» » Jizzaxda qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni bayrami nishonlandi

Jizzaxda qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni bayrami nishonlandi

10 декабрь 2023 г 109 Комментарии: 0

Jizzax viloyati hokimligi Anjumanlar saroyi hamda “Yakkasaroy” tantanalar majmuasida “Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni” bayrami keng nishonlandi. Bayramda dehqon, fermerlar va soha xodimlari mehnati eʼtirof etildi.

Jizzax viloyati hokimligi Anjumanlari saroyida tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Ergash Saliyev soʻzga chiqib, barchani bayram bilan qutladi.

Tantanali tarzda viloyat hokimligida tashkil etilgan bayramning asosiy qismida viloyat hokimi Ergash Saliyev qishloq xoʻjaligi sohasida oʻz mehnati bilan yaxshi koʻrsatgichlar va natijalar qayd etganlarni esdalik koʻkrak nishoni va sovgʻalar bilan taqdirladi.

Shundan soʻng, bayram Jizzax shahridagi “Yakkasaroy” tantanalar majmuasida davom etdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan viloyat hokimi Ergash Saliyev soha vakillarini mehnatini taʼkidlab oʻtar ekan, oʻtgan davr mobaynida viloyatda qishloq xoʻjaligi sohasidla amalga oshirilgan ishlarga toʻxtalib oʻtdi.

“Yakkasaroy” tantanalar majmuasidagi tadbir davomida poytaxtdan tashrif buyurgan hamda mahalliy sanʼatkorlar tomonidan namoyish etilgan konsert dasturi barchaga zavqu-shavq ulashdi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!