» » Fuqarolar normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazishda ishtirok etishi mumkin

Fuqarolar normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazishda ishtirok etishi mumkin

17 август 2023 г 302 Комментарии: 0

“Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga ko‘ra, Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazuvchi subyektlar quyidagilardan iborat:

  • Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi;
  • Adliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari;
  • normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ishlab chiquvchilari bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari;
  • tegishli normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlash o‘z zimmasiga yuklatilgan davlat organlari va tashkilotlari.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi quyidagi hollarda normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazadi:

  • o‘z tashabbusiga ko‘ra – har qanday normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan o‘rganish va tekshirishlar natijalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatning qo‘llanilishi chog‘ida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar fakti aniqlangan hollarda;
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining va ular organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlariga ko‘ra.

Adliya vazirligi:

  • O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarining;
  • vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan buyruqlari hamda qarorlarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazadi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari davlat organlari hamda tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish jarayonida ishtirok etishi mumkin.

Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish bo‘yicha ekspertlar reyestri Adliya vazirligi tomonidan yuritiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi o‘tkazilishi chog‘ida ularga Adliya vazirligi bilan birgalikda uslubiy yordam ko‘rsatadi.

Manba: O'RQ–860-son, 08.08.2023-y.

Viloyat hokimligi Korrypsiyaga qarshi

Ichki nazorat shobasi

 

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!