» » Jizzax politexnika instituti World University Rankings – 2024 xalqaro reytingida “reporter” maqomiga ega bo‘ldi

Jizzax politexnika instituti World University Rankings – 2024 xalqaro reytingida “reporter” maqomiga ega bo‘ldi

05 октябрь 2023 г 189 Комментарии: 0

Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi o‘zining World University Rankings – 2024 reyting natijalarini e’lon qildi.

Bu yil Jizzax politexnika instituti “reporter” maqomida qayd etilishi bilan TOP - 1 000 talik reytingdan joy olish uchun davogarlar safiga qo’shildi.

Ushbu reytingda institutimizning ning 18 ta indikator asosida 5 ta yo‘nalishdagi samaradorlik ko‘rsatkichlari baholandi: o‘qitish, tadqiqot muhiti, tadqiqot sifati, sanoat va xalqaro istiqbollar.

Mazkur 48 ta oliy ta’lim muassasasi THEning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tanlanib, bunda reyting agentligi ularga yaqindan yordam beradi.

Joriy yil ushbu reytingda 108 ta davlatdan 1 904 ta universitet faoliyatini baholash bo‘yicha ma’lumot taqdim etgan bo‘lib, ulardan 769 tasi “reporter”, ya’ni da’vogar universitetlar maqomiga ega bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, tarixda birinchi bor Jizzax politexnika instituti 2023-yil 1-iyun kuni Buyuk Britaniyaning nufuzli xalqaro reyting tashkiloti – “Times Higher Education” agentligi tomonidan “THE Impact Rankings” reytingida Oʻzbekiston Respublikasining 47 ta oliy taʼlim muassasalari ichida Jizzax politexnika instituti 17-oʻrinni, dunyo oliy taʼlim muassasalari orasida esa 1001+ oʻrinni egallagan edi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!