» » Jizzax viloyati hokimligi xodimlariga sertifikatlar topshirildi

Jizzax viloyati hokimligi xodimlariga sertifikatlar topshirildi

28 июль 2023 г 526 Комментарии: 0

Jizzax viloyat hokimligida Jizzax viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchi B.Mavlyanov rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi 117-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Jizzax hududiy filialining malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan Jizzax viloyati hokimligi xodimlariga sertifikatlarni topshirish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan taqdim etilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati”, “O‘zbek xalq paremalarining sinonimik lug‘ati”, “O‘zbekiston joy nomlarining izohli lug‘ati”, “O‘zbek tili frazeologik lug‘ati”, “Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati” kabi lug‘at kitoblarining taqdimot marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Marosim yakunida malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan xodimlarga sertifikatlar taqdim etildi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!