Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar
30 октябрь 2024 г 31 Комментарии: 0
2024-yilning 17-26-yanvar hamda 1-10-iyun kunlari Jizzax viloyat xokimi rahbarligida Xitoy xalq Respublikasiga amaliy tashrif chogʻida Arnasoy tuman hokimligi masʼul xodimlari ishtirok etdi.
Tashrif doirasida Xitoylik hamkorlar bilan 4 ta 110,0 mln dollarlik loyihalarni amalga oshirish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.
Jumladan, Joriy yilning 29-iyun va 1-iyul kunlari Davlatimiz rahbariyati topshirigʻi asosida tuman hokimi boshchiligida Toshkent shahri M.Ulugʻbek tumanida salohiyatli investorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi. Shuningdek. M.Ulugʻbek tumani investorlari vakillari 6-iyul kuni tumanimizga tashrif buyurib, mavjud imkoniyatlar bilan tanishtirildi.
Oʻtkazilgan muzokaralar natijasida, jami 89,2 mln dollar boʻlgan 10 ta loyihalarni amalga oshirish boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Ushbu loyihalarda 893 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi koʻzda tutilmoqda.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!