» » Jizzaxda Yangi Oʻzbekiston yoshlari birlashdi

Jizzaxda Yangi Oʻzbekiston yoshlari birlashdi

18 июнь 2024 г 37 Комментарии: 0

Jizzaxda “Yangi Oʻzbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida galakonsert oʻtkazildi.

30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan oʻtkazilgan galakonsert dasturining ochilish marosimida viloyat hokimi Ergash Saliyev, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev yaqinlashib kelayotgan yoshlar kuni munosabati bilan viloyatimiz yoshlarini tabrikladi.

Gala-konsert avvalida 25 nafar yoshlarga uy-joyga egalik qilish uchun maxsus order va uy kalitlari topshirildi.

Shuningdek, Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida qatnashadigan 4 nafar Jizzaxlik yoshlarga 150 million soʻmlik pul mukofoti va yoshlar siyosati sohasida faollik koʻrsatgan 20 nafar yoshlar va xodimlar eʼtirof etildi.

“Yoshlar kuni”ga bagʻishlangan galakonsert Jizzaxlik yoshlar uchun yuqori darajadagi bayram kayfiyatini ulashdi.

Jizzax shahrining markazida 20000 nafardan ziyod yoshlar va viloyatimiz aholisi jam boʻldi.

Poytaxdan tashrif buyurgan estrada yulduzlari ishtirokidagi galakonsert, festival maydonini qoplagan ajoyib mushakbozlik festivalning eng qaynoq nuqtasiga aylandi.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!