» » Oʻrmon yongʻinlarini bartaraf etishga ixtisoslashtirilgan yongʻin-qutqaruv otryadi yangi binosi foydalanishga topshirildi

Oʻrmon yongʻinlarini bartaraf etishga ixtisoslashtirilgan yongʻin-qutqaruv otryadi yangi binosi foydalanishga topshirildi

15 ноябрь 2024 г 26 Комментарии: 0

Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qoʻldoshev Zomin tumanida joylashgan Oʻrmon yongʻinlarini bartaraf etishga ixtisoslashtirilgan yongʻin-qutqaruv otryadi yangi binosining foydalanishga topshirish marosimida ishtirok etdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining moddiy-texnik bazasini yangilash davom etmoqda. Xususan, bugun, 9-noyabr kuni Jizzax viloyati Zomin tumanida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Oʻrmon yongʻinlarini bartaraf etishga ixtisoslashtirilgan yongʻin-qutqaruv otryadi yangi binosi foydalanishga topshirildi. Yangi binoning tantanali ochilish marosimida Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo'ldoshev, tuman hokimi A.M.Abdugʻaniyev, tuman sektor rahbarlari va faxriylar ishtirok etdi. Ushbu binoda qutqaruvchilar uchun zamonaviy yongʻin-qutqaruv avtomobili, asbob-anjomlar va bugungi kun talabiga mos keladigan shinam o‘quv xonalari, yotoqxonalar, o‘quv minorasi va sport zal kabi zamonaviy xizmat xonalari bilan jihozlangan. Tadbir jarayonida ishtirokchilar qutqaruvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi. Ta’kidlash joizki, so‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonning ko‘plab chekka hududlarida ham shunday yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari ochilgan.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!