Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Jizzax viloyati hokimi Xubey provinsiyasi xalq hukumati tashqi ishlar boshqarmasi boshligʻini qabul qildi
08 сентябрь 2023 г 382 Комментарии: 0
Xitoy Xalq Respublikasining Xubey provinsiyasi xalq hukumati tashqi ishlar boshqarmasi boshligʻi Zhang Xiaomei boshchiligidagi delegatsiya aʼzolarini viloyat hokimi Ergash Saliyev viloyat hokimligida qabul qildi.
Viloyat hokimi Ergash Saliyev muzokaralar davomida viloyatning iqtisodiy-ijtimoiy va investitsiya salohiyati hamda hududlarda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari boʻyicha tushunchalar berib, viloyatning asosiy drayver sohalari boʻlgan avtomobilsozlik, tekstil, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi, turizm sohasida investitsiya loyihalarni xususida soʻz yuritdi.
Shu bilan birga viloyat hokimi Ergash Saliyev boshchiligida viloyat delegatsiyasi vakillarining joriy yilning may oyida Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi chogʻida viloyatlar oʻrtasida qilingan qoʻshma tadbirlar natijasida koʻp qirrali hamkorlik sifat jihatdan yangi darajaga koʻtarilib borgani haqida soʻz yuritildi.
Jumladan, Mintaqalararo hamkorlikning amaliy ahamiyati va salohiyatini inobatga olgan xolda Jizzax viloyati va Shandun provinsiyasi oʻrtasida “Savdo-iqtisodiy sohalarda hamkorlik boʻyicha protokol” imzolandi. Ushbu bitim oʻzaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirilishi va biznes doira vakillari oʻrtasida aloqalar oʻrnatilishiga poydevor yaratgani alohida taʼkidlandi.
Bugungi kunda Xitoyning viloyatda 40 ta qoʻshma korxonalari faoliyat olib bormoqda. Ulardan eng soʻnggi yirik ishlab chiqarishlardan biri “Chery Automobile” kompaniyasi tomonidan Chery brendi ostida avtomobillar konveyerdan chiqishi va “BYD” brendi ostida elektromobillar ishlab chiqarish texnalogiyalari viloyatda oʻrnatilganidir.
Xubey provinsiyasi xalq hukumati tashqi ishlar boshqarmasi boshligʻi Zhang Xiaomei ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni yuqori baholab, viloyatlar oʻrtasida hamkorlikda yangi istiqbolli loyihalar amalga oshirish borasida oʻz takliflarini berib oʻtdi.
Viloyat hokimi mehmonlarni IT-Park Jizzax viloyati filiali hamda viloyat hokimligi Anjumanlar saroyi bilan yaqindan tanishtirdi.
Shuningdek, Jizzax shahridagi Prezident maktabi, “Sambhram” universiteti Viloyat markaziy kutubxonasi hamda “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida “Iruskon” qandolat korxonasi faoliyati ham koʻrsatib oʻtildi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!