yer solig’idan, yuridik shaxslarning mol-mulkidan olinadigan soliqdan, yagona soliq to’lovi ajratmalaridan, benzin, dizelg’ yonilg’isi va gaz istehmoli solig’idan, abonent raqamidan foydalanganlik uchun tegishli qismi tushumlaridan ularni viloyat byudjeti, tuman va shaharlarning byudjetlari o’rtasida taqsimlagan holda viloyatning mahalliy byudjetiga;

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va davlat bojining tegishli qismi (litsenziyalar berish uchun davlat boji va patent bojlari bundan mustasno) to’liq hajmda, shuningdek, davlat aktivlarini sotishdan va davlat mulkini ijaraga berishdan olinadigan tushumlarning 25 foizi – viloyat byudjetiga o’tkaziladi;

  1. b) jismoniy shaxslarning daromad solig’idan, yuridik shaxslarning foyda solig’idan (to’lov manbaida norezidentlardan undiriladigan soliqlar bundan mustasno), qo’shilgan qiymat solig’i, tegishli tovarlar bo’yicha aktsiz solig’i, yer qahridan foydalanganlik uchun soliq, jarimalar va yig’imlarning tegishli qismi bo’yicha olinadigan tushumlarni O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining tasdiqlangan parametrlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasining Respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va viloyatlarning mahalliy byudjetlari o’rtasida taqsimlash, shuningdek, tegishli qismda ajratilayotgan soliqlardan olinayotgan tushumlarning belgilangan prognozlari oshirib bajarilishi summalarini tegishli byudjetlarning tasarrufida qoldiriladi;
  2. v) quyidagilar:

ish haqi bo’yicha xarajatlarni hamda tibbiyot muassasalarining yagona ijtimoiy haqini to’lashga hamda tuman va shaharlarning byudjetlaridan moliyalashtiriladigan tahlim muassasalarining aynan shunday sarf-xarajatlarini to’lashga viloyatning mahalliy byudjetlariga O’zbekiston Respublikasining Respublika byudjetidan;

tumanlar va shaharlarning byudjetlaridan moliyalashtiriladigan ish haqi va yagona ijtimoiy to’lov bo’yicha sarf-xarajatlarning qolgan qismini to’lashga tuman va shaharlarning byudjetlariga viloyatning viloyat byudjetlaridan maqsadli ijtimoiy transfertlar ajratish.

Tahlim muassasalari va sog’liqni saqlash muassasalarining ish haqini hamda yagona ijtimoiy to’lovini moliyalashtirishga ajratiladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar hajmi tuman va shaharlar byudjetlarining daromad bazasi ko’payishidan qathiy nazar kamaytirilmaydi.

SHuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017  yil 29 iyundagi “Mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish zaxiralarini aniqlash ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 445-sonli qarorining ijrosini va qaror bilan tasdiqlangan vaqtinchalik nizomlar bilan yuklatilgan vazifalarning o’z muddatida hamda sifatli bajarilishini tahminlash maqsadida 2018 yil davomida quyidagi yo’nalishlarda jami 134,0 mlrd so’mdan ortiq qo’shimcha mablaglar davlat daromadlari tushishi rejalashtirilib, ijrosi kunlik nazoratga olindi.

  1. Jismoniy shaxslar faoliyatini nazorat qilish hisobidan soliq tushumlarini ko’paytirish bo’yicha:

Yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish bo’yicha amalga oshiriladigan tadbirlar.

O’tkaziladigan xatlov tadbirlari natijasida davlat ro’yxatidan o’tmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirib kelayotgan 18,8 ming nafar jismoniy shaxslar aniqlanib, ularni belgilangan tartibda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro’yxatidan o’tkazilishi hisobiga mahalliy byudjetga 7,3 mlrd.so’mlik qo’shimcha mablag’lar jalb etiladi. SHundan:

Jismoniy shaxslarning soliq obhektlarini hisobiga olish va mahalliy soliqlarini undirish bo’yicha amalga oshiriladigan ishlar.

Viloyat soliq organlaridagi mavjud 119 nafar uchastka davlat soliq inspektorlari tomonidan 362,5 mingdan ortiq xonadonga (obhektlarga) tashrif buyurilib, ushbu obhektlarning haqiqiy inventarizatsiya qiymati va yer maydonlari xatlovdan o’tkaziladi.

Xatlov jarayonida quyidagi tadbirlar amalga oshirildi:

– uy-joylarga bo’lgan mulk huquqlarini o’z vaqtida davlat ro’yxatidan o’tkazmagan 13,7 mingta ko’chmas mulk obhektlari va yer uchastkalarini belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazish hisobiga mahalliy byudjetlarga jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari uchun 5,9 mlrd.so’m qo’shimcha mablag’ undirib olinadi;

  1. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq qarzini undiruvni ta’minlash hisobiga mahalliy byudjet daromadlar bazasini kengaytirish bo’yicha:

O’tkaziladigan tadbirlar natijasida soliq qarzi movjud yuridik va jismoniy shaxslarning 46,3 ming nafaridan  soliq qarzdorliklarini udirish hisobiga mahalliy byudjetga 18.3 mlrd.so’mlik qo’shimcha mablag’lar jalb etiladi. SHundan:

– yuridik shaxslarning 12,7 ming tasidan soliq qardorligini undirish hisobiga 17.4 mlrd.so’m;

– jismoniy shaxslarning 33,5 ming tasidan soliq qardorligini undirish hisobiga 0,9 mlrd.so’m qo’shimcha mablag’ undirib olinadi;

  1. Yuridik shaxslarning moliyaviy faoliyatini tahlil qilish, shu jumladan kameral nazorat hisobiga mahalliy byudjet daromadlar bazasini kengaytirish bo’yicha:

Joriy yil  choraklari uchun hisobot taqdim etgan xo’jalik yurituvchi subhektlarning soliq hisobotlari kameral nazoratdan o’tkazilib, shundan 18,7 mingta xo’jalik yurituvchi subhektlarning soliq hisobotlarida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etilishi hisobiga byudjetga qo’shimcha 36,2 mlrd.so’mlik soliq to’lovlari undiriladi.

-Faoliyat ko’rsatmayotgan  499 ta xo’jalik yurituvchi subhektlarning ish faoliyati va moliyaviy ahvoli o’rganilib, ularni faoliyatini tiklash xisobiga 5,5 mlrd sum;

-yangi 768 ta loyixalarni ishga tushuirish xisobiga 30,5 mlrd sum;

-soliq imtiyozlaridan bekor qilinishi va movjud imtiyozlardan notugri foydalanganlik xolatlarini aniklash xisobiga 9,4 mlrd sum qo’shimcha mablag’ undirib olinadi;

  1. Bozorlar daromadiga qo’shimcha mablag’ tushirish xisobga mahalliy byudjet daromadlari bazasini kengaytirish bo’yicha.

O’tkaziladigan xatlov tadbirlari natijasida bozorlar daromadiga qo’shimcha mablag’lar tushirish yo’nalishida 1,1 ming ortiq xolatlar aniklanishi xisobiga hisobiga mahalliy byudjetga 1,1 mlrd.so’mlik qo’shimcha mablag’lar jalb etiladi. SHundan:

– bozorlardagi mavjud 899 ta bo’sh savdo o’rinlarini bandligini tahminlash xisobiga 0,8 mlrd so’m;

– bozorlardagi movjud xizmt turlari tushumlarini oshirish xisobiga 34,0 mln so’m;

– shuningdek qo’shimcha avtomabillarni vaqtincha saqlash joylarini tashkil etish xisobiga 268,0 mln so’m qo’shimcha mablag’ undirib olinadi;

Bozorlar va savdo komplekslari xududida noqonuniy savdo sotiq   faoliyati bilan shug’illanayotgan tadbirkorlik subhektlarni davlat ro’yxatiga olish xisobiga 1,7 mlrd so’m;

Bozorlarda yakka tartibdagi tadbirkorlarga bittadan yollanma ishchi sifatida ro’yxatdan o’tkazish xisobiga 448,0 mln so’m;

Bozorlarda o’tkazilgan tekshirishlar natijasida qo’llanilgan moliyayaviy jarimalarni undirish xisobiga 519,0 mln so’m qo’shimcha mablag’ undirib olinadi;

  1. Soliq tekshiruvlari natijasida qo’shimcha xisoblangan soliqlarni undirish xisobiga mahalliy byudjet daromadlari bazasini kengaytirish bo’yicha.

Soliq tekshiruvlari o’tkazilgan 432 ta xo’jalik yurituvchi subhektlardan qo’shimcha xisoblangan mablag’larni undirish xisobiga 12,4 mlrd so’m mablag qo’shimcha mablag’ undirib olinadi;

Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda soliq qarzini undirish xisobiga 5.2 mlrd.so’m

Hududiy yo’l harakati xavfsizligi idoralari va boshqa tashkilotlar tomonidan undiriladigan to’lovlarni byudjetga to’liq o’tkazilishini tahminlash xisobiga 400.0 mln.so’m undirish kutilmoqda.

Ta’lim sohasi.

Mahalliy byudjetning xarajatlarida ta’lim sohasini moliyalashtirish uchun qariyb 600 mlrd.so’mga yaqin mablag’lar yo’naltiriladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha tahlim vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi PQ-3305-sonli qaroriga asosan viloyat maktabgacha tahlim boshqarmasi hamda shahar va tumanlarda Maktabgacha tahlim bo’limlari tashkil etildi. Maktabgacha tahlim bo’limlari uchun zarur bo’lgan bino va xonalar to’liq ajratildi.  Mahalliy byudjet hisobidan mebelg’, kompg’yuter texnikasi va boshqa jihozlar sotib olish uchun 1076,0 mln so’m mablag’ ajratildi.

Maktabgacha tahlim boshqarmasi tomonidan G’allaorol tumanida 1 ta,  SH. Rashidov tumanida 2 ta, Mirzacho’l tumanida 1 ta, Forish tumanida 1 ta, Jizzax shaxrida 1 ta filiallarni Davlat maktabgacha tahlim muassasalariga aylantirish, Yangiobod tumanida 3 ta yangi maktabgacha tahlim muassasalari tashkil etish yuzasidan tuman (shahar) hokimliklarining qarorlari qabul qilindi.

SHuningdek G’allaorol tumanida 1 ta, SHarof Rashidov tumanida 2 ta, Jizzax shaxrida 4 ta nodavlat maktabgacha tahlim muassasalari faoliyati tashkil etilmoqda.

Umumtahlim maktablarida 2017-2018 o’quv yilidan boshlab 10-11-sinflar tashkil etildi. Ushbu sinflarning tashkil etilishi munosabati bilan viloyatdagi 75 ta kasb-hunar kollejlarining faoliyati o’rganib chiqildi. O’rganish natijalariga ko’ra qabul qilish to’xtatilgan 55 ta kasb-hunar kollejlarini kelgusida umumtahlim maktablari va maktabgacha tahlim muassasalariga aylantirish yuzasidan takliflar berildi.

Mahalliy byudjetning xarajatlarida sog’liqni saqlash sohasini moliyalashtirishning o’rni alohida ahamiyatga ega bo’lib, unga jami 276mlrd.so’mdan ortiq mablag’lar yo’naltiriladi.

Jumladan, dori-darmon, reaktivlar, diagnostikum, bog’lov materiallari xarajatlariga 2018 yilda 22.4 mlrd.so’m ajratilishi rejalashtirilgan yoki utgan yilga nisbatan 2 borabarga oshirilgan. Bu ko’rsatkich 2017 yil 10.8 mlrd.so’m bo’lgan.

SHu bilan birga tahkidlaymizki, sog’liqni saqlash muassasalarining ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bo’yicha xarajatlarni Xarajatlar iqtisodiy tasnifining kodi 42 52 440 “Ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari” xarajatlar moddasida aks ettirilishini hamda dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bo’yicha ajratilayotgan jami mablag’larning 70 foizi bo’lgan qismini mazkur xarajatlar moddasida rejalashtiriladi.

Bunda, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 noyabrdagi PF-5229-sonli  farmoniga muvofiq «O’zmedim’eks» DUK davlat sog’liqni saqlash muassasalariga ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini yagona yetkazib beruvchi hisoblanadi.

2018 yilda o’rtacha 1 bemorga 1 kunga 11173 so’m dori darmon xarajati sarflanishi rejalashtirilmoqda. Bu ko’rsatkich 2017 yilda 5600 so’mdan to’g’ri kelgan.Bundan kurinib turibtiki utgan yilga nisbatan dori darmon xarajatlari 2 barobarga oshirilishi belgilangan.

Bundan tashqari 2016 yilda dori-darmon xarajatlariga 1 ta tez tibbiy yordam chaqiriq uchun 600-650 so’m sarflangan bo’lsa, 2017 yilda  esa bu kursatkich 3.5 barobarga oshdi, yahni 2240 so’mga yetkazildi, 2018 yilda 1 ta tez tibbiy yordam chaqiriq uchun dori-darmon xarajatlariga 5000 so’mdan mablag’ ajratish rejalashtirildi (1mlrd.57 mln.so’m).

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 martdagi “SHoshilinch tibbiy xizmatning faoliyatini tashqil etishni yanada takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash chora-tadbirlari to’g’risi ”gi  PQ-2838-sonli qaroriga asosan 2017 yilda  Jizzax viloyati axolisiga tez tibbiy xizmat sifatini yaxshilash maqsadida  qo’shimcha 47 ta maxsus tez tibbiy yordam avtomashinalari olib kelindi. SHundan 38 ta DAMAS (14 ta maxalliy byudjetdan, 24 ta markazlashgan mablag’lar xisobidan) xamda 9 ta HUNDAI   maxsus tez tibbiy yordam avtomashinalari olib kelindi.

Xozirgi kunda viloyatda jami 102 ta tez tibbiy yordam avtomashinalari mavjud. SHundan, 4 ta NISSAN reanimobili, 17 ta  HUNDAI va 81 ta  DAMAS tez tibbiy yordam avtomashinalari viloyat axolisi uchun xizmat qilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.01.2018 yildagi “Shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida””gi PQ-3494-sonli qaroriga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent shahar tez tibbiy yordam stantsiyasi va RSHTYoIM hududiy filiallari tez tibbiy yordam stantsiyalari negizida butun respublika hududida tez tibbiy yordamni shoshilinch chaqirishga mo’ljallangan tunu-kun ishlaydigan yagona telefon raqamining uzluksiz faoliyatini tahminlaydigan
Call-markazlar tashkil etish belgilandi.

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining     2018 yil 1 fevralidan tez tibbiy yordam brigadalari haydovchilariga ularga bemorlarni tashish bo’yicha qo’shimcha ravishda yuklatilgan funktsiyalarni bajargani uchun, agar sanitar shtati mavjud bo’lmasa, tarif stavkasida 30 foiz miqdorida ustama to’lashni joriy qilish to’g’risidagi taklifi qabul qilindi.

Shuningdek, viloyatda boshqaruv va o’zini o’zi boshqarish organlarini moliyalashtirish bo’yicha mahalliy byudjetdan
57,3 mlrd.so’m mablag’ nazarda tutilmoqda.

Viloyatda 2017 yilning 1 yanvar xolatiga jami 9 ta viloyat byudjet tashkilotlari faoliyati yuritgan bo’lsa, 2018 yilning 1 yanvar xolatiga bu ko’rsatkich 13 tani tashkil etdi.

2017 yil davomida yangidan 4 ta tashkilot, yahni O’zb.Res. Prezidentining 2017 yil 6 yanvardagi “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi PQ-2721-sonli qarori bilan O’zb.Res. Prezidentining Xalq qabulxonalari tashkil etildi, O’zb.Res. Prezidentining 2017 yil 16 martdagi “O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi xududiy boshqarmalari faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi №PQ-2840-sonli qarori bilan Xududiy Iqtisodiyot boshqarmasi, O’zb.Res. Prezidentining 2017 yil 15 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi PQ-2779-sonli qarori bilan viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashkil etildi. SHuningdek Nuroniylar jamg’armasi viloyat bo’limini saqlash xarajatlari maxalliy byudjetga olindi.

Bundan tashqari 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab O’zb.Res. Prezidentining 2017 yil 12 dekabrdagi PF-5278-sonli farmoni bilan Adliya vazirligi xuzuridagi Xududiy davlat xizmatlari Agentligi tashkil etildi.

Bundan tashqari 2017 yilning 1 yanvar xolatiga viloyat bo’yicha boshqaruv organlari soxasi bo’yicha jami 59 ta tashkilot va 661.25 ta shtat birligi maxalliy byudjetdan saqlangan bo’lib, 2018 yilning 1 yanvar xolatiga Xukumat qarorlariga asosan kiritilgan o’zgartirishlar natijasida boshqaruv organlari soxasida 90 ta tashkilot va 1092 ta shtat birligi maxalliy byudjet saqlanishi ko’zda tutilgan.

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni:

    (0)

  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

   

© 2010-2018 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing