Жиззах вилояти ҳокимлиги » Янгиликлар » Jizzax viloyati hokimligi rahbar-xodimlari malakasi oshirilmoqda
02 ноябрь 2022 г 581 Комментарии: 0
Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-son qarorining ijrosini ta’minlash masalasi har doimgidan ham dolzarb bosqichga kirdi.
Vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalarining rahbar-xodiimlari, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini o‘rganish bilan birgalikda “O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish” o‘quv kurslarida o‘z malakalarini oshirmoqda.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!