» » Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdagi qirq yettinchi sessiyasi oʻtkazildi

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdagi qirq yettinchi sessiyasi oʻtkazildi

23 сентябрь 2023 г 380 Комментарии: 0

Jizzax viloyati hokimligida Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi oʻtkazildi.

Sessiyada Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, sektorlar, tashkilot va korxonalar rahbarlari, ommaviy-axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyani Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Erkin Xolmatov olib bordi. Sessiya quyidagi masalalar boʻyicha oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-maydagi “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi haqida va viloyatda isteʼmolchilar kayfiyatini aniqlash boʻyicha oʻtkazilgan soʻrov natijalari toʻgʻrisida viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Odil Musanov soʻzga chiqdi.

Shundan soʻng, viloyat hokimining oʻrinbosari Hamid Hasanov Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Oʻzbekistan Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar tugʻrisida”gi qarorning ijrosi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi“ Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmonining ijrosi toʻgʻrisida axborot berib oʻtdi.

Viloyatda ayollarni ish bilan taʼminlash, ishsiz xotin-qizlarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarlarga oʻqitish, ularni tadbirkorlikka jalb etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida viloyat hokimining oʻrinbosari Muxtarova Naziraning ham axboroti tinglandi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi “Avtomobil yoʻllarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va oʻlim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-iyuldagi 2022—2026-yillar davomida amalga oshirilishi moʻljallangan “Xavfsiz va ravon yoʻl” umummilliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida qarorlarining ijrosi toʻgʻrisida viloyat yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi Murodbek Sherliyevning axboroti tinglanib, viloyat byudjetining qoʻshimcha manbalardan foydalanish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi.

Sessiya yakunida Xalq deputatlari viloyat Kengashining qirq yettinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!