» » Aholi turmush sharoiti va iqtisodi rivojlanayotgan Doʻstlik tumaniga nazar

Aholi turmush sharoiti va iqtisodi rivojlanayotgan Doʻstlik tumaniga nazar

09 январь 2024 г 165 Комментарии: 0

Jizzax viloyati hokimligi Axborot xizmati tomonidan Doʻstlik tumanida 2023-yilda amalga oshirilgan va 2024-yilda amalga oshiriladigan qurilish – obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida viloyatdagi ommaviy axborot vositalari vakillari hamda ijtimoiy tarmoq faollari joylarga borib amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.

Doʻstlik tumanida 2023-yilda 6 ta Dasturlar doirasida 57 ta obyektlarda 127,2 mlrd soʻmlik qurilish – taʼmirlash ishlari bajarilib, ushbu obyektlarning barchasi foydalanishga topshirildi.

2024-yilga moʻljallangan Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish Dasturiga asosan 3 ta obyektda 15 mlrd soʻmlik qurilish – taʼmirlash ishlari bajariladi.
Jumladan:
– 6,7 mlrd soʻmga “Bogʻzor” mahallasidagi 9 – sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi rekonstruksiya qilinadi;
– 5,4 mlrd soʻmga “Chinobod” mahallasidagi 18 – sonli maktab binosi rekonstruksiya qilinadi;
– 3 mlrd soʻmga “Sarkisov”, “Yangi taraqqiyot”, “Jizzax ostonasi” va “Istiqlol” fermer xoʻjaliklari uyushmalari hududida 14 km yopiq – yotiq drenaj tarmoqlari quriladi.
Albatta amalga oshirilayotgan mazkur ishlar tuman aholisini farovon turmush kechirishi yoʻlida amalga oshirilayotgani taqsinga sazovordir.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati

скачать dle 12.0

Похожие новости

Сайт ишлаб чиқиш жараёнида. Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз!