Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan keng ko‘lamli hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidladi
02 май 2024 г 127 Комментарии: 0
Uchrashuv avvalida vazir Mikoyil Jabborov davlatimiz rahbariga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, shuningdek, ilgari erishilgan kelishuvlar ijrosi doirasida amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘tgan yilda o‘zaro tovar ayirboshlash 27 foizga, joriy yil boshidan esa yana 15 foizga oshdi.
Avtomobilsozlik, energetika, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, to‘qimachilik, turizm va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Loyihalar portfelini, shu jumladan Qo‘shma investitsiya kompaniyasi mablag‘larini jalb qilgan holda yanada kengaytirish muhim ekani ta’kidlandi.
Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarning iqtisodiy kun tartibini puxta tayyorlash maqsadida yaqin fursatda Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi hamda ikki mamlakat hududlarining ikkinchi forumi o‘tkaziladi.
Mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashildi. O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston energetika vazirlarining bugun bo‘lib o‘tgan uch tomonlama uchrashuvining asosiy yakunlari yuqori baholandi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!