» » Jizzaxda Navroʻz umumxalq bayrami nishonlandi

Jizzaxda Navroʻz umumxalq bayrami nishonlandi

21 март 2024 г 72 Комментарии: 0

Jizzax shahrining “Oʻrda” ekologik bogʻida “Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz!” shiori ostida yangilanish, mehr-muruvvat, tinchlik va ezgulik ramzi boʻlmish - Navroʻz sayli boʻlib oʻtdi.

Unda butun Jizzax viloyati, tumanlardan aholi vakillari ishtirok etib, milliy anʼanalarga asoslangan turli tadbirlar tashkillashtirildi.

Jumladan, bogʻning Amfiteatrida bayramning asosiy qismi oʻtkazildi. Unda viloyat tashkilot va idora rahbarlari, faxriylar, yoshlar hamda boshqa jamoatchilik faollari ishtirok etishdi.

Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev soʻzga chiqib, hududning bugungi ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli haqida maʼlumot berdi hamda viloyatimiz aholisini Navroʻz ayyomi bilan samimiy muborakbod etdi.

Shuningdek, bayramda mahalliy va poytaxtdan tashrif buyurgan xushovoz xonandalar ijro qilgan kuy-qoʻshiqlar tomoshabinlarga oʻzgacha kayfiyat ulashdi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!