» » Jizzaxda butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi

Jizzaxda butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi

01 декабрь 2023 г 117 Комментарии: 0

1-dekabr butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan OAV vakillari ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Jizzax viloyat OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan “Sogʻlom hayot sari birgalikda” shiori ostida tashkil etilgan matbuot anjumanida OAV vakillari, ijtimoiy tarmoq faollari hamda talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirda viloyat OITSga qarshi kurashish markazi bosh vrachi Asqarova Nilufar yil davomida OITSga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan koʻrgazmali slayd shaklida xisobot berib oʻtdi. Hisobotlardan maʼlum boʻldiki OIV infeksiyasi Respublikamizda hamon dolzarbligini yoʻqotmaganligi, kasallikni xalqimiz nafaqat chet davlatlardan balki oʻzimizni yurtimizda ham sogʻlom turmush tarziga rioya qilmasdan yuqtirayotganligi achinarli holat.

Tadbirda ishtirok etgan blogerlar, ijtimoiy tarmoq faollari bilan qizgʻin savol-javob tarzida oʻtkazildi.

Kelgusida OITSga qarshi kurashish borasida ijtimoiy tarmoq xodimlari bilan doimiy yaqin aloqada olib borish lozimligi taʼkidlandi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!