» » Jizzax viloyati hokimining Doʻstlik tumanida aholi bilan ommaviy sayyor qabuli oʻtkazildi

Jizzax viloyati hokimining Doʻstlik tumanida aholi bilan ommaviy sayyor qabuli oʻtkazildi

11 сентябрь 2023 г 309 Комментарии: 0

Aholi murojaatlarini tinglash, muammolarini oʻrganish va joyida hal etish maqsadida Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyevning Doʻstlik tumanida aholi bilan ommaviy sayyor qabuli oʻtkazildi.

Qabulda sektor rahbarlari, viloyat hokimi oʻrinbosarlari, aholi muammolarini hal etish boʻyicha ishchi guruh aʼzolari, hokim yordamchilari, mahalla raislari va viloyat hamda tumandagi tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etishdi.

Ommaviy sayyor qabulni Xalq qabulxonasi mudiri Bayrambek Uzoqov olib bordi.

Qabul 15 ta guruhga boʻlingan holda viloyat hokimi Ergash Saliyev boshchiligida har bir guruhdagi mutasaddilar aholi muammolarini tingladi.

Ommaviy qabulda mahallalardagi obodonlik, qurilish, taʼmirlash ishlari, ichimlik suvi, elektr va gaz taʼminoti yuzasidan fuqarolarni qiynayotgan muammolar boʻyicha murojatlar kelib tushdi.

Qabulda 50 dan ortiq fuqaro tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga oid murojaatlar qabul qilinib, shulardan 13 nafar fuqaroning murojaatlari joyida oʻzining ijobiy yechimini topdi.

Oʻrganish talab qiladigan murojaatlar qonunda belgilangan tartibda koʻrib chiqilishi nazoratga olindi.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!