Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Jizzax viloyati 4-sektor sayyor qabulida aholi muammolariga yechim topildi
25 сентябрь 2023 г 280 Комментарии: 0
Jizzax viloyati 4-sektor rahbari oʻrinbosari J.Dostonov Zomin tumani “Chorvador” mahalla fuqarolari yigʻinida aholini qiynab kelayotgan muammolarini joyida hal etish maqsadida sayyor qabul oʻtkazdi.
Qabulda sektor ishchi guruhi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, tuman tibbiyot birlashmasi hamda tegishli tashkilot vakillari ishtirok etdi.
Sayyor qabulda 17 nafar shu yerlik fuqarolarning muammo va takliflari tinglandi.
Unda asosan moddiy yordam, dori-darmon, ichki yoʻllarni taʼmirlash, kontrakt toʻlovlarini toʻlashda amaliy koʻmak koʻrsatish, oziq-ovqat mahsulotlari bilan bogʻliq turli mazmundagi masalalar yuzasidan fuqarolar sektor masʼullariga murojaat qildilar.
Shu kuni fuqarolar tomonidan yoʻllangan murojaatlarning aksariyatiga masʼullar tomonidan haqiqiy vaziyat oʻrganilib, tegishli tartibda koʻmak koʻrsatilishi maʼlum qilindi. Hududning ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha masʼullarga dastlabki hisob-kitoblarni olish boʻyicha koʻrsatma berildi. Ayrim fuqarolarga moddiy yordam va kredit sertifikatini ajratilganligi yuzasidan tegishli hujjatlar topshirildi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!