» » Forish poligonida muddatli harbiy xizmatchilar Vatanga qasamyod qabul qilishdi

Forish poligonida muddatli harbiy xizmatchilar Vatanga qasamyod qabul qilishdi

29 апрель 2024 г 48 Комментарии: 0

Markaziy harbiy okrugining Forish dala o'quv maydonida Jizzax garnizoniga kelgan muddatli harbiy xizmatchilar vatanni ko‘z qorachig‘idek asrashni niyat qilib Vatanga qasamyod qabul qilishdi.

Tadbirlarda okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, viloyat hokimligi, davlat tashkilotlari vakillari, Nuroniylar, yoshlar ishlar agentligi, yozuvchilar uyushmasi a'zolari va askarlarning ota-onalari ishtirok etdi.

Vatanga sodiq boʻlishga ont ichgan o'g'lonlarga okrug qo'mondonligi tomonidan Prezident sovg'asi “Oʻzbekiston tarixi” va “Temur tuzuklari” kitoblari topshirildi.

Askarlar qalbida unitilmas ushbu onlarni ota-onalar ko'zida sevinch yoshlari, dilida iftixor bilan farzandlarining kelgusidagi harbiy xizmatlariga muvafaqqiyatlar tilab, katta hayajon bilan tamosha qildilar.

Tadbir so'nggida harbiy xizmatchilar tomonidan koʻrgazmali qoʻl janggi va fahriy qarovul chiqishlari namoyish etildi. Mehmonlarga harbiy orkestri ijrosidagi Vatanni madh etuvchi kuy qo'shiqlar ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!