Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari
2016 yil yanvar-dekabrda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YAHM) hajmi 4 906,8 mlrd. so’mni tashkil etdi va 2015 yilning yanvar-dekabriga nisbatan o’sish sur’ati 109,4 foizga teng bo’ldi.
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko’ra, 2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan yuridik shaxslar soni 11832 tani tashkil qilib, shundan faoliyat ko’rsatayotganlar soni 10693 tasi yoki 90,4 foizi faoliyat ko’rsatmoqda.
2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlarining soni 9 542 tani tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabrda yalpi hududiy mahsulotning 80,3 foizi (2015 yil yanvar-dekabrda 80,1 foiz) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
2016 yilning yanvar-dekabrida tashqi savdo aylanmasi 210 678,2 ming. AQSH dollarini, jumladan 135 235,8 ming. AQSH dollarini – eksport operatsiyalari, 75 442,4 ming. AQSH dollarini – import operatsiyalari tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 59 793,4 ming. AQSH dollarini tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabrda sanoat mahsuloti hajmi 1 938,1 mlrd.so’mni yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 117,8 foizni tashkil etdi.
2016 yilning yanvar-dekabrida ishlab chikarilgan (ko’rsatilgan xizmatlar) umumiy hajmi 2 412,0 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning shu davriga nisbatan 106,3 foizni, shu jumladan, Dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va bu sohalarda ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 2 340,1 mlrd. so’mni, o’rmonchilik xo’jaliklarida 5,5 mlrd. so’mni (101,4 foiz), baliqchilik xo’jaliklarida 32,4 mlrd. so’mni (101,8 foiz) tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo’jaliklar tomonidan 420 512 tonna sabzavot (111,3 foizga ko’p), kartoshka 68 149 tonna (111,2 foizga ko’p), poliz 299 675 tonna (112,6) mevalar va rezavorlar 98 899 tonna (110,8 foiz) yetishtirildi.
2017 yilning 1 yanvar holatiga o’tgan yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar 105,1 foizga (jami 867,1 ming boshni tashkil qildi), shu jumladan sigirlar 100,5 foizga (235,7 ming bosh), qo’y va echkilar 105,5 foizga (1 823,1 ming bosh), otlar 101,3 foizga (22,3 bosh), parrandalar 110,3 foizga (2 641,6 ming. boshga) ko’paydi.
Fermer xo’jaliklari. 2016 yilning yanvar-dekabrida fermer xo’jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 798,6 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning tegishli davriga nisbatan 102,3 foizni tashkil qildi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari umumiy hajmida fermer xo’jaliklarining ulushi 33,1 foizni tashkil etdi.
2016 yil yanvar-dekabrda viloyatning asosiy kapitalini ko’paytirishga 1 252,7 mlrd. so’m miqdorida investitsiyalar kiritildi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 110,2 foizni tashkil qildi.
Qurilish: 22016 yil yanvar-dekabrda umumiy maydoni 638,3 ming kv.m. bo’lgan 4 037 ta (2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan 109,4 foiz), shu jumladan qishloq joylarida 431,2 ming kv.m. (104,0 foiz) uy-joy foydalanishga topshirildi. Noishlab chiqarish sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmidan 633,9 mlrd. so’mi yoki 72,5 foizi uy-joy qurilishida o’zlashtirildi.
Qurilish: Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, musiqa va san’at maktablari qurish, qayta ta’mirlash hamda kasb-hunar kollejlariga va umumta’lim maktablariga sport inshoatlari qurilishida 58,3 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 9,2 foizini va ta’lim sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,9 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Sog’liqni saqlash ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya ishlarida 37,6 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 5,9 foizini va sog’liqni saqlash sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,0 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Kommunal qurilish sohasida 347,5 km. uzunlikdagi ichimlik suvi, 43,0 km. uzunlikdagi gaz tarmoqlari ishga tushirildi, bu 2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan mos ravishda 119,7 va 89,0 foizni tashkil qildi.
Qurilish: Ichimlik suvi tarmoqlari qurilishiga aholi mablag’lari hisobiga 1,9 mlrd. so’m, gaz tarmoqlari qurilishiga esa 0,7 mlrd. so’m investitsiyalar o’zlashtirildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-dekabrda 912,7 mlrd. so’mlik qurilish ishlari bajarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 111,8 foizni tashkil etdi.
Qurilish: Qurilish ishlari umumiy hajmining 68,2 foizi binolar va inshootlarni qurish bo’yicha qurilish ishlari, 23,1 foizi fuqarolik qurilishi ob’yektlarini qurish bo’yicha qurilish ishlari va 8,7 foizi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlariga to’g’ri keldi. SHu jumladan umumiy hajmdan 79,3 foizi yangi qurilish, rekonstruksiya va kengaytirish hamda texnik jihatdan qayta jihozlashga to’g’ri keladi.
Qurilish: Nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 840,6 mlrd. so’mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 92,1 foizni (2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan o’sish sur’ati 113,3 foizni) tashkil qildi.
Yuk tashish: 2016 yil 1 yanvar holatiga barcha transport turlari tomonidan, 35,5 mln. tonna yuk tashilgan bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 foizga ko’paydi.

Viloyat hokimligining tarkibiy tuzilmasi

Struktura

Lotin

Viloyat hokimining 2016 yil 25 dekabrdagi 457-sonli qarori

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi PQ-2691-sonli qarori to’g’risida

Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish, tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish va mustahkamlash, hududlarni kompleks rivojlantirishni ta’minlash, ijtimoiy soha rivojini yanada rag’batlantirish, ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish, hududlarning tabiiy-xomashyo, yer-suv, ishlab chiqarish va mehnat salohiyatidan oqilona foydalanish, aholi bilan muloqot qilish, ularning manfaatlarini himoya qilish uchun ehtiyoj va talablarini o’rganish asosida turmush darajasi va sifatini izchil oshirib borish, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishni samarali tashkil qilish hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi PQ-2691-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida qaror qilaman:

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi PQ-2691-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
  2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan viloyat, shahar va tumanlar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari hamda yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari lavozimlari joriy etilganligi va viloyat, shahar va tumanlar hokimliklarida hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari bo’yicha tarkibiy tuzilmalari tugatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  3. Viloyat, Jizzax shahri va tumanlar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosarlariga quyidagi asosiy vazifalarni ta’minlashda shaxsiy mas’uliyat belgilansin:

O’zbekiston Respublikasi Qonunlarida hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan hujjatlarda belgilanadigan iqtisodiy, ijtimoiy va tadbirkorlik sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq hududni kompleks rivojlantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish. Respublika miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlarni ijrosini ta’minlash;

viloyat, shahar va tumanlarning makroiqtisodiy ko’rsatkichlarini, shu jumladan, yalpi hududiy mahsulot, sanoat, investitsiya, xizmat ko’rsatish, chakana savdo aylanmasi, eksport, inflyatsiya, bandlik, mahalliy byudjetning har yilgi prognoz parametrlarini asoslangan holda ishlab chiqish va uni samarali ijrosini tashkil qilish, debitor-kreditor qarzdorliklarni yuzaga kelishini oldini olish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish va qarzdorlikni bartaraf qilishning samarali usullarini joriy etish;

iqtisodiyot masalalari bo’yicha tegishli vazirlik, idoralar, qo’mitalar, tijorat banklarining hududiy tuzilmalari ish faoliyatini muvofiklashtirish, aholini tadbirkor qilish maqsadida ular bilan tijorat banklari o’rtasida mulokot o’rnatish uchun har bir xonadonga kompleks bank va moliyaviy xizmatlarni taklif qilish orqali imtiyozli kreditlash dasturlarini ishlab chiqish va so’zsiz amalga oshirish;

tarmoq va hududiy boshqaruv organlari uzviy hamkorligini yo’lga qo’yish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, bazaviy tarmoqlarini uzviy rivojlanishi, bunda tuman, shahar va viloyat kesimida ishlab chiqarish va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, tarkibiy o’zgartirish va diversifikatsiyalashni amalga oshirish, investitsiyalarni, shu jumladan to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni moliyaviy mablag’ hamda zamonaviy texnologiyalar shaklida jalb qilish;

iqtisodiy  islohotlarni chukurlashtirish, hudud iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini kompleks rivojlantirishning asosiy dasturlarini, shu jumladan, sanoat, investitsiya, mahalliylashtirish, qishloq xo’jaligini barcha sohasini, ayniqsa paxta tolasini va mevasabzavotni qayta ishlash, xizmatlar sohasini rivojlantirish kabi maqsadli dasturlarni kafolatlangan moliyaviy manbaalarini aniqlagan holda tuman, shahar va viloyatning mahalliy byudjeti parametrlari bilan uzviy tarzda ishlab chiqish va so’zsiz amalga oshirishni ta’minlash;

kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo’llab- quvvatlash, ularning huquqlarini himoya qilish va erkinliklarining kafolatlarini ta’minlash, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi korxonalar, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida korxonalarni tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, yangi ish o’rinlarini yaratish va aholining turli qatlamlari bandligi masalalarini hal etish orqali mahalliy byudjetning daromad bazasini kengaytirish, respublika va mahalliy byudjetga tushumlar hajmini oshirish hisobiga mahalliy byudjet subventsiyasi hajmini bosqichma-bosqich qisqartirish va bartaraf etish;

qishloq xo’jaligi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash, bu sohani industriyalashgan tarmoqka aylantirish maqsadida qishloq xo’jaligining barcha turdagi mahsulotlarini kayta ishlash va eksport qilishni keskin kengaytirish uchun maxsus dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, hududiy sanoat mahsulotlarini eksport qilish dasturlarini ishlab chiqish, dunyodagi narx konhyukturasini o’rganib tahlil qilib borish va yangi turdagi mahsulotlarni o’zlashtirish hamda ularni yangi bozorlarda eksport qilishini ta’minlash bo’yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

inson manfaatlarini ta’minlash, ayniqsa aholining qishloq joylarda hayot darajasini va sifatini oshirish, yanada farovon hayot kechirishi uchun pensiya va nafaqalar, real daromadlarini barqaror oshirish manbaalarini yaratish, zamonaviy bank va moliya infratuzilmasini yaratish hisobiga naqd pul to’lovlarini o’z vaqtida amalga oshirishni yangi mexanizmi va tizimini joriy qilish;

Viloyat, Jizzax shahri va tumanlar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosarining quyidagi asosiy vazifalarni ta’minlashda shaxsiy mas’uliyati belgilansin:

Yoshlar siyosati sohasida:

yoshlar, ya’ni o’ttiz yoshdan oshmagan shaxslar, xususan, ta’lim bilan qamrab olingan yoshlar, uyushmagan yoshlar, yosh mutaxassislar, tadbirkor yoshlar, yosh fermerlar, yosh oilalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

umumta’lim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini kasbga yo’naltirish va ularni keyinchalik o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimida o’qish bilan to’liq qamrab olish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etish;

akademik lipeylar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, jumladan, ularni hududlar kesimida optimal joylashtirish, istehdodli yoshlarni qamrab olish, o’quv jarayoni sifatini oshirish;

oliy ta’lim yo’nalishlari va oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash ko’rsatkichlarining hududlar bo’yicha optimal taqsimoti yuzasidan asoslangan takliflar ishlab chiqish, bitiruvchilarni chuqur professional bilimlarga ega bo’lishlariga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o’quv jarayoni sifatini, o’quvchi- talabalarning davomatini ta’minlash yuzasidan aniq choralarni ko’rish va nazorat qilish, bu borada ta’lim muassasasi, mahalla, nodavlat va notijorat tashkilotlari, profilaktika inspektorlari va ota-onalarni o’zaro hamkorlikdagi ishlarini muvofiqlashtirish;

aholi, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish. milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini keng targ’ib qilish, “ommaviy madaniyat”ning ko’rinishlariga qarshi ma’naviy profilaktika ishlariga rahbarlik qilish;

ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillariga, kompg’yuter texnologiyalari va internet-resurslaridan foydalanishning ilg’or ko’nikmalariga o’rgatish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar bajarilishini nazorat qilish;

yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo’yicha ularning mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda aniq va manzilli chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqish, turli to’garaklarga, shu jumladan, bolalar musiqa va sanhat, bolalar va o’smirlar sport maktablariga qamrab olish ishlarini tizimli tashkil etish;

yoshlarni yuksak ahloqiy tarbiyalash, ularni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish va jamiyatda yuksak ma’naviyatini qaror toptirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish;

yoshlarni mustakil hayotga tayyorlash, aholining ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar tarbiyasi masalasida jamoatchilik nazoratini tashkil etish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasidagi vazifalarni samarali bajarishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

ota-onalarning pedagogik madaniyatini yuksaltirishga, barkamol avlod tarbiyasida “oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorlik kontseptsiyasini amalga oshirishga rahbarlik qilish;

uyushmagan yoshlarning manfaatlarini ro’yobga chiqarishda ishtirok etuvchi davlat organlari, muassasalar va nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ustuvor yo’nalishlarni belgilash;

uyushmagan yoshlarning muammolarini aniqlash va hal qilish uchun ularning ehtiyojini aniqlash bo’yicha monitoring olib borish va baholash, kasbga o’rgatish, ishga joylashtirish, jumladan, kichik va o’rta biznes va oilaviy tadbirkorlikka keng jalb etish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;

yosh mutaxassislarni ishga joylashtirishning tizimli monitoringini tashkil etish, mehnat bozorida ularning raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan maxsus dasturlarni ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish, yosh kadrlarni tayyorlash, kayta tayyorlash va malakasini oshirish bo’yicha ishlarni amalga oshirish;

yoshlar tadbirkorligi hamda yosh fermerlar faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yoshlar tadbirkorligini tashkil etishda ko’maklashish, imtiyozli kreditlar berish, joy ajratish, moddiy va texnik vositalar bilan tahminlanishiga doir dasturlarni ishlab chiqish va ro’yobga chiqarish;

yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni tashkil etish bo’yicha chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish, kam tahminlangan yosh oilalarga qonun hujjatlarida belgilangai tartibda moddiy yordam berish choralariii ko’rish.

Ijtimoiy rivojlantirish sohasida:

aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish darajasi va sifatini oshirish, hayot va mehnat faoliyati, malakali tibbiy yordam olish, madaniy meroslardan bahramand bo’lish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish, dam olishini tashkil etish uchun qulay tashkiliy-huquqiy va ijtimoiy shart-sharoitlarni yaratish hamda sifat jihatdan yangi darajaga ko’tarish bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;

aholining ijtimoiy extiyoj va talablarini o’rganish asosida hududlarda ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va ijrosini monitoring qilish;

sog’likni saqlash tizimini isloh qilish, aholiga yukori malakali tibbiy yordamni ko’rsatish, sog’likni saqlash muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash va kadrlar salohiyatini oshirish borasida tizimli ishlarni amalga oshirish;

qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarning ish samaradorligini oshirish, har bir inson va butun oila darajasida eng ko’p uchraydigan kasalliklar profilaktikasi va davolash jarayonini tashkil etish, oilalarni patronaj tizimi bilan to’lik qamrab olish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish, sog’lom turmush tarzini, shu jumladan sog’lom ovqatlanishni targ’ib qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar, bolalar va o’smirlar sog’ligini muhofaza qilish, tug’ma va irsiy kasalliklarni oldini olish, rivojlanish nuqsoni bo’lgan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish sifatini oshirish, ularning jamiyat hayotida to’laqonli qatnashishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

aholiga tashhis qo’yishning zamonaviy usullarini joriy etish va yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko’lamini yanada kengaytirish. Jahon standartlari darajasidagi eng samarali, murakkab va yuqori texnologiyali usullarga bo’lgan aholi ehtiyojini qondirishga yo’naltirilgan tadbirlar ijrosini ta’minlash;

aholini dori vositalari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan tahminot darajasini oshirish, mahalliy farmatsevtika sanoatiga investitsiyalar kiritish uchun chet el yetakchi kompaniyalari va investorlarini jalb qilish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish;

sport sohasida olib borilayotgan ishlar ko’lamini yanada kengaytirish, sportni ommaviyligini oshirish, qizlar o’rtasida sportni rivojlantirish, barcha hududlar, ayniksa eng chekka qishloqlarda xalqaro talablarga javob beradigan moddiy-texnik bazaga ega zamonaviy sport inshootlarini barpo etish;

aholining turmush madaniyatini, hayot sifatini oshirishga qaratilgan ta’lim, dam olish va hordiq chiqarish, bandlik, maishiy xizmatlar ko’rsatish, madaniyat, sanhat va sport sohalari muassasalaridan foydalanish ko’lamini kengaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

mahalla fuqarolar yig’inlari, xotin-qizlar, nuroniylar, yoshlar tashkilotlari, fuqarolik jamiyatlari institutlari, ommaviy axborot vositalarining tinch osoyishta hayotimizni asrash va mustahkamlashga qaratilgan vazifalar ijrosini muvofiklashtirish.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida:

aholi o’rtasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari, keng ko’lamli islohotlarning moxiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlari ahamiyatining targ’ibot va tashviqotini tashkil qilish;

aholining ma’naviy muammo va ehtiyojlarini o’rganib borish asosida hududda ma’naviy muhit sog’lomligini ta’minlash, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatg’iy nazar barcha tashkilotlarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini muvofiqlashtirish va rahbarlik qilish;

aholining ma’naviy-axlokiy, diniy-ma’rifiy, madaniy saviyasini oshirish va uning doimiy ravishda o’sib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini ta’minlash, ma’naviy-ma’rifiy merosni, urf-odat va qadriyatlarni saqlash, targ’ib qilish ishlariga rahbarlik qilish;

hududda sog’lom turmush tarzi, millatlararo totuvlik, o’zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga qaratilgan ommaviy tadbirlarni tayyorlash va tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirish, tadbirlarning maqsadli, rejali, tartibli tashkil etish va tarbiyaviy samaradorlishni ta’minlash chora-tadbirlarini ko’rish;

hududda jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, odamlarni hushyorlik va ogohlikka dahvat etish, yoshlarda yot g’oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonunga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishga qaratilgan samarali targ’ibot tizimini yo’lga qo’yish;

aholi orasida diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” tahdidlaridan ogoh qilishga qaratilgan profilaktik ma’rifiy, tarbiyaviy chora-tadbirlarga rahbarlik qilish;

aholi orasida mehr-oqibat, mehr-shafqat, muruvvat va himmat, insofu diyonat, vijdoniylik, ahillik va totuvlik, fidoyilik, vatanparvarlik, olijanoblik va boshqa fazilatlarni targ’ib qilish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirishda mahalla institutining o’rni va rolini oshirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish;

mamlakatda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha siyosatning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, hududda tashkil etiladigan chora-tadbirlar mazmuni, samaradorligini tahlil qilish, sohalarning tizimli faoliyatini tashkil qilish.

  1. Quyidagilar:

viloyat hokimligi, Jizzax shahri va tumanlar hokimliklari  boshqaruv apparatining yangilangan tuzilmalari 1-, 2-, 3-, 4-, 5-, 6-, 7-ilovalarga muvofiq;

Mahalliy ijroiya hokimiyati  organlari boshqaruv xodimlarining cheklangan soni  8-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

  1. Viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari ikki tomonlama – viloyat hokimi hamda O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari – Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o’zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish kompleksining rahbari bo’ysunuvida bo’ladi;

viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari ikki tomonlama – viloyat hokimlari hamda O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti, Ta’lim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamenti, O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari – Sog’likni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza kilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksining rahbari bo’ysunuvida bo’ladi.

  1. Viloyat moliya boshqarmasi viloyat hokimligi bilan birgalikda o’n kun muddatda viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparati xodimlarining shtatlar jadvallarini ushbu qarorga muvofiq qayta ko’rib chiksin.
  2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Hududiy davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish to’g’risida” 2016 yil 24 fevraldagi PQ-2497-son qarori asosida qabul qilingan viloyat hokimining 2016 yil 27 fevralda qabul qilingan 99-sonli qarori o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.
  3. Mazkur karorning ijrosini nazorat kilish viloyat hokimining o’rinbosari U.Mustafoev zimmasiga yuklansin.

 

Viloyat hokimi                                                       U.Uzakov

 

Yuklab olish uchun havola (.pdf, 151 kb)

 
  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni: (3094)
  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing