» » Sport vaziri va Jizzax viloyati hokimi viloyatda sportni rivojlantirish boʻyicha uchrashuv oʻtkazdi

Sport vaziri va Jizzax viloyati hokimi viloyatda sportni rivojlantirish boʻyicha uchrashuv oʻtkazdi

11 март 2024 г 153 Комментарии: 0

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina sport maktablariga tashrifi davomida sport sohasini rivojlantirish boʻyicha bergan topshiriqlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov Jizzax viloyatida xizmat safarida boʻlib turibdi.

Tashrif davomida - sohadagi sportchilar seleksiyasi, sportni ommalashtirish va chekka hududlardagi sportchilarga yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirildi.

Sport vaziri Adham Ikramov va Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev boshchiligida federatsiyalar, sport maktablari rahbarlari va masʼullar ishtirokida hududda sohani yanada rivojlantirishga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda amalga oshirilayotgan ishlar, yutuqlar va kamchiliklar tahlil qilindi.

Yigʻilish yakunida masʼullarga sharoitlarni yanada yaxshilash va sportchi-oʻquvchilarga keng imkoniyatlar yaratish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!