» » Forish tumanining eng chekka mahallalarida sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilmoqda

Forish tumanining eng chekka mahallalarida sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilmoqda

08 сентябрь 2023 г 163 Комментарии: 0

Aholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolar dardini eshitish va muammolarini oʻz vaqtida bartaraf etish maqsadida Forish tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tumanning eng chekka hududlariga borib, keng qamrovli sayyor davlat xizmatlari koʻrsatib kelinmoqda.

Ana shunday tadbirlarning yana biri Forish tumani markazidan 50 kilometr uzoqlikda joylashgan, tumanning eng chekka hududlaridan biri boʻlgan “Garasha” mahallasi aholisi uchun tashkil etildi.

Tadbir davomida fuqarolarga tezkor va sifatli davlat xizmatlari koʻrsatishga alohida eʼtibor qaratildi.

Mazkur jarayonda “Garasha” mahallasi aholisiga oʻttizga yaqin davlat xizmatlari koʻrsatilib, ularning aksariyati bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotiga joylashtirish, elektr taʼminoti hamda kadastr xizmati va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari qabul qilindi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!