Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Jizzaxning yoʻllarini kezganda
21 сентябрь 2023 г 371 Комментарии: 0
Bugun mamlakatimizda olib borilayotgan ulkan bunyodkorlar zamirida ham avvalo, inson omili, qadri tamoyili yotibdi. Barcha ezgu harakatlar zamirida mahallalar obodligi, aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan ustuvor vazifalar mujassam.
“Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Obod markaz”, “Obod koʻcha”, “Obod xonadon”, “Ilgʻor hudud”, “Xavfsiz va ravon yoʻl”, “Ochiq byudjet” kabi qator davlat dasturlari va loyihalarining hayotga tatbiq etilishi natijasida shahar va qishloqlarimiz koʻrkiga koʻrk qoʻshildi. Odamlarni yillar davomida qiynab kelgan muammolarga birin-ketin yechim topilib, ijobiy hal etilmoqda.
Viloyat hokimligi axborot xizmati tashabbusi bilan tashkil etilgan navbatdagi press-tur mavzusi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-maydagi 146-son “2023-2025-yillarda Jizzax viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosining Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumanlarida qanday bajarilayotganligi xususida boʻldi.
Viloyat hududida jami 9360 kilometr avtomobil yoʻllari mavjud boʻlib, shundan 6753 km. ichki xoʻjaliklararo hamda 2601 km. umumfoydalanuvdagi yoʻllardan iborat.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 465-sonli qaroriga asosan 11 ta, 408-sonli qarorga muvofiq 57 ta, 146-son qarori ijrosi boʻyicha 71 ta, 346-F sonli qaroriga koʻra 214 ta obyektda qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Shu bilan birgalikda viloyatimizdagi umumfoydalanishdagi avtomobil yoʻllarida 40 mlrd. soʻmdan ortiq joriy taʼmirlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan boʻlib, yoʻllarda transport va piyodalar harakati xavfsizligini taʼminlash asosiy maqsad etib belgilangan.
Viloyatimizdagi 2601 km. umumfoydalanishdagi yoʻllarning 168 kilometrini xalqaro, 1428 kilometrini davlat hamda 1005 kilometrini mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yoʻllari tashkil etadi.
Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumani hududlaridan oʻtgan 4 R-36 M-39 avtoyoʻli (1013 km)—Jizzax shahri-Yangiqishloq-Qizilcha-Qizilqum halqa yoʻli, 4 R-38 M-39 avtoyoʻli (962 km)—Uchtepa-Jizzax shahri avtomobil yoʻlining Navroʻz, Sangzor, Bunyod, Amir Temir mahallalari hududidagi yoʻllar hamda Sangzor daryosidan oʻtgan koʻprik qurilishi, 4 K-230 va 230 A Uchtepa-Jizzax shahri avtomobil yoʻli, Jizzax shahri-Uchtepa-Olmazor avtomobil yoʻli, 4 N-1244 H.Nosirov-Yangiobod fermer xoʻjaliklari uyushmasi, Jizzax shahrining Shodlik, Navroʻz, Jizzaxlik, mahallalaridagi taʼmirlangan koʻchalar hamda ichki koʻchalarda asfalt qoplamasi yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.
Qorasoy qishlogʻi hududidan oʻtgan, qayta taʼmirlangan 72 metrlik koʻprik hamda Ulugʻbek mahallasi hududidagi 700 pm uzunlikdagi yoʻl oʻtkazgichdagi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!