Gerb Bayroq Madhiya Muhim sanalar Davlat mukofotlari
2016 yil yanvar-dekabrda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YAHM) hajmi 4 906,8 mlrd. so’mni tashkil etdi va 2015 yilning yanvar-dekabriga nisbatan o’sish sur’ati 109,4 foizga teng bo’ldi.
Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registri ma’lumotlariga ko’ra, 2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan yuridik shaxslar soni 11832 tani tashkil qilib, shundan faoliyat ko’rsatayotganlar soni 10693 tasi yoki 90,4 foizi faoliyat ko’rsatmoqda.
2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlarining soni 9 542 tani tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabrda yalpi hududiy mahsulotning 80,3 foizi (2015 yil yanvar-dekabrda 80,1 foiz) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
2016 yilning yanvar-dekabrida tashqi savdo aylanmasi 210 678,2 ming. AQSH dollarini, jumladan 135 235,8 ming. AQSH dollarini – eksport operatsiyalari, 75 442,4 ming. AQSH dollarini – import operatsiyalari tashkil etdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 59 793,4 ming. AQSH dollarini tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabrda sanoat mahsuloti hajmi 1 938,1 mlrd.so’mni yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 117,8 foizni tashkil etdi.
2016 yilning yanvar-dekabrida ishlab chikarilgan (ko’rsatilgan xizmatlar) umumiy hajmi 2 412,0 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning shu davriga nisbatan 106,3 foizni, shu jumladan, Dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va bu sohalarda ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 2 340,1 mlrd. so’mni, o’rmonchilik xo’jaliklarida 5,5 mlrd. so’mni (101,4 foiz), baliqchilik xo’jaliklarida 32,4 mlrd. so’mni (101,8 foiz) tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo’jaliklar tomonidan 420 512 tonna sabzavot (111,3 foizga ko’p), kartoshka 68 149 tonna (111,2 foizga ko’p), poliz 299 675 tonna (112,6) mevalar va rezavorlar 98 899 tonna (110,8 foiz) yetishtirildi.
2017 yilning 1 yanvar holatiga o’tgan yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar 105,1 foizga (jami 867,1 ming boshni tashkil qildi), shu jumladan sigirlar 100,5 foizga (235,7 ming bosh), qo’y va echkilar 105,5 foizga (1 823,1 ming bosh), otlar 101,3 foizga (22,3 bosh), parrandalar 110,3 foizga (2 641,6 ming. boshga) ko’paydi.
Fermer xo’jaliklari. 2016 yilning yanvar-dekabrida fermer xo’jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi 798,6 mlrd. so’mni yoki 2015 yilning tegishli davriga nisbatan 102,3 foizni tashkil qildi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari umumiy hajmida fermer xo’jaliklarining ulushi 33,1 foizni tashkil etdi.
2016 yil yanvar-dekabrda viloyatning asosiy kapitalini ko’paytirishga 1 252,7 mlrd. so’m miqdorida investitsiyalar kiritildi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 110,2 foizni tashkil qildi.
Qurilish: 22016 yil yanvar-dekabrda umumiy maydoni 638,3 ming kv.m. bo’lgan 4 037 ta (2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan 109,4 foiz), shu jumladan qishloq joylarida 431,2 ming kv.m. (104,0 foiz) uy-joy foydalanishga topshirildi. Noishlab chiqarish sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmidan 633,9 mlrd. so’mi yoki 72,5 foizi uy-joy qurilishida o’zlashtirildi.
Qurilish: Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, musiqa va san’at maktablari qurish, qayta ta’mirlash hamda kasb-hunar kollejlariga va umumta’lim maktablariga sport inshoatlari qurilishida 58,3 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 9,2 foizini va ta’lim sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,9 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Sog’liqni saqlash ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya ishlarida 37,6 mlrd. so’mlik investitsiyalar o’zlashtirildi, bu noishlab chiqarish sohasiga yo’naltirilgan investitsiyalarning 5,9 foizini va sog’liqni saqlash sohasiga kiritilgan investitsiyalarning 3,0 foizini tashkil qildi.
Qurilish: Kommunal qurilish sohasida 347,5 km. uzunlikdagi ichimlik suvi, 43,0 km. uzunlikdagi gaz tarmoqlari ishga tushirildi, bu 2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan mos ravishda 119,7 va 89,0 foizni tashkil qildi.
Qurilish: Ichimlik suvi tarmoqlari qurilishiga aholi mablag’lari hisobiga 1,9 mlrd. so’m, gaz tarmoqlari qurilishiga esa 0,7 mlrd. so’m investitsiyalar o’zlashtirildi.
Qurilish: 2016 yil yanvar-dekabrda 912,7 mlrd. so’mlik qurilish ishlari bajarilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’ati 111,8 foizni tashkil etdi.
Qurilish: Qurilish ishlari umumiy hajmining 68,2 foizi binolar va inshootlarni qurish bo’yicha qurilish ishlari, 23,1 foizi fuqarolik qurilishi ob’yektlarini qurish bo’yicha qurilish ishlari va 8,7 foizi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlariga to’g’ri keldi. SHu jumladan umumiy hajmdan 79,3 foizi yangi qurilish, rekonstruksiya va kengaytirish hamda texnik jihatdan qayta jihozlashga to’g’ri keladi.
Qurilish: Nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 840,6 mlrd. so’mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 92,1 foizni (2015 yil yanvar-dekabrga nisbatan o’sish sur’ati 113,3 foizni) tashkil qildi.
Yuk tashish: 2016 yil 1 yanvar holatiga barcha transport turlari tomonidan, 35,5 mln. tonna yuk tashilgan bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 foizga ko’paydi.

Xalqaro hamkorlik

Jizzax viloyatida «INVESTITSION FAOLIYAT» doirasida olib borilayotgan ishlar

Siyosiy va iqtisodiy barqarorlik

O’zbekiston – bu, birinchi o’rinda siyosiy barqarorlik, bu ertangi kunga ishonch va siyosiy, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida baqadam islohotdir. Bu shunday mamlakatki unda 100 dan ortiq millat va 10 dan ortiq din vakillari tinchlik va yakdillikda yashashadi.

Mustaqillikning birinchi yillaridan O’zbekiston jumladan, Jizzax viloyati xam o’z rivojlanish yo’lini tanladi, O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan mamlakatimizning mustaqillikga erishgan ilk bosqichida ishlab chiqilgan, 5 ta asosiy tamoyilga suyanuvchi, ijtimoiy-bozor iqtisodiyotiga yo’naltirilgan “O’zbek modeli” ishlab chiqilidi; bu tamoyillar- iqtisodning siyosatdan ustunligi; davlat bosh islohotchi; qonun ustuvorligi; bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish; kuchli ijtimoiy himoyadir.

Bu modellarning muvaffaqiyatli joriy qilinishi bugungi kunda Jizzaxda:

  • makroiqtisodning mustahkam, tashqi va ichki iqtisod sektorini tenglashtirish, valyuta yig’ilishining o’sish;
  • yillik iqtisodiy o’sish uchun qulay sharoitlar yaratib berish yil davomida o’rtacha, 8% asosan ichki faktor xisobidan;
  • investitsiyalarni amalda qo’llab, yangi mahsulotlar ko’rinishlarini o’zlashtirayotgan eksportyor-korxonlar, kichik biznes sub’ektlari va korxonalarga davlat tomonidan qo’shimcha imkoniyatlar yaratgan holda birgalikdagi soliqqa tortishni 3 marta kamaytirish;
  • Bazel prinsiplari bank nazoratiga amal qilgan holda mustahkam bank-moliya tizimini yaratish. Asosan, bank kapitali yetarliligi darajasi 23%dan ko’proq, bu xalqaro standartlardan 3 marta yuqoriroq;
  • Faol sarmoyaviy siyosat, texnik modernizasiya sohasi sanoati va infrastruktura ishlab chiqarishi xisobidan yangi yuqori texnologik sohani rivojlantirish kabi imkoniyatlarini yaratib berdi.

Qabul qilingan inqiroz bilan kurashish va uni bartaraf qilish natijalari strategiyasi O’zbekistonga ko’p mamlakatlar qatorida o’tayotgan vaqt mobaynida mustahkam iqtisodiy rivojlanish darajasini ko’tarishiga yordam berdi. 4 yil ichida YIM o’sish darajasi -8.0% tashkil etdi.

Oxirgi yillar mobaynida mamlakatda Davlat byudjetidan mustahkam profesit ta’minlanib turilmoqda.

Qulay sarmoyaviy muhit va soliq siyosati

Mustaqillik yillarida Jizzax viloyatida xalqaro sarmoyadorlar uchun keng huquqiy kafolatlar va imtiyozlar yaratib berildi, xalqaro investitsiyalar bilan faoliyat yuritayotgan korxonalarning faoliyatini qo’llab quvvatlash borasida bir qancha tizmlar ishlab chiqilgan.

Hukumat xorijiy investorlarning O’zbekiston Respublikasi hududdida olib borayogan sarmoyaviy faoliyatlarini huquqiy himoya qiladilar va kafolatlaydilar. Agar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan sarmoyalashtirish shartlari yomonlashib borsa, xorijiy investorlarga investitsiyalashtirish davridan boshlab 10 yil davomida sarmoyalashtirish kunidan muomalaga kiritiluvchi qonun amalda bo’ladi.

Bundan tashqari, ayrim hollarda xorijiy sarmoyadorlar uchun respublikaning mustahkam iqtisodiy o’sishini ta’minlovchi, kichik tabirkorlik sohasidagi loyihalarda qo’shimcha kafolatlar va sarmoyalashtirish borasidagi istiqbolli sohalar va loyihalarda himoyalash choralari ko’rib chiqiladi.

2001 yil 1 oktyabrdan viloyatimizda “yagona darcha” prinsipi asosida yuridik shaxslarni ro’yhatdan o’tkazishning eng oddiy tizimi o’rnatilgan. Boshqa so’z bilan aytganda yangitdan tashkil etiladigan korxonalar barcha kelishuvlari bitta bosqich doirasida, 3 ish kuni ichida ko’rib chiqiladi.

Oxirgi yillarda yuridik shaxslar kabi jismoniy shaxslarga ham soliq solishning sezilarli kamayishi kuzatilmoqda. Asosan, 1992 yildan jismoniy shaxslarga solinadigan soliq 5 martagacha kamaytirildi va xozirgi kunda 8% ni tashkil qiladi.

Qulay soliq imtiyozlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan viloyatimizdagi Jizzax Erkin industrial iqtisodiy zonalarda o’zining ishlab chiqaruvchilik faoliyatini olib boruvchi korxonalar va ularning ishtirokchilari sifatida ro’yhatdan o’tganlar uchun yaratilgan va respublikamiz hududida mavjud bo’lgan barcha amaldagi soliq va bojxona to’lovlaridan ozod qilinganlar bu esa o’z o’rnida viloyatdagi Jizzax Erkin iqtisodiy zonani butun dunyodagi eng e’tiborli va liberal zonalar qatorida bo’lishini ta’minlaydi.

Hukumat tomonidan investitsion iqlim borasida ko’rilgan chora-tadbirlar viloyatmizning jalb qiluvchi iqtisodiga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy sarmoyalarning hajmini ma’lum darajada oshirdi.

Boy mineral-xom-ashyo bazasi va energetika mustaqilligi

Jizzax — bu oltin, mis, kumush, volfram, noyob metallar, tabiiy gaz, ko’mir va boshqa qazilma zahiralarga to’la hududlardan biridir.

Xom- ashyo tashishga va materialga bo’lgan sarf-xarajatni sezilarli kamayishi orqali keng xom-ashyo nomenklaturasiga bo’lgan imkoniyat maksimal darajada o’zining ishlab chiqarayotgan mahsulotining tan narxini oqlaydi, yuqori qo’shilgan qiymati va 50% dan yuqori lokalizasiya darajasi bilan ishlab chiqarilgan mahsulotning chuqur qayta ishlanishini imkoniyatini beradi.

Juda ko’plab rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar duch kelayotgan energiya ochligi sharoitida, yurtimizning unchalik ko’p bo’lmagan mamlakatlar qatorida iqtisodiyoti energiya mustaqilligini xarakterlaydigan davlatlardan biri ekanligi O’zbekistonning eng muhim ustunlik jihatlaridandir.

Qo’shimcha imkoniyatlar alternativ energiya manbalariga cheklanmagan potensial yaratadi, quyosh, shamol, qayta ishlangan qattiq maishiy chiqindilardan olinadigan energiyalar shular jumlasidan.

Foydali geografik joylashuv

Jizzax – bu, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratuvchi, mintaqaviy va transmilliy loyihalarda transport koridorlarini rivojlantirishda ishtirok etuvchi mamlakatimizning chorrahasidir.

O’zbekistonning Yevroosiyo multimodal kommunikatsiya tizimiga birlashishi transport infratuzilmasini rivojlanganligi va savdo bozoriga juda yaqinligi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy istiqbollarini oldindan belgilab beradi. Xorijiy kompaniyalar O’zbekistonga o’z sarmoyalarini kirita turib 5 ta katta va doimiy o’sayotgan bozorga chiqish imkoniyatiga ega bo’ladilar- bu 300 milliondan ortiq odamli bozori mavjud MDH, Markaziy va Sharqiy Evropa, Janubiy-Shimoli-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq davlatlaridir.

Yuqorida sanab o’tilgan mintaqalarning barcha savdo marshurutlar kesishgan joyida Respublikamizning qulay geografik joylashganligi, rivojlangan multimodal tarmog’i, Markaziy Osiyodan ancha uzoqda joylashgan bozorlardan ayniqsa, Yaqin Sharqning sharqiy qismi, Hindistonning shimoliy qismi va Xitoyning g’arbiy qismlaridan yuklarni vaqtni tejagan holda o’z vaqtida, kechiktirmay yetkazishda O’zbekiston alohida o’rin egallaydi va bu mamlakatlar orasida yurtimizning raqobatbardoshligini naqadar ustun ekanligini yana bir bor isbotlaydi.

Bugun O’zbekiston Respublikasida tranzit potensialini oshirish va kelajakda uni rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilib berilmoqda. Mamlakatimiz ichida yangi temir yo’llar va avtomobil magistrallari qurish ishlari amalga oshirilmoqda, asosiy tranzit temir yo’llar liniyasi va xalqaro miqyosdagi avto yo’llar qayta ta’mirlanmoqda, xalqaro aeroportlar modernizatsiya qilinmoqda, maxsus xalqaro transport terminallari yaratilmoqda shuningdek, kerak bo’lgan huquqiy-normativ baza ishlab chiqlmoqda.

45 ta mamlakat bilan shu jumladan, Yaponiya, Xitoy, Korea, AQSh, Yevro Ittifoqi mamlakatlari va Erkin Savdo Zonalari, MDH davlatlari o’rtasida o’rnatilgan o’zaro qulaylik rejimi yaratish borasidagi Kelishuv tashqi bozorda, O’zbekiston tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini ma’lum ma’noda oshiradi.

Xodimlar va intellektual salohiyat

Aholining 100% savodxonligi, kadrlarning muhum intelektual potensiali, xalqaro standartlarga javob beruvchi ta’lim tizimi, kadrlar tayyorlash milliy dasturining takrorlanmas mazmun-mohiyati uzluksiz ta’lim tizimini yo’qlaydi va umumiy ta’lim hamda professional tayyorgarlikni doimiy chuqurlashtirilishi va yangilanishini talab qiladi.

Maxsus iqtisodiy zonalar

“Jizzax” Erkin iqtisodiy zonasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 18 martdagi  №PF-4516 sonli farmoniga binoan yaratilgan. “Jizzax” EIZ xorijiy investorlar uchun bizneslarini olib kirishlariga va raqobatbardoshlikda ustunlik imkoniyatlarini yaratib beradi.

“Jizzax” EIZ Jizzax viloyatining Jizzax tumanida joylashgan bo’lib Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida ham filiali mavjud.
“Jizzax” EIZning yaratilishidan asosiy maqsad, Jizzax va Sirdaryo tumanlarida ishlab chiqarish va resurs istiqbollaridan to’liq va samarali foydalanish u yerga zamonaviy yuqori texnologiyali sanoat mahsulotlari, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqishda xorijiy va vatanimiz sarmoyadorlarining sarmoyalarini jalb qilish uchun qulay sharoit yaratish, ushbu ish asosida yangi bo’sh ishchi o’rinlari yaratish va aholi daromadini ma’lum ma’noda oshirishda iboratdir.
“Jizzax” EIZ 30 yil ish olib borishga mo’ljallangan, undan uzoqroq muddat ham faoliyatini cho’zdirish extimoldan holi emas, ushbu zonaning faoliyati davomida bir qancha o’ziga xos soliq rejimi va bojhona imtirozlari amalda bo’ladi.
“Jizzax” EIZ ishtirokchilari foydadan olinadigan, yuqidik shaxslarning mol-mulk solig’i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va obodonchilik solig’i, yagona soliq to’lovi(kichik korxonalar uchun), majburiy Respublika yo’l fondi uchun to’lov shuningdek, respublikamizda ishlab chiqarilmagan mahsulot va materiallarni qadoqlovchi uskunalarga to’lanadigan bojxona soliqlarida ozod qilinadilar, bu to’lovlarda ozod qilish sarmoyadorlar tikkan pularidan kelib chiqqan holda ma’lum muddat davomida beriladi.
– 300 ming AQSh dollardan toki 30 million AQSh dollarigacha- 3 yil muddatga;
– 3 million AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha – 5 yil muddatga;
– 10 million AQSh dollaridan yuqori bo’lsa – 7 yil muddatga;
Shu bilan birgalikda “Jizzax” EIZ ishtirokchilari ishlab chiqarish maydonchalariga o’tkazilgan kafolatlangan injenerlik kommunikatsiyalariga ulanadilar.
“Jizzax” EIZ ishtirokchilarining statusi “Jizzax” EIZ adminstrativ maslahat qarori bilan beriladi.
“Jizzax” EIZ uchun sarmoyviy loyihalar tanlash va ishtirokchilarni ro’yhatdan o’tkazish Vazirlar Mahkamasining 2013 yild 15 mayda tasdiqlangan №130 Nizomi asosida amalga oshiriladi.

Eksport qiluvchi korxonalar uchun imtiyozlar

O’zbekiston Respublikasi Qonunchiligiga muvofiq eksport qiluvchi korxonalarga quyidagi soliq imtiyozlar va afzalliklar taqdim etiladi:

  • qo’shimcha qiymat solig’iga;
  • aksiz solig’iga;
  • foyda solig’iga;
  • mulk solig’iga

Qo’shimcha qiymat solig’iga bo’lgan imtiyozlar

O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 212-moddasiga asosan tovarlarni chet el valyutasida eksportga realizatsiya qilish (qimmatbaho metallar bundan mustasno) oborotiga nolg’ darajali stavka bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i solinadi, yahni eksport qilishga mo’ljallangan tovarlar ishlab chiqarish jarayonida moddiy manba uchun qo’shimcha qiymat solig’idan ozod qilinadi.

Aksiz solig’iga bo’lgan imtiyozlar

Aksiz to’lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga aksiz solig’i solinmaydi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aksiz to’lanadigan tovarlarning ayrim turlari bundan mustasno (O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, 230-modda).

Quyidagilarga aksiz solig’i solinmaydi:

– aksiz to’lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga, bundan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aksiz to’lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno;

– keyinchalik O’zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketilishi sharti bilan «bojxona hududida qayta ishlash» bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan qayta ishlash mahsuli bo’lgan aksiz to’lanadigan tovarlarni topshirishga.

Foyda va mulk solig’iga bo’lgan imtiyozlar

“Eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 5 iyundagi «Eksport mahsulotini isglab chiqaruvchilarni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PF-2613-son Farmoniga asosan eksport qiluvchi korxonalar (xom ashyo tovarlarini sotish bundan mustasno) uchun foyda solig’i va mulk solig’i stavkasi umumiy sotish hajmida o’zi ishlab chiqargan va erkin almashtiriladigan valyutaga sotilgan tovar (ish, xizmat)lar eksportidagi ulushiga bog’liq holda kamaytiriladi:

eksport ulushi 15 foizdan 30 foizgacha miqdorda bo’lganida – 30 foizga;

eksport ulushi 30 va undan ko’proq foiz bo’lganida – 2 marotaba.

Mazkur soliq imtiyozi yagona soliq to’lovini hisoblash chog’ida mikrofirmalar va kichik korxonalarga tadbiq etiladi.

Mazkur imtiyozlar savdo-vositachilik korxonalariga, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10 oktyabrdagi «Tovarlar (ishlar, xizamatlar) eksportini rag’batlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PF-1871-son Farmonida tasdiqlangan tovarlarni eksport qiluvchi ishlab chiqarish korxonalariga tadbiq qilinmaydi.

Mikrofirmalar va kichik korxonalar o’zi ishlab chiqargan tovar (ish, xizmat)larni eksport qilishdan tushadigan valyuta tushumining 50 foizini majburiy sotishdan ozod etilgan. (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 24 avgustdagi «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PF-4354-sonli Farmoni).

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 09 avgustdagi «O’zbekiston respublikasi xo’jalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlardagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash xaqida»gi VMQ-189-sonli Qaroriga muvofiq xorijiy mamlakatlarga eksport qiluvchi O’zbekiston Respublikasining xo’jalik yurituvchi subyektlariga chet elda tashqi bozorlardagi marketing tadqiqotlarini va ishlab chiqarayotgan maxsulotlarni reklama qilish maqsadida savdo uylari va vakolatxonalar ochish ruhsat berilgan.

O’zi ishlab chiqargan mahsulotni savdo uylari nomiga olib chiqayotgan eksport qiluvchi korxonalar tovar konsignatsiya shartlarida, bank kafolatnomasi yoki siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan eksport kontraktlarini sug’urtalash polisini taqdim etmasliklari mumkin.

Bojxonada rasmiylashtirilgan kundan boshlab 180 kun mobaynida eksportchi shartnomalar (kontraktlar) asosida chet eldagi korxonalar nomiga olib chiqilgan tovarlar bo’yicha valyuta tushumi tushishini yoxud ushbu tovarlarning O’zbekiston Respublikasi hududiga qaytarishni tahminlaydi.

“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Kontseptsiyasi”ning demokratik bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish sohasida ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.01.2011y. F-3557-sonli Farmoyishini ijrosi maqsadida, yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Bojxona Kodeksining loyihasi ishlab chiqildi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritildi. Bojxona qonunchiligining qo’llanilishini yanada ixchamlashtirish maqsadida, quyidagi Qonun loyihasi asosida amaldagi O’zbekiston Respublikasi Bojxona Kodeksi va “Boj tarifi to’g’risidagi” O’zbekiston Respublikasi Qonuni birlashtirildi, shuningdek xalqaro norma va standartlarga moslashtirildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.04.2011y. 122-sonli Qaroriga asosan «O’zstandart» agentligining mahsulotlarni eksport qilishga ko’maklashish byurosi tashkil etildi. Quyidagilar Byuroning asosiy vazifalari etib belgilangan:

– eksportga yo’naltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga standartlar, sertifikatlashtirish, yorliqlash, qadoqlash va boshqa parametrlar bo’yicha xalqaro va mamlakatlararo talablar yuzasidan bepul konsulg’tatsiya xizmatlari ko’rsatish;

– ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan eksportga yo’naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishda standartlar bo’yicha xalqaro va mamlakatlararo talablarni joriy etish va ular darajasiga erishish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;

– ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni xorijiy bozorlarga kiritish bo’yicha zarur mahlumotlarni olish uchun ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga axborot-konsulg’tatsiya yordami ko’rsatish;

– standartlar, sertifikatlashtirish, mahsulotlarni yorliqlash, qadoqlash va boshqa parametrlar bo’yicha xalqaro va mamlakatlararo talablarning doimiy ravishda yangilab boriladigan mahlumotnomasini ishlab chiqish va joriy etish, keyinchalik uni Internet tarmog’idagi «O’zstandart» agentligi saytiga joylashtirish.

SHuningdek, ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirish maqsadida, quyidagi Qarorga muvofiq eksportga yetkazib berish uchun ishlab chiqariladigan mahsulotlar ixtiyoriy ravishda sertifikatlashtiriladi.

“Byurokratik to’siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 25.08.2011y. PQ-1604-sonli O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga muvofiq tovarlarni eksport qilishda to’lanadigan bojxona rasmiylashtiruvi yig’imlarining amaldagiga qaraganda o’rtacha 2 marotabaga kamaytirishni nazarda tutuvchi yangi stavkalari tasdiqlangan.

Qarorga asosan 2011 yilning 1 oktyabridan boshlab tovarlar, ishlar va xizmatlarni eksport qiluvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun davlat bojxona xizmati organlarida eksport kontraktlarini hisobga qo’yish tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida bevosita bojxona postlarida amalga oshiriladi (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10 oktyabrdagi PF-1871-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan ro’yxatga muvofiq xom ashyo tovarlari eksportidan tashqari). Va, 2011 yil 1 oktyabrdan boshlab, eksportga yetkazib berish bilan bog’liq bo’lgan tartibotlarning bojxona rasmiylashtiruvi, deklaratsiya qilish, sertifikatlashtirish, sanitariya-epidemiologiya nazorati va tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida qatnashadigan boshqa tashkilotlar faoliyatining bir vaqtning o’zida amalga oshirilishi uchun «bir darcha» tamoyili asosida bajarish mexanizmini joriy etilgan.

SHu bilan birga, Qarorga muvofiq kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tovarlarini eksport qilish bo’yicha «O’ztadbirkoreksport» ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi tashkil etildi. Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

– kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ularning tovarlarini to’g’ridan-to’g’ri eksport qilish shartnomalari bo’yicha, shuningdek xorijda tashkil etiladigan savdo uylari orqali sotishda ko’maklashish;

– kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari mahsulotlarini eksport qilishga doir amaldagi shartnomalar garovi asosidan eksportdan oldingi moliyalashtirishni tashkil etish;

– kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari buyurtmalariga ko’ra respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallarni yetkazib berish;

– eksport mahsulotlarini sertifikatlashtirishda kichik biznes korxonalariga ko’maklashish, reklama tadbirlarini o’tkazish, xalqaro yarmarkalar va ko’rgazmalarni tashkil etish va qatnashish, manfaatdor kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini axborot va maslahat xizmatlari bilan tahminlash.

“Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 29.06.2000y. 245-sonli O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorining 5-bandiga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.08.2011y. PQ-1604-sonli Qarori bilan o’zgartirish kiritildi. Unga ko’ra, xorijiy valyuta tushumi tushishining belgilangan muddatdan kechikkanda eksport qiluvchi korxonalardan undiriladigan jarima sanktsiyalarining yengillashtirilishi, shu jumladan:

– belgilangan muddatlari o’tgandan keyin xorijiy valyuta tushumi tushishining 30 bank kunidan ko’proq (kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun – 60 bank kuni) kechikishiga yo’l qo’ygan yuridik shaxs-rezidentlar respublika byudjeti foydasiga jarima to’laydilar:

– valyuta tushumi tushishi belgilangan muddatdan 180 kungacha kechikkanda – tushmagan valyuta mablag’lari summasiga nisbatan 10 foiz ekvivalentda;

– valyuta tushumi tushishi belgilangan muddatdan 180 kundan 365 kungacha kechikkanda – tushmagan valyuta mablag’lari summasiga nisbatan 20 foiz ekvivalentda;

– valyuta tushumi tushishi belgilangan muddatdan 365 kundan ortiq muddatga kechikkanda – tushmagan valyuta mablag’lari summasiga nisbatan qo’shimcha ravishda 70 foiz ekvivalentda.

“O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga o’zgartirishlar kiritish, shuningdek bahzilarini o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblash to’g’risida”gi 30.12.2011y. PF-4399-sonli O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq uy parrandasi ovqatbop qo’shimcha mahsulotlarini eksport qilishga qo’yilgan taqiqlovchi tizim bekor qilindi.

“Eksport qiluvchi korxonalarni rag’batlantirishni kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni kengaytirish borasida qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.03.2012y. PQ-1731-sonli Qaroriga asosan mahalliy tovar (ish, xizmat) ishlab chiqaruvchi korxonalarga quyidagi huquqlar berilgan:

– xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, xorijiy davlatlar hukumatlari, boshqa norezidentlar mablag’lari hisobidan O’zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiriladigan loyihalar bo’yicha xalqaro tenderlarda xorijiy qatnashchilar bilan teng sharoitlarda, jumladan ishlab chiqarilgan tovar (ish, xizmat)larni yetkazib berishga chet el valyutasida shartnomalar tuzgan holda ishtirok etish;

– O’zbekiston Respublikasi hududida foydalanish nazarda tutilgan o’zida ishlab chiqarilgan tovar (ish, xizmat)larni yetkazib berishga to’g’ridan-to’g’ri bitimlar shartida norezidentlar bilan xorijiy valyutada shartnomalar tuzish.

Qarorning mazkur (5) bandida ko’rsatilgan shartnomalar faqat xizmat ko’rsatayotgan vakolatli bankda hisobga qo’yilgan va eksport qiluvchi korxonalardek soliq imtiyozlari berilgan holda eksport shartnomalariga tenglashtiriladi.

Qarorning 6-bandiga ko’ra, 2012 yil 1 apreldan boshlab yangi qurilish, mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash va texnologik yangilashga valyuta kreditlari bo’yicha asosiy qarzni qaytarishga joriy to’lovlar bo’yicha yo’naltiriladigan valyuta tushumi qismini vakolatli banklarga majburiy sotishdan asosiy qarz batamom to’lab bo’linadigan muddatga qadar ozod qilingan.

Sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish, mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligini sertifikatsiyadan o’tkazish, shuningdek laboratoriya testlari va sinovlarini o’tkazish komplekslarini xarid qilishga yo’naltiriladigan mablag’larga yangi texnologik uskunalarni sotib olishda nazarda tutilgan yagona soliq to’lovi bo’yicha soliq solinadigan bazani kamaytirishning amaldagi tartibi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun tatbiq etilgan (7 band).

Tijorat banklariga eksport operatsiyalari bo’yicha faktoring xizmatlarini amalga oshirishning cheklangan muddatini 60 kundan 90 kunga uzaytirgan holda eksport operatsiyalari bo’yicha faktoring xizmatlarini amalga oshirish hajmini kengaytirish tavsiya etilgan.

Mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarda xalqaro standartlar seriyasidan ISO 9000 faoliyatini yo’lga qo’yish maqsadida kompleks chora-tadbirlar joriy etish ko’zda tutilgan. ISO 9000 ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

– yuridik shaxslarning soliqqa tortiluvchi daromad (foyda) bazasini sifatni boshqarish sistemasining rivojlanishiga yo’naltirilgan investitsiya miqdorida kamaytirish;

– sinov laboratoriyalari tomonidan laborator tadqiqotlar va testlar o’tkazish maqsadida olib kirilgan texnologik uskunalar boj va qo’shimcha qiymat solig’idan ozod qilish.

Joriy yilda hukumat tomonidan respublika eksport salohiyatini yanada rivojlantirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar davom ettirildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.08.2013y. PQ-2022-sonli Qaroriga muvofiq kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish, ularga zamonaviy, chet el bozorlarida raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishda va uni eksportga chiqarishda zarur huquqiy, moliyaviy va tashkiliy yordam ko’rsatish, mamlakatimizning eksport qiluvchi tadbirkorlarini tashqi bozor konhyunkturasi o’zgarishlari xavf-xatarlaridan ishonchli himoya qilishni tahminlash maqsadida Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki qoshida Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo’llab-quvvatlash Jamg’armasi tashkil etildi.

 
  • Chop etish
  • Ko'rganlar soni: (1551)
  • Pdf ko'rish
Tweet about this on TwitterShare on Google+Share on Facebook

© 2010-2017 Jizzax viloyat hokimligi rasmiy veb sayti. Sayt materiallaridan foydalanganda www.jizzax.uz manba sifatida ko`rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing