Жиззах вилояти ҳокимлиги » Yangiliklar » Zarbdor tumanida oilalar daromadini oshirish va kambag'allikni qisqartirish borasida amaliy ishlar davom etmoqda
28 октябрь 2024 г 41 Комментарии: 0
Zarbdor tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish ishlarini keyingi sifat bosqichiga olib chiqish masalalari muhokamasi bo‘yicha o'tkazilgan videoselektr yig'ilishida belgilab berilgan vazifalar asosida daromadi past oilalarni kambag'allikdan chiqarish choralari ko'rilmoqda.
Xususan Zarbdor tuman FVB hodimlari "Yangihayot" mahallasi yettiligi xodimlari bilan birgalikda mahallada daromadi past oilalarning turmush sharoitlari, oilaviy daromadi, muammo va ehtiyojlari bilan tanishilmoqda.
O'rganishlar davomida ularning daromadlarini oshirish, bandligini ta'minlash, moddiy va boshqa turdagi yordamlar berish orqali kambag'allikdan chiqarish bo'yicha amaliy ishlar olib borildi.
Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!