Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » “Jaholatga qarshi maʼrifat” tadbirining navbatdagisi Doʻstlik tumanida oʻtkazildi
08 сентябрь 2023 г 389 Комментарии: 0
Jizzax viloyatida aholini turli yot gʻoyalar taʼsiridan saqlash, radikalizm va diniy ekstremizmning salbiy taʼsirini oldini olish maqsadida koʻzda tutilgan “dastur” ijrosini taʼminlash maqsadida yoʻlga qoʻyilgan majmuaviy tadbirlar davom ettirilmoqda.
Mazkur yoʻnalishlarga oid maʼruzaviy chiqishlar, roliklar namoyishi, ekstremizm va terrorizmdan ogoh etuvchi rasmlar kurgazmasi va tanlovini oʻz ichiga olgan “Jaholatga qarshi maʼrifat” tadbirining navbatdagisi Doʻstlik tumanidagi musiqa maktabida oʻtkazildi.
Tadbirda asosiy eʼtibor ishtirokchilarni diniy ekstremizmning yot gʻoyalaridan ogoh etish xamda gʻaraz kuchlarning ish uslublarini ochib berish orqali aholini mazkur soxadagi xuquqiy savodxonligini koʻtarishga qaratildi.
Tadbirda “Tasviriy oyna” Respublika ijodiy uyushmasi boshqaruv raisi I.Latipov, viloyat xokimining oʻrinbosari E.Axmadjonovlar soʻzga chiqib, ishtirokchilarga tadbirdan koʻzlangan maqsad va uni mohiyati xaqida gapirib, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, diniy bagʻrikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash, respublikada diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyati, davlat va din munosabatlari, yoshlarni turli yot gʻoyalar tahdidlaridan ogoh etish yuzasidan fuqarolarga maʼlumotlar yetkazildi.
Tadbirda 80 dan ortiq “Ogohlik, xushyorlik davr talabi, terrorizm, ekstremizm va missionerlik – daxshatli ofat” fotokoʻrgazmasi, umumtaʼlim maktab oʻquvchilarining rassomchilik yoʻnalishidagi sanʼat asarlari va kitoblar koʻrgazmasi tashkil qilindi.
Shuningdek, tuman Barkamol avlod bolalar maktabi toʻgarakchilari tamonidan yosh moʻyqalam sohiblari oʻrtasida “Biz terrorizm va ekstremizmga qarshimiz” mavzusida rasmlar tanlovi oʻtkazildi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!