» » Vengriyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jizzaxga keldi

Vengriyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jizzaxga keldi

09 ноябрь 2023 г 202 Комментарии: 0

Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev viloyat hokimligida Vengriyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yojef Roja boshchilik delegatsiya aʼzolarini qabul qildi.

Viloyat hokimi Ergash Saliyev muzokaralar davomida viloyatning iqtisodiy-ijtimoiy va investitsiya salohiyati hamda hududlarda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari boʻyicha tushunchalar berib, viloyatning asosiy drayver sohalari boʻlgan avtomobilsozlik, tekstil, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi, turizm sohasida investitsiya loyihalarni xususida soʻz yuritdi.

Bugungi kunda Vengriya davlati bilan savdo-iqtisodiy hamkorliklar sohasida koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 2022-yilning oktyabr oyida viloyat delegatsiyasi Vengriyaga tashrif buyurib, viloyat hokimligi Vengriya tadbirkorlari bilan umumiy qiymati 19,5 mln dollarlik 8 ta savdo va investitsiya kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishilgandi.

Bugungi kunda mazkur kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

2021-yilning may oyida Vengriyaning Bosh vaziri maslahatchisi Marton Nad boshchiligidagi delegatsiya viloyatga tashrif buyurdi. Tashrif davomida oʻzaro savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, ijtimoiy sohalarda tajriba almashinuvini tashkil etish boʻyicha muzokaralar olib borishdi.

Joriy yilning 26-oktyabr sanasida Jizzax viloyati hokimligi Dyor-Moson-Shopron (Vengriya) viloyati rahbariyati bilan hududlararo hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha muzokaralar oʻtkazdi.

Muzokaralar davomida avtomobil sanoati doirasida hamkorlik qilish va Jizzaxda ishlab chiqariladigan bazalt mahsulotlari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, tekstil va oziq-ovqat mahsulotlarini Vengriya bozorlariga yetkazib berish yuzasidan hamkorliklar qilishga kelishib olindi. Joriy yilning toʻrtinchi choragida Dyor-Moson-Shopron viloyati rasmiy delegatsiyasining Jizzax viloyatiga tashrifi kutilmoqda.

Oʻz oʻrnida elchi Yojef Roja ham Jizzax viloyatini bugungi salohiyati haqida toʻxtalib oʻtar ekan, ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni yuqori baholadi.

Delegatsiya aʼzolari dastlab, IT-Park Jizzax viloyati filiali hamda viloyat hokimligi Anjumanlar saroyi bilan yaqindan tanishishdi.

Jizzax shahridagi Viloyat markaziy kutubxonasi, “Sambhram” universiteti, Prezident maktabi hamda “Kibersport arena” ham koʻzdan kechirildi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!