» » Sattor Usmonovning 100-yilligi munosabati bilan Zominda tadbir oʻtkazildi

Sattor Usmonovning 100-yilligi munosabati bilan Zominda tadbir oʻtkazildi

26 октябрь 2023 г 146 Комментарии: 0

Zomin tumanida mashhur choʻlquvar, mirishkor dehqon, dongdor paxtakor, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi sohasidagi tengsiz tashkilotchi, el orasida “afsonaviy qahramon” deya nom qozongan Sattor Usmonovni yorqin xotirasi yodga olinib, uning 100-yilligi oʻtkazildi.

Tadbirda viloyat hokimi Ergash Saliyev soʻzga chiqib, Sattor Usmonovning qilgan ishlari va faoliyati haqida soʻz yuritdi.

Sattor Usmonov qishloq xoʻjaligi sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilib, qishloq xoʻjaligida adirliklarga suv chiqarib, uzumchilik va bogʻdorchilikni tashkil etdi va tomchilatib sugʻorish usulini respublikada birinchi boʻlib joriy etgan insonlardan biridir.

Mustaqilligimizning ilk kunlaridan boshlab, qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirishda olib borilgan keng koʻlamli islohotlarda bevosita ishtirok etgan va soha taraqqiyotiga salmoqli hissa qoʻshgan.

U kishi boshqargan xoʻjaliklar va tumanlar nafaqat viloyatda, balki, mamlakat miqyosida paxta va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlaridan moʻl va sifatli hosil yetishtirdi.

Halol va fidokorona mehnatlari uchun oʻndan ortiq orden va medallar bilan mukofotlandi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!