» » Xalq deputatlari viloyat Kengashining qirq sakkizinchi sessiyasi oʻtkazildi

Xalq deputatlari viloyat Kengashining qirq sakkizinchi sessiyasi oʻtkazildi

27 октябрь 2023 г 198 Комментарии: 0

Jizzax viloyati hokimligida Xalq deputatlari viloyat Kengashining qirq sakkizinchi sessiyasi oʻtkazildi.

Sessiyada xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, viloyat hokimi oʻrinbosarlari va mutasaddi xodimlari, sektorlar, tashkilot va korxonalar rahbarlari, ommaviy-axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyani Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, viloyat hokimi Ergash Saliyev olib bordi. Sessiya kun tartibiga oltita masala kiritildi.

Dastlab, viloyatdagi sektor rahbarlarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilma obyektlarini rivojlantirish, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” asosida amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha hisobotlari eshitildi.

Shundan soʻng, “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” davlat dasturining hududda bajarilishining borishi hamda soha yoʻnalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan viloyat hokimi oʻrinbosarlari axborot berishdi.

Sessiya kun tartibida viloyatda huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisida, Xalq qabulxonasi tomonidan sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati, murojaatlar bilan ishlash holati boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi “Avtomobil yoʻllarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va oʻlim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-190-son va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-iyuldagi PQ-316-son 2022—2026-yillar davomida amalga oshirilishi moʻljallangan “Xavfsiz va ravon yoʻl” umummilliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida qarorlarining ijrosi toʻgʻrisida axborotlar va viloyat byudjetining qoʻshimcha manbalardan foydalanish toʻgʻrisidagi masalalar koʻrib chiqildi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashining qirq sakkizinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!