Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Jizzaxda soliq qarzi mavjud korxonalar hisobidan 171,2 milliard soʻm mablagʻ undirildi
16 июль 2024 г 70 Комментарии: 0
Joriy yilning 1-iyul holatiga Jizzax viloyatida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning budjet oldidagi jami qarzdorligi 187,3 milliar soʻmni tashkil etib, yil boshiga (251,7 milliard soʻm) nisbatan 64,4 milliard soʻmga kamaygan.
Ushbu mavjud soliq qarzdorliklarini bevosita sohalar kesimida tahlil qilsak. Bu borada “birinchilik” fermer xoʻjaliklarida. Ularning bugungi kundagi qarzdorliklari 108,6 milliard soʻmni tashkil qiladi.
Shuningdek, vazirlik tarkibidagi korxonalarda 113,4 milliard soʻm, savdo (chakana va ulgurji) tizimidagi korxonalarda 24,0 milliard soʻm, qurilish tizimidagi korxonalarda 22,3 milliard soʻm, transport tizimidagi korxonalarda 0,8 milliard soʻm, umumiy ovqatlanish korxonalarda 2,3 milliard soʻm, boshqa korxonalarda 24,5 milliard soʻmni tashkil qiladi.
Taʼkidlash lozimki, soliq qarzini undirish va qisqartirish borasida viloyat soliq xizmati organlari xodimlari tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muayyan ishlarni amalga oshirmoqda.
Jumladan, joriy yilning oʻtgan davrida soliq qarzi mavjud korxonalar hisobidan 171,2 milliard soʻm mablagʻ undirildi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!