» » Sharof Rashidov tumani yoshlari bilan ochiq muloqot oʻtkazildi

Sharof Rashidov tumani yoshlari bilan ochiq muloqot oʻtkazildi

27 февраль 2024 г 55 Комментарии: 0

Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari, viloyat IIB, DXX va boshqa huquq-tartibot idoralari, viloyat boshqarmalari va tashkilotlari rahbarlaridan iborat ishchi guruh Sharof Rashidov tumani yoshlari bilan ochiq muloqot oʻtkazishdi.

Tuman markazidagi ixtisoslashtirilgan maktabda uyushtirilgan tadbir avvalida rahbarlar oʻquvchilarining erishayotgan yutuqlari bilan tanishishdi.

Shundan soʻng, ochiq muloqotda ishtirokchilar hamda “Yoshlar daftari” roʻyxatida turgan yigit-qizlarning murojaatlarini hal etish, muammolariga ijobiy yechim topish masalalariga eʼtibor qaratildi.

Jumladan, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish uchun subsidiya va imtiyozli kredit ajratish, oliy taʼlimga oʻqishini tiklash, haydovchilik guvohnomasi olish, firibgardan pulini undirish, harbiy xizmatga borishga oid 15 dan ziyod masalalarning ayrimlari joyida bartaraf etildi.
Bundan tashqari probatsiya guruhi nazoratida jazo oʻtayotgan yoshlarning masalalariga ham diqqat qilindi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!