Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari

Sport

Jizzax viloyatida jismoniy tarbiya va sport ko’rsatkichlari to’g’risida MA’LUMOT

 I. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017 yil 3 iyundagi PQ-3031-son qarori ijrosi to’g’risida

2017 yil 1 yarim yilligida viloyat bo’yicha jami 555 ta ommaviy sport tadbirlari o’tkazilgan bo’lib, (2016 yilning 6 oyga nisbatan 43 taga ko’paygan) ushbu tadbirlarga 66933 ming nafar yoshlar ishtirok etishdi, 33593 nafarini qizlar tashkil etadi. (qizlarni musobaqadagi ishtiroki 2016 yilning 6 oyga nisbatan 1299 nafarga oshgan).

2016 yilda Respublika va viloyat miqyosidagi sport tadbirlariga jami  195,9 mln. so’m ajratilgan, shundan madaniyat va sport ishlari boshqarmasidan 127 mln. ajratilgan, xalq ta’limi boshqarmasidan 19,0 mln so’m ajratilgan. BSRJ tomonidan 49,9 mln. mablag’lar sarflandi.

2017 yilda Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tizimiga maxalliy byudjetdan sport tadbirlari uchun 1,4 mlrd. so’m mablag’ ajratilishi rejalashtirilgan bo’lib 6 oy davomida 730,0 mln. so’m mablag’ ajratildi va maqsadli sarflandi.

II. Sport turlari bo’yicha shug’ullanuvchilar va erishilgan natijalar:

Bugungi kunda Jizzax viloyatida ro’yxatdan o’tgan sport tashkilotlari jami 47 tani tashkil etadi. SHundan, 2010-2016 yillarda mazkur sport tashkilotlarga biriktirilgan xomiylar tomonidan 2,6 mlrd so’mga yaqin mablag’ ajratilgan.

2016 yilda Rioda (Braziliya) o’tkazilgan yozgi Olimpiyada va Paralimpiyada o’yinlarida 2 nafar sportchimiz, boks bo’yicha Xurshid Tojiboev va yengil atletika bo’yicha Marina Xmelevskayalar ishtirok etdi.

Sportchilarimiz 2017 yil davomida bir qancha yutuqlarni qo’lga kiritishdi. Jumladan; Sportning boks turidan Rossiya federatsiyasining Anapa shaxrida o’tkazilgan yirik xalqaro turnirda Xolmurodov Samandar oltin va Tog’aymurodov Javoxir bronza medallarga sazovor bo’ldi. Buxoro shaxrida o’tkazilgan Xalqaro turnirda Ismatova Go’zal, Melieva Ehzoza, Melieva Maftuna va Yoqubova Azizalar oltin medalga sazovor bo’ldilar. Baku shaxrida o’tkazilgan “Islom birdamligi o’yinlari”da Boturov Bobousmon oltin medalga sazovor bo’ldi. Tailand davlatida o’tkazilgan Osiyo chempionatida Xolmurodov Samandar oltin medalni qo’lga kiritdi.

Sportning sambo turidan Samarqand shahrida qizlar o’rtasida o’tkazilgan O’zbekiston chempionatida Xamdamova Maftuna bronza medalga sazovor bo’ldi. Mart oyida Samarqand shaxrida o’tkazilgan O’zbekiston chempionatida Xazratqulova Kamola oltin medalga sazovor bo’ldi.

Sportning yengil atletika turidan Qirg’iziston davlatida o’tkazilgan Xalqaro turnirda SHtukan Roman kumush va Safarov Begzod bronza medallarga sazovor bo’ldi.

Sportning armrestling turidan Qirg’iziston davlatida o’tkazilgan Osiyo chempionatida Turg’unov Alisher kumush, bronza va SHodmonova Maloxatlar bronza medallarga sazovor bo’ldi.

Sportning dzyu-do turidan Qirg’iziston davlatining Bishkek shaxrida o’tkazilgan Osiyo chempionatida Astanova Madina bronza medaliga soxibi bo’ldi.

Sportning milliy turon turidan Qozog’istonda o’tkazilgan Jahon kubogida G’anieva Mashhura oltin, Mardonov Bunyod va Ashirov Hasan kumush medalga sazovar bo’ldi.

Viloyatimiz sportchilari 2008-2017 yillar davomida xalqaro musobaqalarda 23 oltin, 15 ta kumush, 20 ta bronza medallarni qo’lga kiritgan bo’lsa, 2016-2017 yillarda Respublika va Xalqaro musobaqalarda 1635 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etib Jaxon kuboglarida 5 ta (3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza), Osiyo chempionati va kubogida 14 ta (4 oltin, 5 ta kumush va 5 bronza), Xalqaro turnirlarda 45 ta oltin, 55 ta kumush va 38 ta oltin. O’zbekiston chempionati va kuboklarida jami 389 ta medalni qo’lga kiritdi.

Jizzax olimpiya zaxiralari kollejida jami 600 nafar o’quvchi sportchi (shundan, 300 nafar maktab bo’g’inida, ularning 87 nafari qizlar) taxsil oladi. Sportchilarning 36 nafari xalqaro, 240 nafari Respublika musobaqalari g’olib sovrindorlaridir. Sportchilardan 12 nafari sport ustasi.

Kollejda 58 nafar murabbiy faoliyat olib boradi, ularning 6 nafar ayollar. Kollejda 16 ta sport turi bo’yicha faoliyat olib borilmoqda. SHulardan 13 tasi olimpiya sport turi.

2018 yil Argentinada bo’lib o’tadigan Yoshlar olimpiadasi hamda 2020 yil Tokio (Yaponiya) shahrida bo’lib o’tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o’yinlariga Osiyo va Xalqaro musobaqalar sovrindorlari sportning boks turidan Tog’aymurodov Javoxir, dzyudo turidan Astonova Madina, yengil atletikadan Umarova Sabinalar ishtirok etishlari yuqori.

 III. Sport inshootlari va muassasalari bo’yicha:

Jizzax viloyatida sport inshootlari jami 2864 tani tashkil etadi.

Jumladan, xalq ta’limi boshqarmasi tizimida 2146 ta, jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tizimida 155 ta, o’rta maxsus va kasb-xunar ta’limi tizimida 492 ta, oliy ta’lim muassasalarida 17 ta, boshqa tashkilotlar tizimida 54 ta.

SHundan, sport zallar 512 ta, futbol stadionlar 11 ta, sport maydonchalari 2335 ta, sun’iy qoplamali futbol maydonchalari 54 ta, TIR 2 ta.

Viloyatda jami suzish xavzalari 8 ta. SHundan, 5 tasi yopiq, Jizzax shaxrida 5 ta, Paxtakor tumanida 1 ta, Do’stlik tumanida 1 ta, Zomin tumanida 1 ta. Suzish bo’yicha 26 nafar (6 nafari ayol) murabbiylar 1150 nafar (335 nafari ayol) sportchilarga mashg’ulotlar o’tib kelmoqda.

Viloyatda 5075 ta sport to’garaklarda jami shug’ullanuvchilar 122981 nafar, shundan ayollar 49342 nafarni tashkil etadi.

Ayni paytda viloyatda 13 ta bolalar-o’smirlar sport maktabi, 4 ta ixtisoslashtirilgan bolalar-o’smirlar sport maktabi bo’lib, Jizzax shaxrida 1 ta va tumanlarda 12 ta bolalar-o’smirlar sport maktablari faoliyat ko’rsatmoqda.

Viloyatdagi bolalar-o’smirlar sport maktabilarda sport bilan muntazam shug’ullanuvchilar 17618 nafar, shundan qizlar 7620 nafar.

Jizzax viloyatida bugungi kunda sport tashkilotlarida jami 32 ta sport turi bo’yicha 560 nafar (olimpiya sport turlarida 473 nafar) murabbiy, shundan 125 nafari (olimpiya sport turlari 109 nafar) ayollar faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

SHuningdek, Jizzax shaxrida 1 ta futbol maktab internati va Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji faoliyat yuritadi.

Viloyatdagi 541 ta umumta’lim maktablarida 1170 nafar jismoniy tarbiya o’qituvchilari faoliyat olib boradi.

 

  1. Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi Jizzax viloyat filiali tomonidan amalga oshirilgan ishlar to’g’risida ma’lumot:

Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi tomonidan o’tgan 2003-2016 yillar davomida jami 64,4 mlrd so’mlik mablag’lar xisobiga jami 124 sport inshootlari qurib foydalanishga topshirilgan hamda 5 mlrd 938 mln so’mlik sport anjomlari va jixozlari bilan tahminlangan.

2017 yil viloyatda Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi tomonidan  quyidagi sport inshootlari qurilmoqda.

  1. Jizzax shaxrida “Universal sport majmuasi” summasi 10 mlrd.
  2. Zafarobod tumanida II-TIP Bolalar-o’smirlar sport maktabi summasi 3,8 mlrd.
  3. Zarbdor tumanida 960-o’rinli tribunali stadion Bolalar-o’smirlar sport maktabiga summasi 1,7 mlrd.
  4. Zarbdor tumani Bo’ston qo’rg’oni I-TIP sport majmuasi summasi 1,5 mlrd.
  5. Paxtakor tumanidagi Bolalar-o’smirlar sport maktabini rekonstruktsiyasi summasi 1,3 mlrd.

2018-2021 yilga mo’ljallangan manzilli dasturga ko’ra 2018 yil Zarbdor tumanida suzish xavzasi, Baxmal va Forish tuman bolalar-o’smirlar sport maktablariga  II-TIP, 2019 yil Yangiobod va SH.Rashidov tumaniga suzish xavzasi, Yangiobod va Mirzacho’l tuman bolalar-o’smirlar sport maktablariga II-TIP sport majmuasi qurilishi rejalashtirilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 iyundagi “O’zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3057-sonli qarorining ijrosini tahminlash maqsadida viloyat xokimining 2017 yil 20 iyundagi 341-sonli qarori va 2017 yil 31 iyuldagi 01-1214-sonli 2017-2021 yillarda yilqichilik va ot sportini kompleks rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi “O’zbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio (Yaponiya) shahrida bo’lib o’tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o’yinlariga tayyorlash to’g’risida”gi PQ-2821-sonli qarori ijrosini tahminlash maqsadida, viloyat xokimligining 2017 yil 20 martdagi № 119-sonli qarori bilan sport federatsiyalarga xomiylar biriktirildi.

Bugungi kunga qadar xomiy tashkilotlar tomonidan sport federatsiyalariga   51,3 mln. so’m mablag’ tushgan.

Viloyatda 33 ta sport federatsiyalari bo’lib 21 tasi Olimpiya dasturidan o’rin olgan. Xozirgi kunda O’zbekiston terma jamoasi safiga 201 nafar sportchilarimiz ahzo bo’lib, shundan 87 nafari olimpiya sport turlaridan o’rin olishgan.

2020 yil Tokio (Yaponiya) shahrida bo’lib o’tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o’yinlariga viloyatimizdan qatnashish imkoniyati yuqori bo’lgan 5 ta sport turlari bo’yicha 19 nafar sportchilar tayyorgarlik ko’rishmoqda.

Jizzax shaxrida o’tkazilgan “Barkamol avlod-2017” sport musobaqalarining yakuni to’g’risida MA’LUMOT

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 29 iyundagi “O’quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz respublika sport musobaqalarini o’tkazish to’g’risida”gi 181-son qarori ijrosini tahminlash yuzasidan 25-27 may kunlari Jizzax shaxridagi Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji, “Universal” sport majmuasi, Politexnika oliygoxi va oliygox qoshidagi 1-sonli akademik litsey sport inshootlarida sport musobaqalarining jami 17 turidan yahni basketbol, futbol, voleybol, gandbol, dz-yudo, suzish, stol tennisi, tennis, og’ir atletika, badiiy gimnastika, shaxmat, badminton, taekvondo (VTF), shaxmat, boks, erkin va yunon-rum kurashi turlaridan musobaqalar bo’lib o’tdi.

Sport musobaqalarini o’tkazish uchun zarur bo’ladigan 101 turdagi 1 280 434 000 so’mlik jixozlar bilan tahminlandi. Ushbu jixozlar respublikamizda faoliyat yuritayotgan “Aziya sport-S” xk., OOO. Nano Impuls MCHJ, Stekloplastik MCHJ, OOO. Sof tinchlik diyori, O’zbekiston og’ir  atletika federatsiyasi tashkilotlaridan xarid qilindi.

Jizzax olimpiya zaxiralari kollejini tahmirlash uchun 5,4 mlrd. so’m va viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan tashkiliy ishlarga 10,0 mln. so’m maxalliy byudjet tomonidan ajratildi va maqsadli sarf-xarajat qilindi.

Musobaqalar bayramona va ko’tarinki ruxda o’tkazildi. Musobaqalar natijasi bo’yicha, umumjamoa xisobida birinchi o’rinni 248 ochko bilan Toshkent shaxri, ikkinchi o’rinni 188 ochko bilan Andijon viloyati, uchinchi o’rinni 180 ochko bilan Samarqand viloyati va to’rtinchi o’rinni 172 ochko bilan Jizzax viloyati jamoasi egallashdi.

Viloyatimiz jamoasi Namangan shaxrida o’tkazilgan “Barkamol avlod-2014” sport musobaqalarida umumjamoa xisobida 13-o’rinni egallagan bo’lsa, “Barkamol avlod-2017” sport musobaqalarida jami 65 nafar sportchilarimiz (22 nafar qizlar) va 15 nafar murabbiylar 15 ta sport turidan ishtirok etishib, 7 ta oltin, 15 ta kumush, 24 ta bronza medallarini jamg’arib umumjamoa xisobida 4-o’rinni egallashdi.

Birinchi, ikkinchi va uchinchi o’rinni egallagan jamoalarga “Barkamol avlod-2017” sport musobaqalarining tantanali yopilish marosimida O’zbekiston Respublikasi  Prezidenti sovg’asi Damas avtomabili bilan taqdirlandi.

Olimpiya o’yinlarida g’olib va sovrindor bo’lgan Xasanboy Do’smatov, Baxodir Jalolov, Bektemir Meliqo’ziev, Murodjon Axmadaliev, Ruslan Nuriddinov, Muxammadqodir Abdullaev va Ruslan CHagaevlar taqdirlash marosimlarida ishtirok etdilar.

2017 yil I yarim yili davomida qayd qilingan natijalar (pdf, 293 kb)

2016-yilda Sport borasidagi erishilgan natijalar (zip, 25 Kb)

  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni:

    (4064)

  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing