Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Tatarston Respublikasining AKT vaziri Jizzaxga keldi
27 октябрь 2023 г 205 Комментарии: 0
Xabar berib oʻtganimizdek, joriy yilning 25-oktyabr kuni Toshkent shahrida ochilgan “ICT Week 2023” xaftaligi doirasida viloyatga chet el kompaniyalari delegatsiyalarining vakillari kelishmoqda.
Bir necha kun oldin viloyat hokimi Ergash Saliyev Fransiyaning “Maltem Group” kompaniyalar guruhi tarkibiga kiradigan “Bocasay” hamda “Esokia” kompaniyalari vakillarini qabul qilganligi boʻyicha xabar berib oʻtgandik.
“ICT Week 2023” haftaligi doirasida nabatdagi delegatsiya Tatarston Respublikasidan Davlat boshqaruvi, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini raqamli rivojlantirish vaziri Ayrat Xayrullin boshchiligida keldi.
Viloyat hokimi Ergash Saliyev bilan uchrashuvda Ayrat Xayrullin IT sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va bu boradagi ishlarni yanada rivojlantirish boʻyicha muzokaralar oʻtkazdi.
Delegatsiya aʼzolarini viloyat hokimi Ergash Saliyev viloyat hokimligi Anjumanlar saroyidagi viloyatning iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi imkoniyatlari aks etgan koʻrgazmalar hamda Jizzax IT Park filiali, “Kibersport arena”, Prezident maktabi, “Sambhram” universiteti va Qozon federal universitetining Jizzax filiali faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!