» » Jizzax viloyat 1-sektor rahbarining ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi

Jizzax viloyat 1-sektor rahbarining ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi

06 ноябрь 2023 г 229 Комментарии: 0

Jizzax viloyati 1-sektor rahbarining  “Bog‘don” mahallasida joylashgan 30-son madaniyat markazida  aholi bilan ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi.

Qabulda sektor rahbarlari, viloyat va tuman  hokimi o‘rinbosarlari, aholi muammolarini hal etish bo‘yicha ishchi guruh a’zolari, hokim yordamchilari, mahalla raislari va viloyat hamda tumandagi tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etishdi.

Sayyor qabulni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyat Xalq Qabulxonasi mudiri Bayrambek Uzoqov kirish so‘zi bilan ochib, jismoniy va yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mansabdor shaxslarning murojaatlari bilan ishlash borasidagi mas’uliyatini yanada oshirish masalasiga to‘xtalib o‘tdi. Fuqarolarning murojaatlari e’tiborsiz qolmasligi, ularning barcha savollariga viloyat korxona, tashkilot, muassasalarning rahbarlari ochiq oydin javob berishlari, tumanni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish borasidagi vazifalar bajarilishi, muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rilishini ta’kidlab o‘tdi.

Ommaviy qabulda viloyat hokimi birinchi o’rinbosau Abduvali Mustanov ishtirok etib tumanda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berib o’tdi

Forish tumanida 2023 yilda dasturlar doirasida 83 ta ob’ektlarda 149,8 mlrd. so‘mlik qurilish ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Birgina tuman markaziy shifoxonasida 1,7 mlrd. so‘mga kanalizatsiya tarmog‘i, 100 kubometr hajmli inshoot quriladi. “Qo‘lba” mahallasida 2,5 km ichimlik suv tarmog‘i va 1 ta inshoot quriladi. “Uchma” mahallasida 19-sonli, “Ilonli” mahallasida 43-sonli, “Oqtepa” mahallasida 30-sonli umumta’lim maktablari joriy ta’mirlandi va rekonstruksiya qilindi. Amalga oshirilayotgan bu kabi bunyodkorlik ishlarini yana ko‘plab keltirish mumkin.

Qabulga kelgan fuqarolarga qulaylik yaratish va ish jarayonini sifatli va tezkor tashkil etish uchun viloyat hokimi o‘rinbosarlari, viloyat tashkilotlari va boshqarmalari rahbarlaridan iborat ishchi guruhlari tuzilib, faoliyat olib bordi.

Forish tumanida bo‘lib o‘tgan viloyat 1-sektor rahbarining sayyor qabulida fuqarolar tomonidan 58 ta masalalar bo‘yicha 41 ta murojaatlar bo‘ldi.

Murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!