Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari
2016 yil yanvar-sentyabrda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YAHM) hajmi 3 438,5 mlrd. so’mni tashkil etdi va 2015 yilning yanvar-sentyabriga nisbatan o’sish sur’ati 109,1 foizga teng bo’ldi.
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko’ra, 2016 yilning 1 oktyabr holatiga ro’yxatga olingan yuridik shaxslar soni 11 442 tani tashkil qilib, shundan 10 510 tasi yoki 91,9 foizi faoliyat ko’rsatmoqda.
2016 yilning 1 oktyabr holatiga ro’yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlarining soni 9 195 tani tashkil qildi.
2016 yil yanvar-sentyabrda yalpi hududiy mahsulotning 81,7 foizi (2015 yil yanvar-sentyabrda 81,6 foiz) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
2016 yilning yanvar-sentyabrida tashqi savdo aylanmasi 140 622,1 ming. AQSH dollarini, jumladan 81 772,6 ming. AQSH dollarini – eksport operatsiyalari, 58 849,5 ming. AQSH dollarinii – import operatsiyalari tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy sal’dosi 22 923,1 ming. AQSH dollarini tashkil qildi.
2016 yil yanvar-sentyabrda sanoat mahsuloti hajmi 1 327,1 mlrd. so’mni yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 118,3 foizni tashkil etdi.
2016 yilning yanvar-sentyabrida ishlab chiqarilgan (ko’rsatilgan xizmatlar) umumiy hajmi 1 917,7 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning shu davriga nisbatan 106,2 foizni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va bu sohalarda ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 1 896,6 mlrd. so’mni (106,0 foiz), o’rmonchilik xo’jaliklarida 3,3 mlrd. so’mni (136,6 foiz), baliqchilik xo’jaliklarida 17,8 mlrd. so’mni (100,7 foiz) tashkil qildi.
2016 yil yanvar-sentyabr oylarida barcha toifadagi xo’jaliklar tomonidan 380 253 tonna sabzavot (113,9 foizga ko’p) yetishtirildi.
2016 yilning 1 oktyabr holatiga o’tgan yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar 105,7 foizga (jami 855,8 ming boshni tashkil qildi), shu jumladan sigirlar 100,4 foizga (249,6 ming bosh), qo’y va echkilar 105,6_foizga (1 848,9 ming bosh), otlar 101,8 foizga (22 338 bosh), parrandalar 118,1 foizga (2 570 ming. boshga) ko’paydi.
2016 yilning yanvar-sentyabrida fermer xo’jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 575,1 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning tegishli davriga nisbatan 99,8 foizni tashkil qildi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari umumiy hajmida fermer xo’jaliklarining ulushi 30,8 foizni tashkil etdi..
2016 yil yanvar-sentyabrda viloyatning asosiy kapitalini ko’paytirishga 934,3 mlrd. so’m miqdorida investitsiyalar kiritildi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 120,5 foizni tashkil qildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-sentyabrda umumiy maydoni 552,5 ming kv.m. bo’lgan 3 459 ta (2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan 120,9 foiz), shu jumladan qishloq joylarida 367,7 ming kv.m. (117,8 foiz) uy-joy foydalanishga topshirildi. Noishlab chiqarish sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmidan 544,5 mlrd. so’mi yoki 73,9 foizi uy-joy qurilishida o’zlashtirildi.
Qurilish: Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, musiqa va san’at maktablari qurish, qayta ta’mirlash hamda kasb-hunar kollejlariga va umumta’lim maktablariga sport inshoatlari qurilishida 40,8 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 7,5 foizini va ta’lim sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 4,4 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Sog’liqni saqlash ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya ishlarida 28,0 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 5,1 foizini va sog’liqni saqlash sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,0 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Kommunal qurilish sohasida 217,4 km. uzunlikdagi ichimlik suvi, 38,1 km. uzunlikdagi gaz tarmoqlari ishga tushirildi, bu 2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan mos ravishda 81,9 va 104,1 foizni tashkil qildi.
Qurilish: Ichimlik suvi tarmoqlari qurilishiga aholi mablag’lari hisobiga 1,7 mlrd. so’m, gaz tarmoqlari qurilishiga esa 621,4 mln. so’m miqdorida investitsiyalar o’zlashtirildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-sentyabrda 708,3 mlrd. so’mlik qurilish ishlari bajarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 112,5 foizni tashkil etdi.
Qurilish: Qurilish ishlari umumiy hajmining 71,7 foizi binolar va inshootlarni qurish bo’yicha qurilish ishlari, 20,6 foizi fuqarolik qurilishi ob’yektlarini qurish bo’yicha qurilish ishlari va 7,7 foizi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlariga to’g’ri keldi. Shu jumladan umumiy hajmdan 80,8 foizi yangi qurilish, rekonstruksiya va kengaytirish hamda texnik jihatdan qayta jihozlashga to’g’ri keladi.
Qurilish: Nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 658,1 mlrd. so’mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 92,9 foizni (2015 yil yanvar-sentyabrga nisbatan o’sish sur’ati 115,5 foizni) tashkil qildi.
Yuk tashish: 2016 yil 1 oktyabr holatiga barcha transport turlari tomonidan, 26,3 mln. tonna yuk tashilgan bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 8,2 foizga ko’paydi.

Milliy bayramlar va muhim sanalar

Milliy bayramlar

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni
Mustaqil O’zbekistonda ushbu bayram o’z qurolli kuchlarini tashkil etishga bag’ishlangan. 1992 yil 14 yanvarda mamlakat parlamenti mamlakat hududidagi harbiy o’quv yurtlari va boshqa harbiy shakllarining barcha qismlari va birlashmalarini O’zbekiston Respublikasi yurisdiktsiya qaramog’iga o’tishi to’g’risida qarori qabul qilindi.1993 yilda 29 dekabrda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni deb e’lon qilindi.


8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni
O’zbekistonda ushbu bayram sevgi, mehribonlik va go’zallik bayrami sifatida nishonlanadi, shuningdek, «onalar kuni» sifatida ham taniqlidir. 8 mart O’zbekistonda dam olish kuni deb belgilangan.


21 Mart – Navro’z
Navro’z qadimiy milliy bayrami (forz tilidan tarjima qilindanda «yangi kun» ma’nosini anglatadi) 21 mart kuni nishonlanadi. Ushbu kun kecha bilan kunduzning tenglashgan paytidir. Ushbu bayramning kirib kelishi bilan ko’pgina O’zbek oilalar Sumalak, Xalim, Ko’k somsa, Osh kabi turli milliy taomlarni tayyorlaydilar. Mazkur taomlar odamzod organizmiga foydali bo’lgan ko’p vitaminlarga boydir.Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng O’zbek xalqining qadimiy urf-odatlari va ana’nalari kuchga kirdi, jumladan Navro’z bayramini nishonlash o’ziga xos tusga ega bo’ldi. Bu bayram barcha xalqlarning do’stlik va birlik ramziga ega bo’lgan umumxalq bayramdir. Bugungi kunda Navro’z bayrami Alisher Navoiy maydonida tantanali ravishda nishonlanadi.


9 may – Xotira va qadrlash kuni
1999 yili 9 may kuni O’zbekiston poytaxtida Xotira maydoni ochildi va shu kundan buyon 9 may Xotira va qadrlash kuni deb nishonlanmoqda. Ushbu bayram keng ma’noga ega bo’lib, u mustaqil O’zbekistonda asrlar davomida qahramona, o’lkamizni himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag`ishlanish bilan bir qatorda u umumxalq hotirasi va insonni qadrlash kuni hamdir. Xotira va qadrlash kuni chinakam milliy-umumxalq bayramidir, bu kunlari kishilar uzoq-yaqinda yashovchi yaqinlarini holidan xabar oladilar, katta yoshlilarni ziyorat qiladilar va ularga alohida izzat ko’rsatiladi.


1 sentyabr – Mustaqillik kuni
O’zbekiston Respublikasining asosiy milliy bayrami – Mustaqillik kunidir. Ushbu bayram 1 sentyabr kuni marosimli va rang-barang shaklda nishonlanadi. Milliy bayram do’stlik, xayriya va har tomonlama hurmatga tayangan o’zbek xalqining barcha orzularini namoyon etadigan bayramdir.O’zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millatlar vakillari millati, dini va irqidan qat’iy nazar O’zbekistonning barcha hududlarida faol nishonlaydilar.


1 oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni
Har yili O’zbekistonda Ustoz va murabbiylar kuni keng nishonlamoqda. Qadim zamonlardan ustozga bo’lgan chuqur hurmat va e’tibor saqlanib qolgan. «Domla», «Muallim», «Ustoz» kabi so’zlar o’z ustozlardan nafaqat bilimlarni va aholiga bo’lgan hurmat munosabati va Vatanga bo’lgan mehriga ega bo’lgan o’quvchilar asrlar davomida minnatdorchilik va izzat bilan murojaat etganlar.Maktab va o’quv muassasalarning o’quvchilari hayotning ilk bilimlarini bergan ustozlarga chuqur izzatdadirlar. Ushbu kunda o’qituvchilarni minnatdorchilik bilan, gullar va sovg’alar bilan hayot yo’lida mashaqqatli mehnati uchun chin yurakdan tabriklashadi.


8 dekabr – Konstitutsiya kuni
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Parlament tomonidan 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan. Ushbu bayram butun O’zbekiston bo’ylab keng nishonlanadi.


Ramazon Hayiti
Ushbu bayram Ro’za hayiti sifatida tanilgan va musulmon (Xijriy) kalendarining 9-oyiga to’g’ri keladi. Bayram 30 kundan iborat bo’lib, ruhiy hamda ma’naviy tozalanish an’anasi hisoblanadi. Uning shartlari quyidagicha: kun chiqishdan to kun botganga qadar ovqat va suv iste’mol qilmaslik; yomon o’ylardan saqlanish; atrofdagilarga hurmatda bo’lish va ularga imkoniyat darajasida yaxshilik qilishdan iboratdir.Ushbu shartlarni bajargandan so’ng uch kundan iborat bo’lgan Ramazon Hayiti boshlanadi. «Ramazon Hayiti» birinchi kuni dam olish kuni hisoblanadi.


Qurbon Hayiti

Musulmonlar tomonidan nishonlanadigan dunyodagi eng katta diniy bayramlardan biridir. Bu bayramning negizi, o’z o’g’lini Olloh yo’lida qurbon qilishga tayyor bo’lgan Payg’ambar Ibrohim (a.s.) bilan bog’liq bo’lgan tarixiy voqeaga taqaladi, shunda uning harakati Olloh tomonidan to’xtatilib o’rniga hayvon (qo’y, tuya va boshqa jonliq) qurbon qilish buyuriladi. Bayram uch kun davom etadi va musulmonlar bu kunlarni oila va qarindoshlar davrasida o’tkazadilar. Bayram kunlari kishilar uzoq-yaqinda yashovchi yaqinlarini holidan xabar oladilar, muhtojlarga yordam beradilar. «Qurbon Hayiti»ning birinchi kuni dam olish kuni hisoblanadi.

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni: (2635)
  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing