» » “Cyber week Jizzax" targ‘ibot tanlovining g‘oliblari va sovrindorlari taqdirlandi

“Cyber week Jizzax" targ‘ibot tanlovining g‘oliblari va sovrindorlari taqdirlandi

15 сентябрь 2023 г 269 Комментарии: 0

Jizzax shahrida joylashgan Yu.Rajabiy nomidagi Jizzax viloyat musiqali drama teatrida “Cyber week Jizzax " kompleks targ‘ibot-tashviqot tadbirlarining sarhisobi hamda tanlov g‘oliblari va sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Jizzax viloyatida kibermakonda sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan “Cyber week Jizzax” targ‘ibot haftaligi, xususan yoshlar o‘rtasida targ‘ibotlar qilinib, tanlov o‘tkazilgan edi.

Mazkur tanlovning taqdirlash marosimida viloyat hokimi Ergash Saliyev ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlarni taqdirladi.

Jumladan, “Eng yaxshi kontent" yo‘nalishida “Jizzaxliklar” telegram kanali administratori Sultonov G‘ayrat G‘aniyevich faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!