» » Sharof Rashidov tumanida ikkita Maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi

Sharof Rashidov tumanida ikkita Maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi

24 июль 2024 г 101 Комментарии: 0

Bugungi kunda mamlakatimizda uzluksiz taʼlim tizimining muhim boʻgʻini boʻlgan maktabgacha taʼlimni rivojlantirish va faoliyatini takomillashtirish, tarbiyalanuvchilar uchun qulay sharoit yaratish yuzasidan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Sharof Rashidov tumanidagi “Toshkentlik” mahallasida joylashgan 225 oʻrinli 13-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi foydalanishga topshirildi.

Ushbu maktabgacha taʼlim tashkilotini tuman hokimi Mahmud Xolbutayev, hamda nuroniy oqsoqollar ochib berdi.

Shuningdek, “Kuyovboshi” MFY hududida joylashgan 16-sonli Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi foydalanishga topshirildi.

Tadbirda tuman hokimi Mahmud Xolbutayev va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Sharof Rashidov tuman Maktabgacha va maktab talimi boʻlimi tasarrufidagi 16-sonli Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-sentyabrdagi “Ochiq byudjet” axborot portali jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga asosan tumandagi 16-son DMTTda qurilish-taʼmirlash ishlari olib borildi.

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!