» » O‘zbekistonda 6 blokli kam quvvatli AES qurilishi bo‘yicha galdagi hujjat imzolandi

O‘zbekistonda 6 blokli kam quvvatli AES qurilishi bo‘yicha galdagi hujjat imzolandi

28 июнь 2024 г 150 Комментарии: 0

“O‘zatom” agentligi va “Rosatom” davlat korporatsiyasi muhandislik bo‘limi rahbarlarining uchrashuvi o‘tkazildi.

Unda tomonlar qurilajak 6 blokli AES uchun infratuzilma ob’ektlari yaratilishi reja qilingani, shtab maydonida belgilangan vaqtda qurilish ishlarini boshlash, barcha infratuzilma bilan ta’minlangan quruvchilar shaharchasini barpo etish masalalari haqida so‘z yuritdi.  

“O‘zatom” agentligi axborot xizmatiga ko‘ra, uchrashuvda kam quvvatli atom elektr stansiyasi maydonida kam quvvatli AES qurilishi shartnomasi kuchga kirish tartibi to‘g‘risidagi bayonnoma imzolandi.  

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 27 may kuni “O‘zatom” agentligining AES qurilish direksiyasi va “Atomstroeksport” AJ o‘rtasida mamlakatimizda AES qurilishi bo‘yicha shartnoma kuchga kirishi to‘g‘risidagi bayonnoma imzolangan.   

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!